Ermin Bičakčić (; 1990-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bundesliganing 1899 Hoffenheim klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Bičakčić professional faoliyatini VfB Stuttgartda boshlagan, asosan uning zaxira jamoasida oʻynagan. 2012-yilda Eintracht Braunschweigga qoʻshilgan. Ikki yil oʻtgach, 1899 Hoffenheimga koʻchib oʻtdi.
Bičakchić oʻzining birinchi yirik chempionati — 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida mamlakatini himoya qildi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyat davri Bosniya urushi boshlangani sababli Bičakčićning oilasi oʻzining vatani Bosniya va Gersegovinadan Germaniyaga koʻchib oʻtdi va u yerda 2005-yilda VfB Stuttgart yoshlar akademiyasiga qoʻshildi. 2010-yil 27-oktyabrda 20 yoshida Chemnitzer FCga qarshi professional debyutini oʻtkazdi. 2011-yil 29-iyulda Wehen Wiesbadenga qarshi gʻalabali oʻyinda oʻzining birinchi professional golini kiritdi.
2012-yilning yanvarida Eintracht Braunschweigga oʻtdi. thumb|Bičakčić 1899 Hoffenheimda , 2019-yil 2014-yilning may oyida Bičakčić nomaʼlum toʻlov evaziga „1899 Hoffenheim“ga oʻtdi. 17-avgust kuni „USC Paloma“ga qarshi DFB-Pokal oʻyinida jamoa safida debyut qildi va gol urishga muvaffaq boʻldi. Bir hafta oʻtgach, „Augsburg“ ga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi. 2015-yilning 4-fevralida oʻzining birinchi ligadagi golini „Werder“ga urdi.
2016-yilning sentyabrida Ermin shartnomasini 2020-yilning iyunigacha uzaytirdi.
2018-yil 23-oktyabrda Bičakčić UEFA Chempionlar Ligasidagi Lyonga qarshi bahsda debyut qildi.
Ermin 19-dekabr kuni jamoadagi 100-oʻyinini oʻtkazdi.
Bičakčić 2019-yilning may oyida klub bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi.
2020-yil sentyabr oyida tizzasidan ogʻir jarohat oldi va 2022-yil 14-may kuni jarohatdan 19 oy oʻtib maydonga qaytdi.
Iyun oyida yangi bir yillik shartnomaga imzo qoʻydi.
Xalqaro faoliyati thumb|Bičakčić 2015-yilda Bosniya va Gersegovina terma jamoasida
2013-yilning avgust oxirida AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun birinchi marta chaqiruv oldi va 14-avgust kuni oʻsha oʻyinda debyut qildi.
10-sentyabr kuni, 2014-yil FIFA Jahon chempionati saralashida Slovakiyaga qarshi oʻyinda Bičakčić oʻzining terma jamoasidagi birinchi golini urdi.
2014-yil iyun oyida Bičakčić Bosniya va Gersegovina terma jamoasining 2014-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga, mamlakatning birinchi yirik musobaqasiga kiritildi. Turnirdagi debyutini 15-iyun kuni Argentinaga qarshi guruhdagi dastlabki oʻyinda oʻtkazdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarVfB Stuttgart II2009—20103. Liga120--1202010—20113. Liga100--1002011—20123. Liga10--10Jami230--230VfB Stuttgart2010—2011Bundesliga102020502011—2012Bundesliga0011-11Jami10312061Eintracht Braunschweig2011—20122. Bundesliga151--1512012—20132. Bundesliga33320-3532013—2014Bundesliga31110-321Jami79530-8251899 Hoffenheim2014—2015Bundesliga24141-2822015—2016Bundesliga21010-2202016—2017Bundesliga18110-1912017—2018Bundesliga9010301302018—2019Bundesliga25120303012019—2020Bundesliga21210-2222020—2021Bundesliga211000312021—2022Bundesliga1000-102022—2023Bundesliga0000-00Jami1216111601387Jami faoliyati224111728024913
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gersegovina 2013-yil 6 1 2014-yil 4 0 2015-yil 4 1 2016-yil 3 0 2017-yil 3 1 2018-yil 5 0 2019-yil 9 0 2020-yil 1 0 Jami 35 3
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Bosniya va Gersegovinaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Bičakchichning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
+Ermin Bičakčić tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2013-yil 10-sentyabr Štadion pod Dubňom, Žilina, Slovakiya 3 1-1 2-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2015-yil 6-sentyabr Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gertsegovina 12 1-0 3-0 UEFA Evro—202016 saralashi 3 2017-yil 25-mart Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gersegovina 17 5-0 5-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar