Koʻz pterigiumi - konʼyunktiva shilliq qatlamining ichki, shox pardaning tashqi qismidan oʻsib chiquvchi muskulli oʻsimta. Odatda shox pardaning medial qismidan boshlanadi va asta-sekinlik bilan oʻsib boradi. Lekin kamdan-kam hollarda koʻz qorachigʻini yopib qoʻyadigan darajagacha kattalashib, koʻrish funksiyasini buzib qoʻyadigan holatlarga olib keladi. Ikkala koʻzda ham bir xilda uchrashi mumkin.

Kasallik kelib chiqishi sababi aniq emas. Lekin xavfli omillari sifatida qisman ultrabinafsha nurlar va changning uzoq muddatli taʼsir qilishini olish mumkin. Bu kasallikning kelib chiqishida genetik omil ham katta ahamiyatga ega.

Pterigiumni oldini olish uchun quyosh nuridan saqlanish maqsadida qora koʻzoynak va shlyapalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu kasallik koʻrish qobiliyatiga taʼsir qilgan holatlardagina jarrohlik amaliyoti bajarilishi tavsiya etiladi. Jarrohlikdan keyin pterigium taxminan 50 % holatlarda qaytalanishi mumkin.

Kasallikning uchrash chastotasi dunyoning turli mintaqalarida 1 % dan 33 % gacha oʻzgarib turadi. U ayollarga qaraganda erkaklarda va ekvatorga yaqinroq yashaydigan odamlarda koʻproq uchraydi.

Klinik belgilari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/12/Pterygium.png/220px-Pterygium.png|thumb| Kichik pterigium link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/61/Large_Pterygium.jpg/220px-Large_Pterygium.jpg|thumb| Katta birlamchi pterigium (koʻz qorachigʻini toʻsib qoʻyadi) Pterigiumning klinik belgilari koʻzning doimiy qizarishi, yalligʻlanish, yot jism tushganligi sezgisi, koʻzning quruqligi va qichishishni oʻz ichiga oladi. Murakkab holatlarda pterigium koʻrish funksiyasiga taʼsir qilishi mumkin. Chunki u shox pardaning optik markazini toʻsib qoʻyib, astigmatizm va shox parda chandiqlarini keltirib chiqarishi mumkin. Koʻpgina bemorlar koʻzning tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar yoki yuqoridagi baʼzi klinik belgilari bilan shikoyat qilib, oftalmolog huzuriga keladilar..

Etiologiyasi Aniq etiologiyasi nomaʼlum. Ammo bu kasallikning kelib chiqishida shamol, quyosh nuri yoki qumning haddan tashqari taʼsiri muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun ekvator yaqinidagi hududlarda, shuningdek, shamoliy hududlarda yashovchi populyatsiyalarda koʻproq uchraydi. Bundan tashqari, pterigium erkaklarda ayollarga qaraganda ikki baravar koʻproq uchraydi.

Patologiyasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cc/Pterygium_-_intermed_mag.jpg/220px-Pterygium_-_intermed_mag.jpg|thumb| Qon tomirlari (tasvirning chap pastki qismida) va elastik kollagen (tasvir markazida) bilan bogʻlangan konʼyunktivaning mikrografigi. Bu tasvir pterigiumda koʻrinadi. Konyunktivadagi pterigium kollagenning elastotik degeneratsiyasi (aktinik elastoz) va fibrovaskulyar proliferatsiyasi bilan tavsiflanadi. Uning bosh qismi deb ataladigan oldinga oʻsib boradigan qismi mavjud boʻlib, u pterigiumning asosiy tanasiga boʻyin orqali bogʻlangan.

Pterigium bir necha segmentlardan tashkil topadi:

Fuchs yamoqlari (pterigium boshi yaqinida tarqaladigan mayda kulrang dogʻlar) Hood (pterigiumning tolali boʻlmagan qismi) Boshi (pterigiumning choʻqqisi, odatda koʻtarilgan va yuqori qon tomirli qismi) Tanasi (goʻshtli koʻtarilgan qismi) Yuqori qirrasi (pterigiumning uchburchak yoki qanot shaklidagi qismining yuqori qirrasi) Pastki qirrasi (pterigiumning uchburchak yoki qanot shaklidagi qismining pastki qirrasi).

Diagnostika Pterigiumni obyektiv tekshiruvlar orqali tashxislash mumkin. Shuningdek, jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishidan oldin qoʻshimcha shox parda topografiyasi haqidagi maʼlumotlarni beruvchi tekshiruv usullaridan foydalaniladi.

Differensial diagnostika Pterigiumni gistologik va etiologik jihatdan pterigiumga oʻxshash pingviakuladan ajratish kerak. Pterigiumdan farqli oʻlaroq, pingviakula faqat konʼyunktivada koʻrinib, limb yoki shox pardaga oʻtmaydi.

Pterigiumga oʻxshash yana bir holat — bu konʼyunktivaning psevdopterigium deb nomlanuvchi shox pardaga yalligʻlanishli yopishishi hisoblanadi. Pterigiumdan farqli oʻlaroq, u shox pardaning har qanday joyida paydo boʻlishi mumkin va yopishqoqlik odatda uning choʻqqisi bilan chegaralanadi.

Profilaktikasi Pterigiumning profilaktikasi maqsadida, haddan tashqari quyoshli va shamolli vaqtlarda koʻzni himoyalovchi koʻzoynaklardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari profilaktika va rivojlanib ketishini oldini olish maqsadida koʻz suyuqligini oʻrnini bosuvchi, namlantirib turuvchi vositalardan ham foydalanish mumkin.

Davolash Agar pterigium vizual muammolarni keltirib chiqaradigan darajada oʻsmasa, odatda jarrohlik talab qilinmaydi. Koʻz achishishi kabi simptomlarni sunʼiy koʻz tomchilari bilan bartaraf etish mumkin.

Jarrohlik link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ee/Pterygium.jpg/220px-Pterygium.jpg|thumb| Pterigiumni olib tashlash operatsiyasi Cochrane tekshiruvi shuni koʻrsatdiki, konʼyunktival avtotransplantatsiya operatsiyasi amniotik membranani transplantatsiya qilish operatsiyasi bilan solishtirilganda 6 oyda pterigiumning qaytalanishi ehtimoli birinchi operatsiyada kamroq boʻlgan.

Avtotransplantatsiya Konyunktival avtotransplantatsiya — bu pterigiumni olib tashlashning samarali va xavfsiz usuli hisoblanadi. Pterigium olib tashlanganda, Tenons qatlami deb nomlanuvchi sklerani qoplaydigan toʻqima ham chiqariladi. Avtotransplantatsiya yordamida olib tashlangan sklerani oʻrni konʼyunktiva toʻqimasi bilan qoplanadi.

.

Manbalar

Turkum:Oftalmologiya Turkum:Tibbiyot Turkum:Jarrohlik