Aleksandr Pavlovich Grachyov (ruscha: Александр Павлович Грачев; 1984-yil 28-iyul, Moskva) — rossiyalik figurali uchuvchi. Jahon chempionati (2006) va qishki Universiada (2005) ishtirokchisi, oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni (2004). Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi.
Faoliyati Yelena Romanovskaya bilan juftlikda ketma-ket ikki marta oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan (2002 va 2003) va nihoyat 2004-yilda ushbu turnirda gʻolib chiqqan. Aleksandr Grachyovga Svetlana Alekseyeva va Yelena Kustarova murabbiylik qilgan.
Juftlik 2006-yilgi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallab, Turindagi Olimpiadada Rossiya terma jamoasiga zaxira qatnashuvchi sifatida kiritilgan.
2006-yilda birinchi „kattalar“ toifasidagi jahon chempionatidan soʻng, ular 23-oʻrinni egalladilar va juftlik tarqaldi. Yelena Kanadaga yangi sherik izlash uchun ketdi, 2006—2007-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborgan Aleksandr esa oʻzi uchun yangi sherik topdi. Uning yangi sportdagi jufti Anastasiya Platonova boʻldi.
2008-yilgi Rossiya chempionatida yangi juftlik beshinchi oʻrinni egalladi. 2007—2008-yilgi mavsumda ular boshqa musobqalarda qatnashmadi
2008—2009-yilgi mavsumda juftlik „Finlandia Trophy“ turnirining kumush medallarini qoʻlga kiritdilar va Rossiya kubogi bosqichida Gran-pri seriyasida qatnashdilar va u yerda ettinchi oʻrinni egalladilar. 2009-yilgi Rossiya chempionatida oʻtgan yilgi natijalarini takrorladi — ular yana beshinchi oʻrinni egalladi. 2009-yilning yozida juftlik murabbiyini oʻzgartirdi — ular Aleksandr Julin guruhiga koʻchib oʻtishdi.
Juftlik 2010-yilgi Rossiya chempionatidamuvaffaqiyatsiz ishtirok etishdi, bor-yoʻgʻi 7-oʻrinni egallashdi va sport faoliyatini tugatishga qaror qilishdi Intervyu portalu fskate.ru.
Natijalari (A.Platonova bilan) Musobaqa 2007-2008 ㅤ 2008-2009 ㅤ 2009-2010 ㅤ Rossiya chempionati 5 5 7 Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 7 5 Finladia Trophy 2 2 Turnirlar „NRW Trophy“, Dortmund 1
(Y. Romanovskaya bilan) Musobaqa 1999 — 2000 ㅤ 2000 — 2001 2001 — 2002 2002 — 2003 ㅤ 2003 — 2004 ㅤ 2004 — 2005 ㅤ 2005 — 2006 ㅤ Jahon chempionatlari 23 Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 6 3 3 1 Rossiya chempionati 7J 4J 2J 3J 2J 4 4 NHK Trophy 6 Skate Canada International 5 Skate America 11 Qishki Universiada 4 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 5 2 3 2 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Yaponiya 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Slovakiya 1 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Italiya 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Gollandiya 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Shvetsiya 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Polsha 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya 3 J = oʻsmirlar darajasi
Manbalar
Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:28-iyulda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar