Andreas Gruber 1996-yil 29-iyunda Avstriyaning Lienz shahrida tugʻilgan. Avstriyalik futbolchi Mattersburg klubi qanot himoyachisi.

Klublardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/31/SV_Mattersburg_vs._SK_Sturm_Graz_2015-09-13_%28039%29.jpg/190px-SV_Mattersburg_vs._SK_Sturm_Graz_2015-09-13_%28039%29.jpg|thumb|212x212px| Gruber „Sturm“ tarkibida link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/81/AUT_U-21_vs._FIN_U-21_2015-11-13_%28023%29.jpg/190px-AUT_U-21_vs._FIN_U-21_2015-11-13_%28023%29.jpg|thumb|212x212px| Gruber Avstriya yoshlar terma jamoasi safida Andreas Gruber Sturm klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2014-yilda Andreas Gruber asosiy jamoaning arizasiga kiritilgan. 17-avgust kuni Avstriyaning Wiena jamoasiga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda Daniel Bichlerni oʻrniga maydonga tushdi va Andreas Gruber Avstriya Bundelsigida debyut qildi. 2015-yilning 11-aprelida Altachga qarshi kechgan bahsda Andreas Gruber „dubl“ni amalga oshirib, „Sturm“ safida ilk gollarini urdi. 2017-yilning yozida Andreas Gruber Mattersburgga koʻchib oʻtdi. 22-iyul kuni „Rapid Wiena“ga qarshi oʻyinda Andreas Gruber yangi jamoada debyut qildi. 17-sentabr kuni Red Bull Salzburgga qarshi bahsda Andreas Gruber Mattersburg safida ilk golini urdi.

Xalqaro karyerasi 2015-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Andreas Gruber Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Gana, Argentina, Panama va Oʻzbekiston terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Andreas Gruberning yaxshi oʻyinlari Avstriya U-20 terma jamoasi menejeri eʼtiboridan chetda qolmadi, shuning uchun Andreas Xeraf uni 2015-yil 30-mart kuni meksikalik yosh hamkasblariga qarshi oʻtkaziladigan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuviga chaqirdi. 3:1 hisobidagi gʻalabada Andreas Gruber tanaffusda Markus Blutsch oʻrniga maydonga tushdi va birinchi marta jamoa formasini kiyishga ruxsat oldi. Uning oʻyini jamoa boshligʻining kutganlarini oqlaganidan soʻng, Andreas Gruber 2015-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtadigan U 20 Jahon chempionati uchun tarkibga kiritildi. U yerda Andreas Gruber Avstriya terma jamoasining Gana, Panama, Argentina va Oʻzbekistonga qarshi oʻtkazgan toʻrtta oʻyinida ham qatnashgan.

Statistika JamoaMavsumLigaKubokKontinentalBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSturm Graz2014-1524230——2722015-162933110—3342016-175000——50Jami5856110—656Mattersburg2017-1827431——3052018-1931620——3362019-20201220——2212Jami782271——8523LASK2020-211754283—29102021-221402052—212Jami31562135—5012Umumiy karyerasida167321941450020041

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar