thumb|Banu Avar Banu Avar - Eskishehirda 1955-yil 18-iyulda tugʻilgan, turkiyalik yozuvchi, jurnalist, boshlovchi va siyosiy sharhlovchi. Faoliyatini 1980-yilda Turkiyaning „Surech“ jurnalida boshlagan. Keyinchalik „Gunaydin“, „Dunya“, „Vatan“ kabi gazetalarda ishlagan.

Londondagi City universitetida magistrlik darajasini olgandan soʻng, u BBCda turk xabarlari boʻlimida radio muxbiri sifatida ishlagan va BBC hujjatli filmlar boʻlimida malaka oshirgan. Banu Avar Londondagi Turkiya radio va televideniye korporatsiyasiga (TRT) ishga taklif qilingan.Undan soʻng esa u mashhur 32 teledasturining muxbiri boʻlgan. 1985-yildan soʻng Banu Avar prodyuser boʻlib ishlagan. 1999-yilda u TRT uchun ikkita dastur yaratgan. U Discovery Channel va BBC uchun hujjatli filmlar ham suratga olgan.

1999-yilda u TV8 telekanalida hujjatli filmlar suratga olishni boshlagan va 2004-yilgacha u yerda rejissor sifatida ishlagan. Bu ishdan keyin faoliyatini, u TRT 1da davom ettirdi va hujjatli filmlar ishlab chiqara boshlagan. Hozirgacha televideniyeda uning 20 dan ortiq hujjatli filmlari namoyish etilgan. Shuningdek, u TRT 1 uchun kapitalizmga qarshi dastur taqdim etgan.

Fransiya, Niderlandiya, Isroil, Falastin, Oʻzbekiston, Eron, Jazoir, Daniya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida uning ishlari koʻrsatilgan. U Turkiya va boshqa Yevropa davlatlarini tanqid qila boshladi.

Mukofotlari

Turkiya yozuvchilar uyushmasi tamonidan, „yilning eng yaxshi teledasturchisi“ mukofoti bilan 2005-yilda taqdirlandi. Shu yilning oʻzida „TURKSAV“ xizmat mukofotiga sazovar boʻldi. Zamonaviy Jurnalistlar Uyushmasi tamonidan 2006-yilgi Televideniye yangiliklari uchun mukofotni ham qoʻlga kiritgan. Akdeniz universiteti, Otaturk tamoyillari va inqilob tarixi tadqiqot va tatbiq markazi „Kamalist fikrga hissa qoʻshganlar mukofoti“ bilan 2006—2007-yillarda taqdirlangan. Istanbul Kultur universiteti sanʼat va dizayn fakulteti „Yurakli ayollar mukofoti“ 2006-yil va 2007-yil 20-aprelida Yeditepe universiteti faxriy doktori unvoniga sazovar boʻlgan.

Film sohasidagi hissalari

Deniz (1999) Hayotim musiqa (Mayis 1999-Ocak 2000) Muhim musiqa odamlarining hayot oʻykuleri (15-qism) Depremle Yashamak (2000) (10-qism) Unutulan Yillar (2000) Denizciler Belgeseli (2000—2001) Deniz kuchlari Komutanligi qoʻllab-quvvatlashi bilan Turkiyaning dengizchilik tarixi Deniz Kuvvetleri, Deniz Ticareti va Deniz Sporunun tarixi ve bugunü (9-qism) Turkiya sevdalilari (2000—2001) Afgʻoniston Devlerin Savaş Alani (2002) Ohri Ohri Güzel Ohri (2002) Artık Biz De Variz (2002) Atletin Adı Süreyya (2002) Bir Zamanlar Kıbrıs’ta (2003) Unutulan Yillar (2003) Kafkaslarda Politik Bir Satranch Ustasi Riza Oʻgʻli Haydar Aliyev (2004) Sinirlar Arasida (2004—2008)

Kitoblari

Sinırlar Arasinda — Huznun Topragi Balkanlardan Geleceğin Gücü Avrasyaʼya () Avrasyalı Olmak () Qaysi Yevropa () Böl ve Yut () Hangi Dunya Duzeni

Manbalar

Havolalar

rasmiy veb-sayt (turk tilida)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik jurnalistlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar