Mario Tokić ()(1975-yil 23-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq futbolchi. Xalqaro maydonda Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Oxirgi marta „Lokomotiva“ klubiga murabbiylik qilgan.
Tokić 2010/11-yilgi mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlanganligini eʼlon qilgan.
Klubdagi faoliyati Mario Tokić professional futbolchilik faoliyatini 1992-yilda NK Rijeka jamosida boshlagan. Olti yildan soʻng, 1998-yilda u Zagrebning „Dinamo“ kluiga oʻtgan. 2001-yilda u Avstriyaning „Grazer AK“ jamoasi tarkibiga borib qoʻshilgan, Tokić Grazerliklar tarkibida 2005-yilgacha oʻynagan. Grazer AK tarkibida oʻynab yurgan paytlarida chempionlar ligasi saralashida „Liverpool“ ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Oʻyinda Angliya futbol klubi vakilalri 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. Tokić jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan. Keyinchalik Austria Wien klubiga oʻtgan. 2006/07-yilgi mavsum oxirida Tokić yangi mavsumda Austria Wienning ashaddiy raqibi Rapid jamoasiga oʻtishini eʼlon qilgan. 2009-yilning avgustida, Rapid bilan ikki mavsumdan soʻng, klub Tokić bilan shartnoma bekor qilinganini eʼlon qilgan.
Tokić Xorvatiya terma jamoasi tarkibida Yevro-2004 va JCh-2006da ishtirok etgan, biroq har ikkala turnirda ham maydonga tushmagan.
Murabbiylik faoliyati 2016-yilning 6-iyulida Valentin Barishich isteʼfoga chiqarilganidan soʻng Tokić „NK Lokomotiva“ bosh murabbiyi etib tayinlangan.
2016-yil dekabr oyida Tokić „Lokomotiv“ klubi bosh murabbiyligi boʻyicha shartnomasi uzaytirilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi Klubdagi faoliyatiLigaKubokLiga KubogiQitʼaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolXorvatiyaLigaXorvatiya KubogiSuper KubokYevropaJami1992—1993HNK RijekaPrva HNL6000 - -601993—199416040 - -2001994—199526140 - -3011995—199634151 - -3921996—199727320 - -2931997—199825010 - -2601998—1999Dinamo ZagrebPrva HNL30010803901999—200025180603912000—2001904010140AvstriyaLigaÖFB KubokSuper KubokYevropaJami2001—2002Grazer AKAvstriya Bundesligasi30040313712002—20033404010714212003—200435440 - -404242004—200534030101014812005—2006Austria WienAvstriya Bundesligasi29210 - -403422006—200731040 - -604102007—2008Rapid WienAvstriya Bundesligasi22100 - -502712008—2009210201020260XorvatiyaLigaXorvatiya KubogiSuper KubokYevropaJami2009—2010NK ZagrebPrva HNL12000 - -1202010—201125030 - -280DavlatlarXorvatiya2353191001502703Avstriya24672203041331212Jami481104112056358114
Xalqaro oʻyinlari Xorvatiya terma jamoasi YilOʻyin Gol 1998-yil 2 0 1999-yil 2 0 2000-yil 0 0 2001-yil 2 0 2002-yil 3 0 2003-yil 1 0 2004-yil 7 0 2005-yil 5 0 2006-yil 7 0 Jami 28 0
Yutuqlari
Dinamo Zagreb
— Prva HNL : 1998—1999, 1999—2000
— Xorvatiya kubogi : 2001-yil
Grazer AK
— Avstriya Bundesligasi : 2003—2004
— ÖFB kubogi : 2002, 2004
— Avstriya Superkubogi : 2002-yil
Avstriya Wien
— Avstriya Bundesligasi : 2005—2006
— ÖFB kubogi : 2006, 2007
Rapid Wien
— Avstriya Bundesligasi : 2007—2008
— Avstriya Superkubogi : 2008-yil
— UEFA Intertoto kubogi : 2007-yil
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar