Adrián Alexei Aldrete Rodríguez () – 1988-yil 14-iyunda Meksikaning Gvadalaxara shahrida tugʻilgan. Meksikalik futbolchi „Kruz Azul“ klubi va Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi. 

Jamoalardagi faoliyati Aldrete „Monarcas Morelia“ futbol akademiyasining bitiruvchisi. 17 yoshida yuqori raqobat tufayli u „Dorados de Sinaloa“ga ijaraga oʻtdi. 2006-yil 21-yanvarda Meksika Primer ligasida „Atlanta“ga qarshi debyut qildi. „Dorados“ yuqori diviziondan tushib ketganidan soʻng, Adrian „Monarkas“ga qaytib keldi va u yerda tez orada asosiy jamoadan joy oldi. Asosiy tarkibda muntazam oʻrin egallashiga qaramay, u ajoyib natijalar koʻrsata olmadi. 2010-yil 30-yanvarda „San-Luis<“ga qarshi bahsda Aldrete klub uchun birinchi golini urdi. Oʻsha yili u klub bilan Shimoliy Amerika Superligasida gʻolib chiqdi. 2011-yilgi Klausura mavsumida Aldrete jamoa bilan Meksika chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.

2012-yilning yozida Adrian poytaxtning „America“ klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 2,5 million dollarni tashkil qildi. 22-iyul kuni „Monterrey“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 2013-yilda Aldrete „America“ga milliy chempion boʻlishiga yordam berdi.

2014-yilning yozida u „Santos Laguna“ga koʻchib oʻtdi. 20-iyul kuni „Verakrus“ga qarshi oʻyinda Adrian yangi jamoada debyut qildi. 2015-yilning 11-aprelida „Chiapas“ga qarshi kechgan bahsda Aldrete klub safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yili u ketma-ket ikkinchi marta mamlakat chempioni boʻldi. 2016-yilning yozida Adrian „Kruz Azul“ga koʻchib oʻtdi. 17-iyul kuni „Necaxa“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 20-noyabr kuni „Leon“ga qarshi duelda Albrete „Kruz Azul“ uchun birinchi golini urdi.

Xalqaro karyerasi 2005-yilda Meksika yoshlar terma jamoasi bilan Adrian yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2007-yil 22-avgustda Aldrete Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Meksika terma jamoasi safida debyut qildi.

2015-yilning yozida Adrian Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogiga daʼvogarlik qildi. Turnirda u Boliviya va Chili terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMIlliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarDorados de Sinaloa2005-0670 - -70Jami70000070C. A. Monarcas Morelia2006-07250 - -2502007-0836030304202008-0924040 -2802009-10291 -203112010-11383 -404232011-12330 -61391Jami1854701512075C. América2012-1334060 -4002013-14310 -30340Jami6506030740C. Santos Laguna2014-15351110 -4612015-16180 -30210Jami53111030671Cruz Azul F. C.2016-1729251003432017-1830270003722018-1940171004722019-2024110202712020-21351 - -403912021-22220 - -50270Jami18072021102119Umumiy karyerasida4871244232156315

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar