Jérémy Doku (talaffuzi: Jeremiy Doku), (2002-yil 27-mayda tugʻilgan) – belgiyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi „Renn“ va Belgiya milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Anderlecht Doku yoshligida Antverpenda KVC Olympic Deurne va Tubantia Borgerhout uchun futbol oʻynay boshladi, keyin Beerschot uchun oʻynadi. Keyinchalik, Jérémy Doku 2012-yilda 10 yoshida RSC Anderlextga koʻchib oʻtdi. Jérémy Doku 2018-yilning 25-noyabrida, 16 yoshida, „Anderlext“ bilan Belgiya birinchi divizioni „Sint-Truiden“ga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qilgan

Rennes 2020-yil 5-oktyabrda Doku „Rennes“ klubi bilan besh yilga, bonuslardan tashqari 26 million yevro evaziga shartnoma tuzdi.

Xalqaro martaba Doku Belgiyada tugʻilgan va ganalik. Doku 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Belgiya U17 milliy futbol terma jamoasini himoya qildi.

Jérémy Doku Belgiya milliy futbol terma jamoasidagi ilk oʻyinini 2020-yilning 5-sentyabrida UEFA Millatlar ligasida Daniyaga qarshi oʻtkazdi. Uch kundan soʻng, Jérémy Doku Belgiya terma jamoasi uchun Islandiyaga qarshi oʻyinda (5:1) oʻzining birinchi golini kiritdi.

2021-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan UEFA Yevro-2020 musobaqasida Doku Belgiya milliy futbol terma jamoasining Daniyaga qarshi guruh bosqichidagi oʻyinida oʻrinbosarlardan biri boʻlgan va Finlandiyaga qarshi keyingi oʻyinda asosiy tarkibga kiritilgan. Belgiyaning Italiyaga qarshi chorak finaldagi magʻlubiyati uchun Jérémy Doku yana 11 talik asosiy jamoa tarkibidan joy oldi.

Faoliyat statistikasi

Klubdagi natijalari

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa kubogi Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Anderlext 2018-19 Belgiya Pro ligasi 6 0 0 0 0 0 6 0 2019-20 Belgiya Pro ligasi 21 3 3 1 — 24 4 2020-21 Belgiya Pro ligasi 7 2 — — 7 2 Jami 34 5 3 1 0 0 37 6 Renn 2020-21 Liga 1 30 2 1 0 6 0 37 2 2021-22 Liga 1 14 1 1 1 3 0 18 2 2022-23 Liga 1 7 0 0 0 1 0 8 0 Jami 51 2 2 1 10 0 63 4 Jami faoliyati 85 7 5 2 10 0 100 10

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollari Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Belgiya 2020 5 1 2021 5 1 Jami 10 2

Xalqaro darajadagi gollari

+Jéremy Doku tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Raq. Sana Oʻyin oʻtkazilgan joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Man. 1 2020-yil 8-sentyabr King Boduin stadioni, Bryussel, Belgiya 5 – 1 5-1 2020-21 UEFA Millatlar ligasi A 2 2021-yil 30-mart Den Dreef, Leuven, Belgiya 4 – 0 8-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar

Havolalar

Profile Manchester City F. C. saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:RSC Anderlecht futbolchilari Turkum:Stade Rennais FC futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Belgiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar