Robert Douglas Friend () — kanadalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Germaniyaning „Borussia“ klubi va Kanada terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan.
Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3a/Friend%2C_Rob_1860_12-13_WP.JPG/190px-Friend%2C_Rob_1860_12-13_WP.JPG|thumb|318x318px| „München 1860“ safida Bolaligida Robert Friend voleybol, regbi, tennis va xokkey sport turlarida ham faoliyat yuritgan.17 yoshida u futbol bilan shugʻullana boshlagan. Kollej yillarida Robert Friend kollej futbol jamoasida oʻynagan. 2003-yilda u Amerikaning „Chicago Fire“ klubiga taklif qilingan, biroq u jamoada bir daqiqa oʻynamay, Norvegiyaning „Moss“ klubiga oʻtgan. Yangi jamoada u vatandoshi Patris Bernier bilan qoʻshilgan. 2004-yilda Robert Friend „Molde“ga koʻchib oʻtgan va u yerda Norvegiya kubogini qoʻlga kiritgan.
2006-yilning yozida Robert FriendGollandiyaning „Heerenveen“ klubiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzolaga. Transfer summasi 2 million yevroni tashkil qilgan. 26-avgust kuni „Willem II“ ga qarshi oʻyinda u „Eredivisie“ jamoasidagi ilk golini urgan. 2007-yil boshida Robert Friend „Heracle“ga ijaraga oʻtgan. 15- aprel kuni „Feyenoord“ga qarshi kechgan duelda u „dubl“ga erishgan va yangi jamoasi safidagi ilk gollarini urgan.
2014-yil boshida Robert Friend „Los Angeles Galaxy“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan. U MLSdagi debyutini 9-mart kuni „Real Salt Lake“ga qarshi oʻtkazgan. Mavsum oxirida Robert Friend MLS kubogi sohibiga aylangan, shundan soʻng u faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro karyerasi 2001-yilda Kanada yoshlar terma jamoasi tarkibida Robert Friend Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
2003-yil 19-yanvarda AQSh terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Robert Friend Kanada terma jamoasida debyut qilgan. 2006-yil 4-sentabrda Yamayka terma jamoasiga qarshi duelda u terma jamoadagi birinchi golini urgan.
2007-yilda terma jamoa tarkibida Robert Friend KONKAKAF oltin kubogining bronza medali sovrindori boʻlgan. Turnirda u Kosta-Rika va Gaiti jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2011-yilning yozida Robert Friend ikkinchi marta KONKAKAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u AQSH va Gvadelupa jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashdi.
Statistikasi +KlubMavsumLigaKubogKontinentalBoshqaJamiOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarMoss200325832——2810200416830——198Jami41166200009335Molde20046200——622005251063——311320069200—0092Jami40146300004617Heerenveen2006-2007195106000265Heracles Almelo (ijara)2006-200712300——123Borussia Mönchengladbach2007-2008331810——34182008-200924710——2572009-201026300——263Jami83282000008528Hertha BSC2010-201125521——276Eintracht Frankfurt2011-201213110——1412012-20130000——00Jami131100000141Eintracht Frankfurt II2012-201312-——121860 Munich2012-201314400——1442013-201410120——121Jami245200000265LA Galaxy20141001010—120Umumiy karyerasida26879216700029685
Yutuqlari Jamoaviy yutuqlari
„Molde“
Norvegiya kubogi sohibi — 2005- yil
„Los Angeles Galaxy“
MLS kubogi gʻolibi — 2014-yil
Xalqaro yutuqlari
Kanada
KONKAKAF oltin kubogi — 2007-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kanadalik erkak futbolchilar