Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 30-noyabr holatiga koʻra, shaharda 14021 ta xonadonda 31504 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 27 nafarni tashkil qilganKitaakita City official statistics . Shaharning umumiy maydoni 1,152,76 kvadrat kilometr (445,08 mi²) ga teng.
Geografiyasi Kitaakita shimoli-sharqidagi Akita prefekturasining togʻlari, sharqda Ou togʻlari bilan oʻralgan. Shaharning bir qismi Tovada-Hachimantay milliy bogʻi chegaralarida joylashgan. Shahar hududining katta qismi oʻrmon bilan qoplangan. Ichki joylashuvi tufayli shahar qishda kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Bu prefektura poytaxti Akita shahridan taxminan 80 kilometr shimoli-sharqda oʻrin egallagan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f2/%E5%8C%97%E7%A7%8B%E7%94%B0%E5%B8%82%E5%BD%B9%E6%89%80.jpg/220px-%E5%8C%97%E7%A7%8B%E7%94%B0%E5%B8%82%E5%BD%B9%E6%89%80.jpg|left|thumb| Kitaakita shahar hokimiyati Qoʻshni munitsipalitetlar
Akita prefekturasi Akita Ōdate Noshiro Kazuno Semboku Kamikoani Fujisato
Iqlimi Kitaakita nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiqdan issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etiladi. Kitaakitada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraKitaakita population statistics, Kitaakita aholisi soʻnggi 60 yil ichida tez suratlar bilan kamayib bormoqda.
Tarixi Hozirgi Kitaakita hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, hudud Kubota domenidan viloyatning shimoliy uchdan bir qismini boshqargan Satake sulolasi nazorati ostiga berilgan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud 1878-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Akita prefekturasi Kitaakita tumani tarkibiga kiritildi.
Kitaakita shahri 2005-yil 22-martda Aikava, Ani, Moriyoshi va Takanosu (barchasi Kitaakita tumanidan) shaharlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Hukumat Aisay toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Akita prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 2-akita tumani tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti Kitaakita iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga asoslangan.
Taʼlim tizimi Kitaakita shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻnta davlat boshlangʻich maktabi va beshta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabiga faoliyat yuritadi. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Shu bilan birgalikda, shaharda Akita universiteti — Kitaakita filiali kampusi ham mavjud
Transporti
Aeroport
Odate-Noshiro aeroporti
Temir yoʻl
20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi Maeyama — Takanosu — Nukazava Akita Nairiku Jukan temir yo'li — Akita Nairiku liniyasi Takanosu — Nishi-Takanosu — Ogata — Ōnodai — Aikava — Kamisugi — Yonaizava — Katsurase — Ani-Maeda — Maeda-Minami — Kobuchi — Aniai — Arase — Kayakusa — Okashinai — Ivanome — Hitachinai — Okuani — Ani-Matagi
Magistral yoʻl
Akita tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 7 Milliy yoʻnalish 105 Milliy yoʻnalish 285 Milliy yoʻnalish155
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Kitaakita shahrida Yasu sharsharasi enng mashhur joylardan biri boʻlib, Yaponiyaning eng yaxshi 100 sharsharalaridan biri hisoblanadi. Yana bir ahamiyatga ega hudud — Isedotay manzilgohi esa Jomon davri arxeologik yodgorligi va milliy tarixiy yodgorlikni oʻzi mujassamlashtirgan manzilgohdir Galereya
Qardosh shahar bilan munosabatlari
Fengcheng, Liaoning, Xitoy, 1997-yil 11-sentyabrdan buyon doʻstona munosabatda
Kitaakita shahridan taniqli odamlar
Takekaze Akira, sumo kurashchisi Tamezo Narita, musiqachi Daito Takahashi, olimpiya oʻyinlarining changʻi sakrashchisi Norihito Kobayashi, olimpiya oʻyinlarining changʻi sakrashchisi Yusuke Minato, changʻida sakrash olimpiadasi Fuyuko Suzuki, Olimpiya biatlonchisi
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Akita prefekturasidagi shaharlar Turkum:Kitaakita