Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra shaharda 36.201 xonadon va unda 95.706 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 222 nafarni tashkil qiladiSanjō city official statistics. Shaharning umumiy maydoni 431,97 kvadrat kilometr (166,78 mi²) ga teng.
Geografiyasi Sanjo shimoliy-markaziy Niigata prefekturasining ichki mintaqasida joylashgan. Tokiodan Jōetsu Shinkansen yoʻnalishi orqali taxminan 2 soat yoki Kan-Etsu va Hokuriku ekspress yoʻlida 4 soat yoʻl masofada oʻrnashgan. Shinano daryosi janubiy-gʻarbiy tomondan shimolga tomon oqib oʻtadi. Ikarashi-gava daryosi esa shahar hududning markazidan oqib oʻtadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Niigata prefekturasi Niigata Tsubame Nagaoka Mitsuke Uonuma Aga Gosen Kamo Fukusima prefekturasi Tadami
Iqlimi Sanjo nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Sanjoda oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seyogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida boʻladi.
Demografiyasi Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraSanjō population statistics, Sanjo aholisi soni 1985-yilda eng yuqori choʻqqiga yetgan va oʻshandan beri doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Tarixi thumb| Honjoji ibodatxonasi Hozirgi Sanjo hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida bu hudud 1598-yildan 1651-yilgacha Tokugava syogunatligi ostidagi feodal domeni boʻ;ish Sanjo domenining bir qismi boʻlgan. Keyinchalik u Nagaoka domenlari, Murakami domenlari va toʻgʻridan-toʻgʻri syogunat tomonidan boshqariladigan Tenryo hududi oʻrtasida boʻlib olingan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud Niigata Minamikanbara tumanining bir qismi sifatida tashkil etildi. Sanjo shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. 1934-yil 1-yanvarda u shahar maqomiga koʻtarildi. Kuchli yomgʻir 1961 va 2004-yillarda katta toshqinlarga sabab boʻlgan. 2005-yil 1-mayda Sakae shahri va Shitada qishlogʻi (ikkalasi Minamikanbara tumanidan) Sanjoga birlashtirildi.
Hukumat thumb| Sanjo shahar hokimiyati Sanjo toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga egaSanjō City Assembly homepage . 2020-yil 8-noyabrda advokat Ryo Takizava Sanjoning navbatdagi meri etib saylangan.
Iqtisodiyoti thumb| Tsubamesanjo mintaqaviy sanoatni rivojlantirish markazi tadqiqot markazi Sanjo anʼanaviy ravishda temir hunarmandchiligi, xususan pichoq va qaychi ishlab chiqarishi bilan mashhur. Quyidagi korxonalarning shtab-kvartirasi Sanjoda joylashgan.
Snow Peak (lager uskunalari ishlab chiqaruvchisi) Marunao (chopsticks ishlab chiqaruvchisi) Suwada (tirnoq parvarishi ishlab chiqaruvchisi)
Shuningdek, u oktyabr oyida yiliga bir marta mahalliy zavodlar festivali oʻtkaziladigan munitsipalitetlardan biri hisoblanadi (Kouba no Saiten).
Taʼlim tizimi Sanjoda 25 ta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻqqizta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi mavjud va prefekturada bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.
Transporti
Temir yoʻl 20x20px JR Sharqiy yoʻnalish — Joetsu Shinkansen
Tsubame-Sanjō
20x20px JR Sharqiy liniyasi — Shin'etsu magistral liniyasi
Obiori — Tōkōji — Sanjō — Higashi-Sanjō — Honai
20x20px JR Sharqiy yoʻnalish — Yahiko liniyasi
Tsubame-Sanjo — Kita-Sanjō — Higashi-Sanjō
Magistral yoʻl
20x20px Hokuriku tezkor yoʻli — Sanjo IC Milliy yoʻnalish 8 Milliy yoʻnalish 289 Milliy yoʻnalish 290 Milliy yoʻnalish 403
Qardosh shaharlar bilan munosabati
Vaughan, Ontario, Kanada (1993-yil) Ezhou, Xitoy(1994-yil apreldan buyon)
Sanjoning taniqli odamlari
Chihiro Kaneko (beysbolchi) Masayuki Kakefu (beysbolchi) Tetsuji Morohashi (leksikograf) Shohei Baba (beysbolchi, professional kurashchi) Kumi Mizuno (aktrisa)
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt Sekin va barqaror Shitada, Sanjoning Shitada hududi uchun rasmiy veb-sayt, koʻplab ochiq joylar va tadbirlarni oʻz ichiga oladi
Turkum:Niigata prefekturasidagi shaharlar Turkum:Sanjō, Niigata