Nathan Austin () (1994-yil 15-fevralda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Nathan Austin „Kelty Hearts“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Bundan tashqari, Nathan Austin ilgari „East Fife“, „Falkirk“ va „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klublarida oʻynagan.
Faoliyati Angliyaning Hertfordshire shahrida tugʻilgan Nathan Austin 2001-yilda, yetti yoshida, oilasi bilan Shotlandiyaga koʻchib oʻtdi. Nathan Austin „East Wemyss District“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. Keyinchalik, Nathan Austin „Leven United“ futbol jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2013-yil iyulida Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „East Fife“ futbol klubiga oʻtdi.
Nathan Austin klub safida 2014-yilgi mavsumda 38 ta oʻyinda 14 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Nathan Austin „East Fife“ futbol klibi safida 2016-yil yanvariga kelib 25 oʻyinda 16 ta gol urdi. Nathan Austinning oʻyin mahorati bir qator yuqori darajali futbol klublarining eʼtiborini tortdi. Shundan soʻng, Nathan Austin 2016-yil 15-yanvarda Shotlandiya chempionatining „Falkirk“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Nathan Austin 2017-yil dekabr oyida „Falkirk“ futbol klubi bilan imzolagan shartnoma muddati tugaganidan soʻng, „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil 2-yanvarda Nathan Austin yangi klub safida „Livingston“ futbol klubiga qarshi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Nathan Austin klub safidagi ilk xet-trikini 2018-yilning 14-aprelida „Dumbarton“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (5:1) amalga oshirdi.
2019-yil may oyida Nathan Austin „Kelty Hearts“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Nathan Austin 2021-yil mart oyida „East Fife“ futbol klubiga ijaraga berildi.
Shaxsiy hayoti Nathan Austinning ukasi Jordan ham futbolchi hisoblanadi. Ular birga „East Fife“ futbol klubida bitta jamoada oʻynashgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaShotlandiya kubugiLiga kubugiBoshqaJamiDivisiOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarEast Fife2013—2014Shotlandiya Birinchi ligasi2241010512952014—2015Shotlandiya Ikkinchi ligasi301023105138142015—201620142022102516Jami722853421129235Falkirk2015—2016Shotlandiya chempionati00000000002016—20171760041202372017—2018141004331215Jami3170084514413East Fife (ijara)2015—2016Shotlandiya Ikkinchi ligasi158000000158Inverness Caledonian Thistle2017—2018Shotlandiya chempionati27700433134112018—2019234604320357Jami50116086516918Kelty Hearts2019—2020Shotlandiya quyi ligasi25371000002537Jami178831232012214231103
Yutuqlar
Klub East Fife
Shotlandiya ikkinchi ligasi: 2015—2016
Kelty Hearts
Shotlandiya Ikkinchi ligasi: 2021—2022
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar