„The World Without Us“ — 2007-yilda amerikalik jurnalist Alan Weisman tomonidan yozilgan va St. Martinʼs Tomas Dunne Books nashriyotida chop etilgan kitob. Kitobda agar yer sayyorasida odamlar toʻsatdan gʻoyib boʻlsa, tabiat va atrof-muhit bilan nima sodir boʻlishi haqida soʻz boradi. Bu Weismanning 2005-yil fevralida chop etilgan „Earth Without People“ maqolasini kitob shaklida chop etilgan variantidir. Kitob muallifning shaxsiy fikrlari asosida yozilgan boʻlib, unda shaharlar va uylarning qanday yomonlashishi, yerda hayot tugaganidan keyin texnogen chiqindilarning qancha vaqtda chirib bitishi va tirik qolgan hayot shakllari qanday rivojlanishi haqida maʼlumot keltirilgan. Weismanning xulosasiga koʻra, turar-joylar 500 yil ichida oʻrmonlarga aylanadi. Yerda eng uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan narsalar sifatida radioaktiv chiqindilar, bronza haykallar, plastmassalar va Rushmor togʻi sanab oʻtilgan.
Toʻrtta kitob, jurnallar va koʻplab maqolalar muallifi Weisman akademiklar, olimlar va boshqa rasmiylar bilan suhbatlashish uchun bir qancha davlatga sayohat uyushtirdi. U tabiiy muhitda sodir boʻlayotgan voqealarni tushuntirish va asoslash uchun ushbu suhbatlardan iqtiboslar keltirdi. Kitob koʻplab mamlakatlarda tarjima qilindi va nashr etildi. Bu kitob AQSHda eng muvaffaqiyatli kitoblardan biri boʻldi. 2007-yil sentyabr oyida New York Times Best Seller roʻyxatida 6-oʻrin va San Francisco Chronicle bestsellerlari roʻyxatida 1-oʻrinda eʼtirof etildi. Kitob TimePoniewozik, James; Top 10 New TV Series; time.com va Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi top 10 real voqealarga asoslangan kitoblari orasida 1-oʻrinni egalladi.
Asar haqida Yerdagi aholi punktlarining qisqarishi oqibatlarini oʻrganish gʻoyasi oʻnlab yillar davomida ilmiy-fantastik romanlarda muntazam ravishda takrorlangan. Umuman olganda, adabiyotlarda koʻpincha insoniyatdan keyingi sivilizatsiya taqdirini tasavvur qilishga harakat qilingan. Haqiqatan ham, 1949-yilda chop etilgan mashhur „Earth Abides“ romanida pandemiyadan keyin shahar tizimlari va tuzilmalarining ishdan chiqqanligi haqida gap ketadi.
„The World Without Us“ kitobida koʻproq ekologik muammolar yoritilgan. Muallif Alan Weisman „The World Without Us“ asarini yozishdan oldin toʻrtta kitob chop ettirgan edi. Jumladan, 1998-yil Gaviotas: A Village to Reinvent the World kitobi. Unda Kolumbiyadagi Gaviotas eko-qishloqi haqida maʼlumotlar keltirilgan. 1999-yilda yozilgan "An Echo In My Blood" kitobi, unda muallifning oilasi Ukrainadan AQShga koʻchib kelgani haqida hikoya qilinadi. Alan Weisman Amerika jurnallari va gazetalarida xalqaro jurnalist boʻlib ishlagan va kitob yozilayotgan vaqtda Arizona universitetining jurnalistika va Lotin Amerikasi tadqiqotlari boʻyicha dotsenti boʻlgan. Ushbu lavozimda ishlayotgan vaqtda undan bahorgi semestrda faqat bitta dars oʻtishi va yilning qolgan qismida tadqiqot olib borishi uchun sayohat qilish imkoni berildi.
„The World Without Us“ kitobini yozish gʻoyasini Weismanga 2004-yilda Discover muharriri Josie Glausiusz taklif qilgan. Bir necha yil davomida bu gʻoyani oʻylab yurgan va Chernobilning tashlab ketilganidan sakkiz yil oʻtgach, 1994-yilda Harper’s jurnalida chop etilgan „Journey through a Doomed Land“ maqolasini qayta oʻqib chiqib Weismanga bu mavzuda maqola yozishni taklif qiladiWeisman (2007), 277.. Kitob 2005-yil Discover jurnalining fevraldagi sonida chop etiladi va 2006-yil The Best American Science Writing nashriyotida qayta nashr etilgan „Earth Without People“ nomli maqolasida Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasida tabiat qanday gullab-yashnaganligi va Nyu York shahrining atrof-muhiti qanday ifloslanayotganligi tasvirlangan. alt=px200|right|250x250px|thumb| Maya sivilizatsiyasi Maqolani kitobga aylantirish uchun Weisman St. Martinʼs matbuotida muharrir va noshir topadi. 23 betlik bibliografiya qismida uning Los Angeles Times jurnali uchun yozgan Antarktida ozon teshigidagi „Naked Planet“ (Maya sivilizatsiyasi haqida) va „The Real Indiana Jones“ maqolalari chop etiladiWeisman (2007), 289—311.. Qoʻshimcha tadqiqotlar qilish uchun Weisman Angliya, Kipr, Turkiya, Panama va Keniya davlatlariga sayohat qilgan, akademiklar bilan intervyular oʻtkazgan. Jumladan: Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi biologi E. O. WilsonWeisman (2007), 129, 189—190., plastmassa chiqindilar boʻyicha arxeolog William RathjeWeisman (2007), 119—120., oʻrmon botanigi Oliver RackhamWeisman (2007), 150—151., halokatga uchragan Mayya sivilizatsiyasi boʻyicha antropolog Artur DemarestWeisman (2007), 224—229., evolyutsiya boʻyicha paleobiolog Duglas ErvinWeisman (2007), 229—232. va faylasuf Nik BostromWeisman (2007), 240—244. shular jumlasidandir.
Sujeti Kitob 27 bobga boʻlingan boʻlib muqaddima, epilog, bibliografiya va indeks dan iborat. Har bir bobda plastmassalar, neft infratuzilmalari, yadroviy inshootlar va sanʼat asarlarining potensial taqdiri kabi mavzular olib chiqilgan.link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/30/Pripjat_Panorama.jpg/300px-Pripjat_Panorama.jpg|right|thumb|300x300px| Chernobil yaqinidagi tashlandiq Pripyat shahrilink=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/da/Dunn_County-old_farm.jpg/200px-Dunn_County-old_farm.jpg|thumb|250x250px| Vayrona holatidagi tashlandiq uy|leftWeisman tajribasidan kelib chiqib ikkita mavzuga urgʻu bergan: agar insonlar toʻsatdan yoʻq boʻlib qolsa tabiat qanday xolatda boʻladi va odamlar oʻzlaridan keyingi avlodga qanday meros qoldiradilar. Weisman kitobda Białowieża oʻrmoni, Kingman rifi va Palmira Atoll kabi joylarni inson aralashuvi kam boʻlgan joylar sifatida eʼtirof etgan. Weisman biolog E. O. Willsondan intervyu oladi va 1953-yildan beri kam odam kirib kelgan Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi Koreya Ekologik Harakat Federatsiyasi aʼzolari bilan tashrif buyuradiWeisman (2007), 183—188.. U oldin bu hududda oʻsimliklar va hayvonlarning evolyutsiyasi, hayot qanday rivojlanganligini oʻrganishga harakat qiladi, ammo Douglas Erwinning „5 million yildan keyin dunyo qanday boʻlishini oldindan aytib boʻlmaydi“ degan iqtibosini eslaydiWeisman (2007), 232.. Kitobdagi bir nechta boblar yirik oʻrmonlarga bagʻishlangan boʻlib, Weisman ularning qanday qilib kengayishini tahlil qiladi. U soʻnggi 200 yildagi tuproq namunalarini profillaydi va ogʻir metallar va begona moddalar kontsentratsiyasini sanoat manbalarisiz kelajakka ekstrapolyatsiya qiladi. Atmosferadagi karbonat angidrid miqdori va iqlim oʻzgarish taʼsiri ham xuddi shunday tekshiriladi.
Oldingi maqolalardagi materiallar foydalangan xolda Weisman Maya sivilizatsiyasining taqdiridan kelib chiqib, tabiat muhiti qanday yemirilishini koʻrsatib beradiWeisman (2007), 223—8.. Weisman gidrologlar va xodimlar bilan boʻlgan suhbatida Panama kanali toʻgʻonlaridan oʻrmon oʻsimliklari va loyni uzoqroq saqlashni aytib oʻtadiWeisman (2007), 173—178.. Weisman Chernobil va Kiprning Varosha (1974-yilda tashlab ketilgan) shaharlarini tashlab ketilgan tashlandiq joylar sifatida tasvirlaydi. Weisman bu shaharlarning tuzilmalari, ob-havosi boshqa hayot shakllarini parchalashi mumkinligini aniqladi. Weisman Turkiyada tez rivojlanayotgan Istanbul shahrining qurilish sohasini Kappadokiya shahri qurilishi bilan solishtiradi. Istanbulda uy-joyga boʻlgan talab katta boʻlgani sababli, shaharning koʻp qismida uylar mavjud boʻlgan har qanday material bilan tezda qurilib ketilayotganligi va bu binolar kuchli zilzila yoki boshqa tabiiy ofatlarda qulashi mumkinligi haqida aytib oʻtadiWeisman (2007), 103—105.. Kappadokiyadagi yer osti shaharlari ming yillar avval vulqon qoyalaridan paydo boʻlgan boʻlib, ular asrlar davomida saqlanib qolishi mumkin deb taʼkidlab oʻtadiWeisman (2007), 106—111..
Weisman shahar hududi qanday dekonstruksiya qilinishini tasvirlash uchun Nyu York shahrini misol qilib keltiradi. Uning fikricha, kanalizatsiyalarda axlatlar tiqilib qolishi, yer osti quvurlari va metro yoʻlaklarini suv bosishi yoʻllar ostidagi tuproqlar eroziyalanib yerga choʻkishiga sabab boʻladi deb aytadi. Mannahatta loyihasiniWeisman (2007), 22—24. ishlab chiqqan Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati va Nyu York botanika bogʻiWeisman (2007), 28—32. aʼzolari bilan suhbatlarda Weisman mahalliy oʻsimliklar parklardan va invaziv turlardan tarqalishini, agar odamlar kalamushlar va suvaraklarni oziq-ovqat va issiqlik bilan taʼminlamasa nobud boʻlishini taxmin qiladi.
Weismanning taʼkidlashicha, suv tomchilari miltillab atrofidagi tomga tushgan vaqtda yogʻochni yemirishini aytib oʻtgan. Bu yoʻgʻoch uylarning parchalanishiga sabab boʻladi. 500 yildan keyin idishlar, zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan jihozlar va plastik tutqichlarWeisman (2007), 18. faqat alyuminiydan boʻladi deb aytib oʻtgan. Koinotda Pioner plaketi, Voyager oltin plastinkasi va radio toʻlqinlari Yerdan uzoqlashadiWeisman (2007), 249—254.. Weisman odamlardan keyin atrof muhitda nimalar oʻzgarishi va sodir boʻlishini taxmin qilishga harakat qiladi. Uning fikricha, bu jarayonni tassavur qilish qiyin ish ekanligini taʼkidlab oʻtadi. U shuningdek, transhumanizm, Insoniyatni Yoʻqotish Koʻngillilar Harakati, Evtanaziya cherkovi va John A. Lesliening „The End of the World: the Science and Ethics of Human Extinction“ kitoblarini koʻrib chiqadiWeisman (2007), 239—244.. Weisman kitobning xolasa qismini bir bolalik siyosat haqidagi fikrlari bilan yakunlaydi. U buni „ajabtovur chora“ ekanligini aytganWeisman (2007), 272.. U shunday taʼkidlaydi:
U bu gapiga nisbatan aytilgan tanqidlarga shunday javob beradi: „Aholi koʻpayishi masalasini koʻtarib, baʼzi odamlarning nozik joylariga tegishimni oldindan bilardim, chunki iqtisodiy va demografik oʻsishimiz bizga ham turtki boʻlgan vaziyatni qanday hal qilishimiz kerakligi haqidagi munozaralar juda uzoq vaqt davomida yetishmayotgan edi“.
Nashr etilishi 350x350px|thumb|Bir qancha davlatlarda „The World Without Us“ kitob muqovasi Kitob birinchi marta 2007-yil 10-iyulda Amerika Qoʻshma Shtatlarida St. Martinʼs Tomas Dunne Books, Buyuk Britaniyada Virgin Books va Kanadada HarperCollins nashriyotlari tomonidan nashr etilgan. Qogʻoz muqovali versiyasi 2008-yil iyul oyida chiqarilgan. U Daniyada Borgen tomonidan Verden uden os, Fransiyada Groupe Flammarion tomonidan Homo disparitus, Germaniyada Piper tomonidan Die Welt ohne uns, Portugaliyada Estrela Polar tomonidan O Mundo Sem Nós,Italiyada Einaudi tomonidan Il mondo senza di noi , Polshada CKA tomonidan Świat bez nas va Yaponiyada Hayakawa nashriyoti tomonidan Jinrui ga kieta sekai nomi bilan tarjima qilingan va nashr etilgan.
Amerikadagi nashri uchun muqova rasmini Pete Garceau yaratgan. Kitob muqovasi ustida oʻquvchilarni havotirga solmaslik uchun shakar bilan qoplangan shirinlik tasviri tushirilgan va „Ha, men atrof-muhit haqidagi kitobman“ degan yozuv yozilgan edi. Ellen Cipriano tomonidan tarjima qilingan Kanada versiyasi Amerika versiyasiga oʻxshaydi, lekin muqova qismi illustratsion multifilm rasmiga oʻxshashi bilan farq qiladi. Boshqa nashrlarda muqova rasmlari tabiat muhiti ifloslanayotganligi aks ettirilgan. Kitob Adam Grupper tomonidan oʻn soatlik audio kitob holatiga ham keltirilgan va Macmillan Audio, BBC Audiobooks tomonidan ingliz tilida audiokitob sifatida nashr etilgan. AudioFile audio kitob prezentatsiyaga oʻzining Earphones mukofotini berdi va „ audio kitob obyektiv, insonlarni tushkunlikka tushirishi mumkin boʻlgan mavzuni ajoyib yoritgan“ deb taʼrif berdi.
Kitob muvaffaqiyati thumb|"The World Without Us" kitobi muallifi Alan Weisman