Jordi Amat Maas () (1992-yil 21-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Malayziya Superligasining Johor Darul Taʼzim klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Jordi faoliyatining eng yaxshi qismini „Espanyol“ va „Swansea City“da oʻtkazgan, shuningdek, La Ligada „Rayo Valyekano“ (ikki marta) va „Betis“ sharafini himoya qilgan.
Amat Ispaniya terma jamoasida yoshlar darajasida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Espanyol Kataloniya, Barselona, Kanet de Mar shahrida tugʻilgan Amat atigi yetti yoshida " Espanyol "ning yoshlar jamosiga qoʻshilgan. U Segunda B divizionida B jamoasi tarkibida maydonga tusha boshlagan.
2010-yil 24-yanvarda, 18 yoshga toʻlishiga ikki oy qolganda, Amat klub bilan La Ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazgan va oʻz maydonida RCD Mallorcaga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan. U oʻzining birinchi mavsumini 26 oʻyin (barcha musobaqalarda 28) bilan yakunlagan.
Amat 2012/2013-yilgi mavsumda „Rayo Valyekano“ jamoasiga ijaraga berilgan. U 2013-yilning 24-fevralida Madrid jamoasi safidagi ilk golini „Real Valyadolid“ga qarshi oʻyinda kiritgan.
Swansea City 2013-yil 27-iyunda Premer-liganing „Swansea City“ klubi Amatni 2,5 million funt sterlingga transfer qilganini eʼlon qilgan va futbolchi bilan toʻrt yillik shartnoma imozlgan. Amat 1-avgust kuni oʻzining rasmiy debyutini UEFA Yevropa Ligasi uchinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Malmyo“ FFga qarshi oʻtkazgan.
Rayo Vallecanoga qaytish 2018-yilning 9-avgustida Amat nomaʼlum toʻlov evaziga „Rayo Valekano“ga qaytgan. U oʻn kun oʻtib „Sevilya“ ga qarshi oʻyin oʻtkazgan.
2019-yilning 1-avgustida, „Rayo“ quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Amat Belgiya birinchi divizioni vakili „KAS Eupen“ klubiga ijara asosida qoʻshilgan.
Johor Darul Taʼzim 2022-yil 29-iyun kuni Amat Malayziya Superligasining Johor Darul Taʼzim FC jamoasiga qoʻshilgan. U 19-avgust kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 finalida " Urawa Red Diamonds "ga qarshi oʻyinda (5:0) debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati Amat 2009-yilda 17 yoshgacha boʻlgan ispaniya terma jamoasi safida oʻzining debyutini oʻtkazgan. Shuningdek, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan toifalarda ham terma jamoa safida maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolEspanyol2009—2010La Liga6000——602010—2011La Liga26020——2802011—2012La Liga9040——130Jami41060——470Rayo Vallecano (Ijara)2012—2013La Liga27100——271Swansea City2013—2014Premier Liga1703010903002014—2015Premier Liga1002000—1202015—2016Premier Liga801020—1102016—2017Premier Liga1700020—200Jami520605090730Betis (Ijara)2017—2018La Liga25010——260Rayo Vallecano2018—2019La Liga31000——310Eupen (Ijara)2019—2020Belgiya Birinchi divizioni24210——252Eupen2020—2021Belgiya Birinchi divizioni29030——3202021—2022Belgiya Birinchi divizioni27020——290Jami56050——610Johor Darul Taʼzim2022Malayziya Super Ligasi0000101020Karyerada jami2563190601002933
Yutuqlari Johor Darul Taʼzim
Malayziya Superligasi : 2022 Malayziya FA kubogi : 2022
Ispaniya U17
FIFA U-17 Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2009
Manbalar
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar