Martin Ives Angha-Lötscher (1994-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — Shveysariyalik futbolchi, „Al-Adalah“ klubining markaziy himoyachisi.
Faoliyati
Arsenal
Angha Zürichda tugʻilgan. „Arsenal“ da yosh oʻyinchi sifatida ularning akademiyasida va zaxirasida oʻynagan. „Arsenal“dan oldin Angha „FC Zürich“ va „Grasshopper“ klubida oʻynagan. „Arsenal“ga oʻtishdan oldin „Chelsea“, „Manchester United“ va Germaniyaning „Bavariya“ klublari Anghaga qiziqqan. 2011—2012-yilgi mavsumdan soʻng Angha „Arsenal“ ning farm klubida 22 ta oʻyin oʻtkazdi. 2012-yilning 26-sentyabrida Angha Liga kubogi doirasida „Arsenal“ tarkibida „Coventry City“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2012-yil 4-dekabrda Angha Chempionlar Ligasi doirasida „Olimpiacos“ ga qarshi oʻyinda 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
1. Nürnberg klubi 2013-yil 10-aprelda Angha yozda Germaniya Bundesligasining 1.Nürnberg klubiga oʻtishga rozi boʻldi. Klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
1860 Munich 2014-yil 30-avgustda Angha Germaniyaning 2.Bundesliga klubi 1860 Munich jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2014-yilning 14-sentyabrida „St.Pauli“ga qarshi safarda 1:2 hisobida gʻalabali oʻyinda debyut qilgan. Oʻyinni oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻtkazganSt. Pauli vs. 1860 München — 14 September 2014 — Soccerway.
St. Gallen Angha 2015-yilning iyul oyida Shveysariya Superligasining „St.Gallen“ klubiga 150 ming funt sterling evaziga shartnoma imzoladi. Klubdagi faoliyati davomida sardor etib ham tayinlangan edi.
Sion 2017-yilning 11-sentyabrida Angha „Sion“ klubi bilan tekin transfer evaziga shartnoma imzoladi.
Fortuna Sittard 2019-yilning 26-avgustida Fortuna Anghaning transferini eʼlon qildi. Klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Al-Adalah 2022-yil 20-iyun kuni Angha Saudiya Arabistoni Pro-ligasining „Al-Adalah“ klubiga qoʻshildi.
Shaxsiy hayoti Anghaning onasi shveysariyalik, otasi esa kongolik.
Faoliyat statistikasi
KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarArsenal2012—2013Premier League0000101020Nürnberg II2013—2014Regionalliga Bayern80——80Nürnberg2013—2014Bundesliga140001402014—20152. Bundesliga001010Jami14010—1501860 Munich2014—20152. Bundesliga16010—1701860 Munich II2014—2015Regionalliga Bayern10—10St. Gallen2015—2016Super League291303212016—201715000150Jami44130—471Sion2017—2018Super League14000—140Sion II2017—2018Promotion League100—10Sion2018—2019Super League100—10Jami faoliyati9915010101061Manba:
1.Angliya Angliya kubogi, Germaniya kubogi va Shveysariya kubogini oʻz ichiga oladi. 2.^ UEFA Chempionlar Ligasini oʻz ichiga oladi. 3.^ Angliya Liga kubogini oʻz ichiga oladi.
Terma jamoada +YilTerma jamoaIshtirok Gollar2009Shveysariya U16412010—2011Shveysariya U171102011—2012Shveysariya U18702011—2012Shveysariya U19602012—2013Shveysariya U20502014—2016Shveysariya U21131Jami462
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar