„I’m So Excited“ () — „Pointer Sisters“ vokal guruhining qoʻshigʻi. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi „Pointer Sisters“ guruhi aʼzolari va Chris Christian bilan hamkorlikda yozilgan. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi 1982-yilda omma eʼtiboriga havola etilgan. Shundan soʻng qoʻshiq dastlab AQShning "Billboard Hot 100" roʻyxatida 30-oʻrinni egallagan. Buning ortidan 1984-yil iyul oyida "Billboard Hot 100" roʻyxatida 9-oʻrinni egallagan qoʻshiqning remiksli relizi paydo boʻldi. "Billboard" „I’m So Excited“ qoʻshigʻini „100 Greatest Girl Group Songs Of All Time“ roʻyxatida 23-oʻringa qoʻydi.

Fon "I'm So Excited" qoʻshigʻi dastlab „Pointer Sisters“ guruhining 1982-yilgi „So Excited“ nomli albomi uchun yozilgan va oʻsha albomda ikkinchi singl sifatida eʼlon qilingan edi. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi chiqarilgandan soʻng, "Billboard Dance Music/Club Play Singles" chartida 28-oʻrinni, "Billboard Hot 100" chartida 30-oʻrinni va „Billboard R&B Singles“ chartida 46-oʻrinni egalladi.

„I’m So Excited“ qoʻshigʻi chiqarilganidan ikki yil oʻtgach, „Pointer Sisters“ guruhning RIAA tomonidan tasdiqlangan „Break Out“ nomli multi-platinum albomiga qoʻshiqning biroz remikslashgan va tahrirlangan versiyasi kiritilgan va singl sifatida qayta chiqarilgan. Remikslangan va tahrirlangan qoʻshiqning yangi versiyasi „Billboard Hot 100“ chartida 9-oʻrinni va „Billboard Adult Contemporary“ chartida 25-oʻrinni egalladi.

2001-yil mart oyida qoʻshiq RIAA va „National Endowment for the Arts“ loyihasining Amerikaning musiqiy va madaniy merosini yaxshiroq tushunishni targʻib qilish uchun moʻljallangan „Songs of the Century“ roʻyxatiga kiritildi. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi roʻyxatdagi 365 ta qoʻshiq orasida 264-oʻrinni egalladi.

Musiqa videosi 1982-yilda xoreograf Kenny Ortega rejissyorligida „I’m So Excited“ qoʻshigʻining musiqiy videosi suratga olingan. Musiqa videosida „Pointer Sisters“ guruhi aʼzolarining oliy darajali klubdagi tantanali ziyofatga tayyorlanayotganligi tasvirlangan.

„Pointer Sisters“ guruhi aʼzolari Anita Pointer, Ruth Pointer va June Pointerlarning ziyofatga tayyorlanishi aks etgan musiqa videosi Dorian Harewood ham rol oʻynagan edi.

Xodimlar

Anita Pointer — bosh vokal ijrochisi Ruth Pointer — vokal ijrochisi June Pointer — vokal ijrochisi John Barnes — akustik pianinochi Michael Boddicker — sintezatorchi Greg Phillinganes — sintezatorchi William „Smitty“ Smith — organ ijrochisi George Doering — gitarachi Lee Ritenour — gitarachi Nathan Watts — bas ijrochisi John „J.R.“ Robinson — barabanchi Paulinho da Costa — perkussiya

Chartlar Haftalik chartlar Chart (1982-1983)Oʻrin Avstraliya (Kent Music Report) 9 AQSH Billboard Hot 100 30 AQSH Billboard Hot Dance Club Play 28 AQSH Billboard Hot R&B Singles 46 Chart (1984-1985)Oʻrin Kanada (Canadian RPM Top Singles) 21 Buyuk Britaniya (Official Charts Company) 11 AQSH Billboard Hot 100 9 AQSH Cash Box Top 100Cash Box Top 100 Singles, October 10, 198410 AQSH Billboard Hot Adult Contemporary 25 Chart (2013-2019)Oʻrin Sloveniya (SloTop50)20 Ispaniya (PROMUSICAE) 23 Yil chartlari Chart (1983)OʻrinAvstraliya (Kent Music Report)89

Chart (1984)OʻrinAQSH Billboard Hot 10076AQSH Cash BoxCash Box Year-End Charts: Top 100 Pop Singles, December 29, 198483

Manbalar

Havolalar

Turkum:1982-yil qoʻshiqlari Turkum:Qo'shiqlar