Shuhrat Togʻaymurodovich Polvonov (1977-yil, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek davlat arbobi, huquqshunos, 2014-yil 11-apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi. 2022-yildan Oʻzbekiston Oliy sudi raisi oʻrinbosari.

Tarjimai holi Polvonov, Shuhrat Togʻaymurodovich 1977-yil 11-dekabrda Samarqand viloyatida tugʻilgan, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2015—2020-yillarda — 66-son Nurobod saylov okrugidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi. 2014-yil 11-apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:11-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar