Andrey Aleksandrovich Kuznetsov ( , 1991-yil 22-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional tennischi. 2016-yilning 25-aprelida u oʻzining yakkalikdagi faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkichga — dunyoning 39-raqamiga erishdi.

Tennisdagi faoliyati Andrey Kuznestov olti yoshida otasi Aleksandr murabbiyligida tennis bilan shugʻullana boshlagan. 2001-yilda uning oilasi Balashixaga koʻchib oʻtdi. U oʻsha yerdagi sport klubiga qatnasha boshladi.

Kuznetsov oʻzining birinchi ITF oʻsmirlar turnirini 2006-yilda Udmurtiyaning „Qora oltini“ musobaqasida oʻtkazdi va saralash bosqichida yoʻllanma oldi. Uning birinchi eʼtiborga loyiq yutugʻi Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan „Gubernator kubogi“da boʻlib, u yerda yarim finalga chiqdi. U Oʻzbekistondagi NBU kubogida ilk finaliga chiqdi. Turnirlarning aksariyati gil kortda boʻlgan, ammo 2007-yilda u gilam va qattiq kortlar ustida oʻynagan. Bu mavsumda u yakkalik bahslarida uchta finalga chiqdi, bir marta gʻalaba qozondi. Juftlik bahslarida uchta juftlik finalida ikki marta gʻalaba qozondi. Uning eng yaxshi mavsumi 2008-yil boʻlib, u uchta yakkalik chempionligini qoʻlga kiritdi va juftlik bahslarida yaxshi oʻynadi. Andreyning oʻsmirlar oʻrtasidagi soʻnggi turniri 2009-yilgi Wimbledon boʻlib, oʻzining birinchi Katta dubulgʻa chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu Vladimir Korotkov 1965 va 1966-yillarda bu muvaffaqiyatga erishganidan beri 43-yil ichida birinchi marta rossiyalik tennischining Wimbledonda gʻolib chiqishi edi.

Kuznetsov yakkalik bahslarida 80-24 gʻalaba va magʻlubiyat natijasi bilan 2009-yil iyul oyida dunyoda 3-oʻrinni egalladi.

U 2013-yilgi Avstraliya Ochiq chempionatining 11-raketkasi Juan Mónaconi birinchi raundda toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlubiyatga uchratib, birinchi marta Katta dubulgʻa turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi.

2014-yilgi Wimbledonda Kuznetsov besh setda yettinchi raqamda saralangan Devid Ferrerni magʻlub etib, dunyoning top-10 oʻyinchisi ustidan birinchi gʻalabasini qayd etdi. Gʻalaba Kuznetsovni birinchi marta „Katta dubulgʻa“ning uchinchi raundiga olib chiqdi.

2014-yilgi US Open turnirida u ikkinchi raundda Fernando Verdasconi magʻlub etgan, ammo uchinchi raundda Andy Murrayga yutqazgan.

Shaxsiy hayoti 2018-yil 30-iyun kuni Kuznetsov Match TV telekoʻrsatuvi boshlovchisi Darya Levchenko bilan turmush qurdiAndrey Kuznesov i Darya Levchenko sigrali svadbu.

ATP finallari Natija Sana Turnir Maydon Hamkor Raqiblar Hisob Ikkinchi oʻrin egasi 2017-yil 12-fevral Sofia Open, Sofiya, Bolgariya Qattiq (i) Mixail ElginViktor TroitkiNenad Zimonjich 4-6, 4-6

Boshqa finallar

Universiada medallari uchun oʻyinlar Natija Yil Chempionat Maydon Hamkor Raqiblar Hisob Oltin 2013-yil Qozon Universiadasi Qattiq Elena VesninaShota Tagava Xiroko Kuvata 6-4, 3-6, [12-10]

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Tennischilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar