„ Private Dancer“ () — 1984-yilda amerikalik qoʻshiqchi Tina Turner tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. „Private Dancer“ qoʻshigʻini dastlab Buyuk Britaniyadagi „Dire Straits“ guruhining vokalisti Mark Knopfler yozgan va Turnerga ijro etish uchun bergan.Qoʻshiq Turnerning „Private Dancer“ nomli beshinchi yakaxon albomi uchun John Carter produserligida chiqarilgan. „Private Dancer“ albomning beshinchi singli sifatida chiqarilgan trek AQSHning „Billboard Hot 100“ chartida yettinchi va AQSHning „US R&B“ chartida uchinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, „Private Dancer“ qoʻshigʻi Buyuk Britaniyaning "UK Singles Chart"ida 26-oʻrinni egalladi.

Fon "Private Dancer" qoʻshigʻi dastlab „Dire Straits“ guruhining „Love over Gold“ nomli toʻrtinchi albomi uchun moʻljallangan edi.Qoʻshiqning dastlabki varianti guruh bilan yozib olindi, ammo Mark Knopfler qoʻshiq soʻzlari erkak qoʻshiqchi uchun mos emas deb hisoblab, trekni loyihadan olib tashladi. Huquqiy cheklovlar asl versiyaning Tina Turner tomonidan ijro qilinishiga toʻsqinlik qiladi. Shuning uchun „Private Dancer“ qoʻshigʻi „Dire Straits“ guruhi aʼzolari tomonidan qayta ishlangan.

Tanqidiy qabul "Daily Vault" jurnali muxbiri Mark Millian „Private Dancer“ qoʻshigʻi haqida quyidagilarni yozdi: „Bu yomon trek, unda Turnerning kuchli shahvoniy hislatlari koʻrsatilgan.“

Musiqa videosi "Private Dancer" musiqiy videosi uchun Brian Grand direktorlik qiladigan „Arlene Phillips“ nomli raqs xareografik guruhi suratga tushgan. Musiqa videosi Londonning Rivoli bal zalida suratga olingan. „Private Dancer“ musiqiy videosi keyinchalik Turnerning YouTubedagi rasmiy kanalida 2009-yilning mart oyida eʼlon qilingan. 2021-yil oktyabr holatiga koʻra, video You Tubeda 34,9 milliondan ortiq marotaba koʻrilgan.

Xodimlar

Tina Turner — vokal Jeff Beck — yakkaxon gitarachi John Illsley — bas gitarachisi Alan Clark — klavishli asboblar chaluvchi Hal Lindes — gitarachi Terry Williams — barabanchi Mel Collins — tenor saksafonchi Julian Diggle va Carter — perkussiyachilar Norman Seeff — fotosuratchi (AQSh) Peter Ashworth — fotosuratchi (Buyuk Britaniya)

Chartlar Haftalik chartlar Chart (1984-85) OʻrinAvstraliya (Kent Music Report) 21scope="row" Finlandiya (Suomen virallinen lista) 11scope="row" Ispaniya (PROMUSICAE) 6

Yil chartlari Chart (1984) OʻrinBelgiya (Ultratop 50 Flanders) 74Niderlandiya (Single Top 100) 24 Chart (1985)OʻrinAQSH Billboard Hot 100 93AQSH (Hot R&B/Hip-Hop Songs) (Billboard) 39

Koverlar Amerikalik qoʻshiqchi, shoir, reper va baschi Meshell Ndegeocello 2018-yil 16- martda chiqarilgan „Ventriloquism“ nomli albomi uchun „Private Dancer“ qoʻshigʻining kover variantini ijro etdi.

2015-yilda kanadalik elektron musiqachi va ijrochi rassom Peaches George Stroumboulopoulosning uyida „The Strombo Show“ nomli qoʻshiq bilan birgalikda „Private Dancer“ qoʻshigʻining pianino versiyasini ijro etdi. Peaches avvalroq turli konsertlarda qo‘shiqni jonli ijroda ijro etgan edi.

Manbalar

Turkum:1984-yil qoʻshiqlari Turkum:Qo'shiqlar