Daša Grm (talaffuzi: Dasha Grm; 1991-yil 18-aprel, Celje, Sloveniya) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashadigan sloveniyalik figurali uchuvchi. Sloveniyaning yetti karra chempioni (2014—2020), Jahon va Yevropa chempionatlarining ishtirokchisi. Daša 2021-yil 20-noyabr Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida 57-oʻrinni egallagan.

Tarjimayi holi Daša 1991-yil 18-aprelda Celje shahrida (Savinjska viloyati) tugʻilgan. Uning otasi sobiq changʻi sportchisi Stanislav Grm. Daša Lyublyana universiteti bitiruvchisi. Yosh figurali uchuvchilar uchun xoreografiya murabbiyi boʻlib ishlaydi.

Faoliyati Daša Grm besh yoshida konkida uchishni boshlagan. 2004-yilning kuzida u oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qildi. Kiyevda boʻlib oʻtgan bosqichda Grm yigirma sakkizinchi oʻrinni egalladi. Grm oʻsmirlar darajasida uch marta jahon chempionatlarida qatnashgan.

Daša Grm 2010—2011-yilgi mavsumda Yevropa chempionatida ilk bor muz maydoniga tushdi. Shuningdek, u Moskvada joylashgan „Megasport“ sport saroyining muz maydonida oʻtkazilgan „kattalar“ oʻrtasidagi jahon chempionatida debyut qilgan. Keyingi mavsumda Daša 2011-yilgi qishki Universiada musobaqalarida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda u Gran-prining Rossiya bosqichida ishtirok etdi va u yerda oʻn ikkinchi oʻrinni egalladi.

Grm oʻzining uzoq yillik faoliyati davomida turli xalqaro turnirlarda koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritgan. U Dragon Trophy (2012, 2016), Skate Helena (2013), Helmut Seibt Memorial (2015) va Ice Challenge turniri (2017) gʻolibi boʻlgan. 2014-yildan 2020-yilgacha ketma-ket yetti marta Sloveniya chempioniga aylangan.

Natijalari MusobaqaXalqaroJahon chempionati28391838362218Yevropa chempionati20273026201720Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup12Challenger. Finlandia Trophy17Challenger. Zagrebning Oltin Konkisi48998Challenger. Mordoviya naqshlari6Challenger. Icechallenge9Challenger. Nebelhorn Trophy14Challenger. Warsaw Cup129Universiada9111310Zagrebning Oltin Konkisi41885Ondrej Nepala Memorial9Nitsa Xalqaro Kubogi12Icechallenge88861Nebelhorn Trophy19Coupe Printemps7Crystal Skate5Cup of Tyrol3Dragon Trophy123143FBMA Trophy3Golden Bear of Zagreb422515Hellmut Seibt Memorial613Challenge Cup2210Merano Cup7MNNT Cup3Prague Ice Cup2Skate Helena1Slovenia Open2Triglav Trophy1059Volvo Open Cup3915Xalqaro (Oʻsmirlar)Jahon chempionati254346Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Belorussiya1716Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Velikobritaniya27Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Vengriya13Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Ruminiya18Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Ukraina28Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Chexiya13MilliySloveniya chempionati2221111111

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:18-aprelda tugʻilganlar