Gerson Rodrigues Correia Leal (talaffuzi: Xerson Rodsiges Korreia Leyal) (1995-yil 20-iyunda tugʻilgan) — lyuksemburglik futbolchi, Ukraina Premer-ligasining „Dinamo Kyiv“ klubi va Lyuksemburg milliy futbol terma jamoasida va Lyuksemburg ligasi klubi boʻlmish „Al-Vehda“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Rodriges UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida oʻynagan va gol urgan birinchi lyuksemburglik futbolchidir.
Klubdagi faoliyati
Yoshlik yillari Gerson Rodrigues oʻzining yoshlikdagi sport faoliyatini Fransiyadagi FC Metz jamoasida boshlagan. Gerson Rodrigues Metzda asosiy jamoa tarkibiga kira olmadi, lekin Lyuksemburgda FC Swift Hesperange, Racing FC Union Luxembourg CS Fola Esch klublari uchun futbol oʻynashni davom ettirdi.
2018-yil 30-yanvarda Rodriges „Sherif Tiraspol“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilning 10-iyulida Gerson Rodrigues UEFA Chempionlar Ligasi saralash bosqichida Kutaisi "Torpedo "siga qarshi oʻyinda debyut qildi. Moldovada „Sherif“ bilan chempionlikni qoʻlga kiritgach, Rodriges 2019-yil 16-yanvarda " Jubilo Ivata " bilan shartnoma imzoladi. Gerson Rodrigues tezda „Jubilo“ning asosiy oʻyinchisiga aylandi va klub safida jami18 ta oʻyinda 7 ta gol urdi.
Dinamo Kyiv
2019—2020-yilgi mavsum 2019-yilning 2-avgustida Rodriges Kyivning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yilning 31-yanvarida Rodriges mavsumning qolgan qismi uchun Turkiya Superligasi aʼzosi Anqaragyuju jamoasiga ijaraga oʻtdi. Rodriges va jamoadoshi Ante Kulushich 2020-yil iyul oyida ushbu jamoa safida mashgʻulotlarda ishtirok etishgan. Ammo Gerson Rodrigues „Galatasaroy“ jamoasiga qarshi oʻyin uchun Dinamo tarkibidan chetlatildi va keyinchalik uning ijarasi tugatildi. Anqaraguju jamoasi safida Rodriges 11 liga oʻyinida 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
2020—2021-yilgi mavsum 2020-yil 25-avgust kuni boʻlib oʻtgan Ukraina Superkubogida Rodriges raqib „Shaxtyor“ jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi. 15-sentabr kuni UEFA Chempionlar ligasining 3-saralash bosqichida Gollandiyaning „AZ Alkmaar“ klubiga qarshi oʻyinda uning jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻsha oʻyinda Rodriges hisobni ochdi. Rodriges pley-off bosqichida Belgiyaning „Gent“ klubiga qarshi oʻyinda penaltidan gol urdi. Uning jamoasi umumiy hisobda 5:1 hisobida gʻalaba qozondi va turninning guruh bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Rodriges 20-oktyabr kuni Italiya peshqadami „Yuventus“ klubiga qarshi klubning guruh bosqichidagi birinchi oʻyinida maydonga tushdi va shu tariqa Chempionlar ligasi guruh bosqichida oʻynagan ilk lyuksemburglik futbolchiga aylandi.
Rodriges 2020—2021-yilgi mavsumda Ukraina Premer-ligasi va Ukraina kubogida qoʻsh chempionlikni qoʻlga kiritgan „Dinamo Kyiv“ jamoasining muhim aʼzosi edi.
2021—2022-yilgi mavsum 2021-yil 31-avgustda Rodriges Liga 1ning yangi jamoasi „Troyes“ga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. Klub mavsum oxirida shartnomani doimiy qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
2022-yil 7-mart kuni FIFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan xorijlik futbolchilarning Ukrainadagi barcha shartnomalari 2022-yilning 30-iyuniga qadar toʻxtatilganini va shu kungacha Ukrainadan tashqaridagi klublar bilan shartnoma imzolashiga ruxsat berilganini eʼlon qildi. 2022-yil 30-mart kuni Rodriges Turkiyaning Eyüpspor klubi bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar yuqoridagi yangi qoidadan foydalangan holda shartnoma imzoladi.
Xalqaro maydonda Rodriges 2017-yilda Lyuksemburg terma jamoasi safida debyut qilgan. 2019-yil 21-mart kuni Gerson Rodrigues milliy terma jamoa safida birinchi golini Litva milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda urgan. Oʻsha oʻyinda Lyuksemburg terma jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2021-yilning 27-martida Rodriges 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Irlandiyaga qarshi oʻyinda (1:0) mashhur gʻalaba keltrigan yagona golni kiritdi. Uch kundan soʻng, Rodriges Lyuksemburg terma jamoasi safida oʻzining tugʻilgan mamlakati Yevropa chempioni Portugaliya terma jamaosiga qarshi oʻyinda hisobni ochgan golini urdi, ammo uning jamoasi yakunda 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaMilliy kubokMintaqaviyBoshqaJamiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSwift Hesperange2012-13Ehrenpromotion21———212013-14BGL Ligasi10010——110Jami12110——131Union 05 Kayl-Tétange2014-15Ehrenpromotion224———224Racing FC2015-16BGL Ligasi23330——263Fola Esch2016-172095420—2713Telstar2017-18Eerste Divisie12310——133Sheriff Tiraspol2018Moldava Milliy Divisioni2282070—318Jubilo Iwata2019J1 Ligasi15532——187Dynamo Kyiv2019-20Ukraina Premier Ligasi820040001222020-2122430122113872021-2230———30Jami3363016211539Ankaragücü (ijara asosida)2019-20Süper Lig11600——116Troyes (ijara asosida)2021-22Ligasi 112100——121Eyüpspor (ijara asosida)2021-221.Lig5300——53Career total187491862521123158
Xalqaro maydonda
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol Lyuksemburg 2017-yil 9 0 2018 5 0 2019 10 3 2020 7 2 2021-yil 11 5 2022 8 4 Jami 49 14
+Gerson Rodriges tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Tartib raqam Oʻyin oʻtkazilgan sana Oʻyin oʻtkazilgan joy Raqib terma jamaosi Hisob Natija Musobaqa 1. 2019-yil 21-mart Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri, 2 — 1 2-1 UEFA Evro saralashi 2. 2019-yil 7-iyun LFF stadioni, Vilnyus, Litva 1 — 0 1-1 3. 2019-yil 14-noyabr „Red Star“ stadioni, Belgrad, Serbiya 1 — 2 2-3 4. 2020-yil 5-sentyabr Boku Olimpiya stadioni, Boku, Ozarbayjon 2 — 1 2-1 2020-2021 UEFA Millatlar ligasi C guruhi 5. 2020-yil 7-oktyabr Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri 1 — 2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi 6. 2021-yil 27-mart Aviva stadioni, Dublin, Irlandiya Respublikasi 1 — 0 1-0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 7. 2021-yil 30-mart Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri 1 — 0 1-3 8. 2021-yil 1-sentyabr Stade de Luxembourg, Lyuksemburg shahri 2 — 0 2-1 9. 2021-yil 11-noyabr Boku Olimpiya stadioni, Boku, Ozarbayjon 1 — 0 3-1 10. 3 — 1 11. 2022-yil 7-iyun Torsvollur, Torshavn, Farer orollari 1 — 0 1-0 2022-23 UEFA Millatlar ligasi C guruhi 12. 2022-yil 14-iyun Stade de Lyuksemburg, 1 — 0 2-2 13. 2022-yil 22-sentyabr Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya 3 — 2 3-3 14. 2022-yil 25-sentyabr Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri 1 — 0 1-0
Yutuqlari Sherif Tiraspol
Milliy divizion: 2018-yil
Dinamo Kyiv
Ukraina Premer-ligasi: 2020-2021 Ukraina kubogi: 2020-2021 Ukraina Superkubogi: 2019, 2020
Manbalar
Havolalar
Gerson Rodrigues at J.Ligasi (in Japanese) Gerson Rodrigues at Soccerway Gerson Rodrigues at UAF and archived FFU page (in Ukrainian) Eslatmalar
Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Lyuksemburglik erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar