Mary Helen Johnston (talaffuzi: Meri Helen Jonston 1945-yil 17-sentyabrda tugʻilgan), 1960 va 70-yillarda NASA da muhandis sifatida ishlagan. Jonston yoshligidan astronavt boʻlishni orzu qilgan; U 1980-yilda NASA da ishlash uchun ariza topshirdi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Erta hayot va ta'lim Johnston Florida shtatidagi West Palm Beach shahrida tugʻilgan. Fort Pirsda oʻsib ulgʻaygan. Bolalik payitlarida, uyi yaqinida joylashgan Kennedi kosmik markazi uning muhandislik va kosmik tadqiqotlarga qiziqishini kuchaytirdi.
Jonston 1966-yilda Florida Davlat Universitetida (FSU) muhandislik fanlari bakalavri, hamda1969-yilda magistr darajasini olgan.1973-yilda, u Devid X. Bolduin rahbarligi ostida, Florida universitetida metallurgiya muhandisligi boʻyicha doktorlik unvoniga sazovor boʻldi. Jonston FSUdan muhandislik darajasini olgan birinchi ayol edi.
NASA faoliyati Jonston 1963-yildan 1968-yilgacha muhandislik tadqiqotlari davomida NASAning Marshall kosmik parvozlar markazida (MSFC) ishladi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/99/Materials_Science_Experiments_Conducted_at_MSFC_-_GPN-2002-000198.jpg/220px-Materials_Science_Experiments_Conducted_at_MSFC_-_GPN-2002-000198.jpg|left|thumb| Jonston (chapda, oʻtirgan) va uning hamkasblari 1974-yilda besh kunlik GPL mashqlarida 1974-yilda u Doris Chandler, Kerolin S. Griner va Enn Whitaker bilan MSFC laboratoriyasida (GPL) kosmik missiyani simulyatsiya qilish jarayonida ishlagan. Olib borilgan tadqiqotlar 4-sonli kontseptsiyani tekshirish testi (CVT) deb ataladi. Jonston uchta ilmiy tajribaga rahbarlik qildi va oʻz hamkasblariga Spacelab-da qoʻllaniladigan usullarni ishlab chiqishda yordam berdi.
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/13/Scientists_in_Training_-_GPN-2002-000213.jpg/220px-Scientists_in_Training_-_GPN-2002-000213.jpg|thumb| Jonston (chapda) 1973-yilda kosmonavtlarni tayyorlash paytida
1983-yil 5-iyunda u STS-51-B Spacelab missiyasi ( Spacelab-3 guruhi ) uchun zaxira ekipajining bir qismi sifatida tanlangan. U hech qachon kosmosga uchmagan. Spacelab uchun Jonston olim sifatida tanlandi, xususan materialshunoslik sohasidagi bilimi, unga katta yordam bergan. Missiya menejeri Jozef Kremin uning tanlovi haqida shunday deb yozgan: “Oldindagi ish qiyin va vaqt qisqa. Shuning uchun bu topshiriqni malakali doktor Jonstonga ishonib topshiramiz. Uning bu topshiriqni namunali bajarishiga ishonamiz”.
Keyinchalik Jonston missiyadagi ishtiroki haqida gapirdi:
U 1985-yil 6-mayda astronavtlik faoliyatini yakunladi.
Keyingi martaba Jonston 1986-yilda NASAni tark etib, Makkey nomi bilan tanilgan - Tennessi universiteti kosmik institutida professor xodim sifatida faoliyat olib bordi. Keyinchalik u 2003-yilda Florida Texnologiya Instituti (FIT) vodorod tadqiqotlari milliy markazi direktori etib tayinlandi. U doktor T. Dueyn Makkeyga turmushga chiqqan, u ham NASAning sobiq muhandisi, FIT prezidenti va bosh direktori.
Ixtirochi sifatida Jonston yigirmata patentga ega boʻlib, ularning koʻpchiligi lazerli sirtni oʻzgartirishga doir. Tennessi universitetida Jonstonning lazerli yuzalarni qoplash boʻyicha ixtirolaridan biri koʻplab mukofot va maqtovlarga sazovor boʻldi. 2018-yilda u Milliy ixtirochilar akademiyasining a'zosi etib tayinlandi.
Manbalar
Turkum:Amerikalik fazogirlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar