Craig Ian Samson () (1984-yil 1-aprelda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Craig Samson hozirda „Aberdeen“ futbol klubida murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Craig Samson oʻz futbolchilik faoliyatini „Kilmarnock“ futbol klubi bilan boshladi. Lekin atigi bir marta klub safida Shotlandiya ligasi doirasidagi uchrashuvda maydonga tushdi va 2005-yilda klubni tark etdi. Craig Samson futbolchilik faoliyati davomida Queens of the South", „St Johnstone“, „Dundee United“, „Ross County“, „Dundee“, „Hereford United“ va „Ayr United“ futbol klublarida faoliyat olib borgan. 2010-yilda Craig Samson „St Mirren“ futbol klubi safiga qoʻshildi va u yerda uch yil oʻynadi. 2013-yilda klub bilan Shotlandiya Liga kubogini qoʻlga kiritdi. Craig Samson 2013-yilning may oyida oʻzining birinchi klubi „Kilmarnock“ futbol jamoasiga qayta qoʻshildi. Craig Samson 2015-yil avgust oyida „Kilmarnock“ futbol klubini tark etdi va keyinchalik „Motherwell“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

„St Mirren“ futbol klubi tarkibida ikkinchi marta oʻynaganidan soʻng, Craig Samson futbolchilik faoliyatini yakunladi va „Sunderland“ futbol klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida ish boshladi. Oʻshandan beri Craig Samson „Rochdale“, „Hibernian“ va „Aberdeen“ kabi futbol klublarida darvozabonlarga murabbiylik qilib kelmoqda.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Ilgari Craig Samson Shotlandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasida oʻynagan. Craig Samson 2011-yilning noyabr oyida Shotlandiya milliy futbol terma jamoasining toʻliq tarkibiga chaqirilgan. Craig Samson Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi tarkibiga 2012 va 2015-yillarda ham jalb qilingan.

Murabbiylik faoliyati Craig Samson 2018-yilning noyabr oyida „Sunderland“ futbol klubida murabbiylik lavozimini egallagan. Craig Samson 2019-yil noyabr oyida klubni tark etdi va keyingi oyda Aangliya Birinchi ligasi vakili „Rochdale“ futbol klubining birinchi jamoasi darvozabonlari murabbiyi etib tayinlandi. Craig Samson 2020-yilgi mavsum yakunida „Hibernian“ futbol klubi safiga qoʻshildi. „Hibernian“ futbol klubi 2022-yil fevral oyida Craig Samson klubni tark etganini eʼlon qildi. „Hibernian“ futbol klubidan ketganidan soʻng, Craig Samson "Aberdeen" futbol klubi bilan oʻyinchi-murabbiy rolida qisqa muddatli shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMilliy kubukLiga kubugiBoshqaJamiDivisionOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniKilmarnock2003—2004Shotlandiya Premer-ligasi10000000102004—20050000000000Jami1000000010Queen of the South (ijara)2003—2004Shotlandiya Birinchi divizioni120000000120Queen of the South (ijara)2004—2005Shotlandiya Birinchi divizioni0000100010St Johnstone (ijara)2004—2005Shotlandiya Birinchi divizioni120000000120Dundee United2005v2006Scottish Premier League8000000080Ross County2006—2007Shotlandiya Birinchi divizioni290102030350Dundee2007—2008Shotlandiya Birinchi divizioni31Includes one appearance not recorded on Soccerbase or Soccerway. 0202010360Hereford United2008—2009Shotlandiya Birinchi ligasi110200010140Ayr United2009—2010Shotlandiya Birinchi divizioni320301010370St Mirren2010—2011Shotlandiya Premer-ligasi1100000001102011—20123806030004702012—2013380305000460Jami8709080001040Kilmarnock2013—2014Shotlandiya Premer-ligasi3801010004002014—20153501020003802015—20160000000000Jami730203000780Motherwell2015—2016Shotlandiya Premer-ligasi20000000202016—2017340105000400Jami360105000420St Mirren2017—2018Shotlandiya chempionati3602030004102018—2019Shotlandiya Premer-ligasi130004000170Jami490207000580Jami3810220290604380

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar