Diana Prazak (talaffuzi: Diana Prazak; 1979-yil 20-iyulda tugʻilgan) — avstraliyalik professional bokschi va 2013-yildan 2014-yilgacha ikkinchi yarim yengil vazn toifasida WBC chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. Diana Prazak BoxRec vebsayti tomonidan eng yaxshi faol bokschi deb topilgan birinchi avstraliyalik bokschidir.
Havaskor sifatida faoliyati 27 yoshida Prazak vazn yoʻqotish uchun mahalliy boks zaliga qoʻshilgan va mashq qila boshlagan. Prazak birinchi havaskor jangini olti oylik mashgʻulotdan keyin 64 kg vaznda oʻtkazgan. U havaskor jangchi sifatida oltita jangda qatnashib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Janglardan oxirgisida milliy chempionlik unvoniga ega boʻlgan Prazak, yengil vazn toifasida havaskorlar oʻrtasida Avstraliya chempioniga aylangan. Bu jang Prazakning professional boʻlishdan oldingi soʻnggi havaskor jangi edi.
Professional faoliyati Prazak professional boksdagi debyutini 2010-yil 13-mart kuni Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Muni vodiysida o‘tkazgan. Diana Prazak avstraliyalik Sara Howett bilan olti raundli kurashdan soʻng hakamlarning bir ovoz qarori bilan magʻlub boʻlgan. 2013-yilda u ikkinchi yarim yengil vazn toifasida chempion Frida Walbergga qarshi jang qilgan va 8-raundda nokaut bilan gʻolib boʻlgan. Prazak chempionlikni qoʻlga kiritgan, Wallberg esa kasalxonaga yotqizilgan va miyasidan qon ketishi tufayli zudlik bilan operatsiya qilingan.
Bu jang Bittersweet hujjatli filmida koʻrsatib oʻtilgan.
Professional boks rekordi Izoh: KO-nokaut, TKO-texnik nokaut, UD- yakdil qaror, MD- hakamlar qarori №NatijaRekordRaqibTuriRaund, vaqtSanaIzohlar17Gʻolib14-3 Milagros Gabriela DíazUD613-mart 202116Magʻlub13-3 Delfine PersoonTKO9 (10), 11-noyabr 201415Gʻolib13-2 Shannon OʻConnellTKO5 (10), 1-mart 201414Gʻolib12-2 Frida WallbergKO8 (10), 14-iyun 201313Magʻlub11-2 Holly HolmUD107-dekabr 201212Gʻolib11-1 Fatuma ZarikaUD1020-aprel 201211Gʻolib10-1 Lucia LarcineseUD619-yanvar 201210Gʻolib9-1 Lindsay GarbattTKO9 (10), 24-sentyabr 20119Gʻolib8-1 Siriphon ChanbualaTKO3 (8), 13-avgust 20118Gʻolib7-1 Bronwyn WylieUD1013-iyun 20117Gʻolib6-1 Eileen ForrestKO1 (6), 1-May 20116Gʻolib5-1 Malin MorganTKO6 (8), 10-aprel 20115Gʻolib4-1 Nong Tak SakrungruangTKO6 (6), 21-noyabr 20104Gʻolib3-1 Sara GeorgeTKO4 (6), 10-oktyabr 20103Gʻolib2-1 Rachael PhillipsUD417-sentyabr 20102Gʻolib1-1 Kay Hodgson3 (4), 17-iyul 20101Magʻlub0-1 Sarah Howett613-mart 2010
Manbalar
Havolalar
Diana Prazak Awakening Fighters
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Avstraliya bokschilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar