Omar Hawsawi (talaffuzi: Umar Havsaviy) (arab:ʿmr hwsạwy; 1985-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Saudiya Arabistoni futbolchisi, hozirda „Al-Ittihod“ jamoasida oʻynaydi. Shuningdek, u Saudiya Arabistoni terma jamoasi sharafini himoya qilgan va 2013—2019-yillarda 53 ta oʻyin oʻtkazgan. U 2018-yilgi Jahon chempionati va 2015 va 2019-yillardagi Osiyo kubogi musobaqalarida ham ishtirok etgan.
Professional faoliyati Hawsawi dastlab Al-Shabab jamoasining yoshlar tarkibining bir qismi boʻlgan, ammo u asosiy jamoada debyutini oʻtkazmasdanoq jamoa yoshlar klubidan ketgan. „Ash-Shabob“ klubidan ketganidan soʻng Hawsawi „Al-Vashm“ jamoasiga qoʻshildi. U undan keyingi jamoasi hisoblangan Al-Shoulla jamoasiga qoʻshilishdan oldin Al-Vashm jamoasi safida bir yil oʻynadi.
Al-Shoulla Uning Al-Shoula jamaosi safidagi ilk oʻyini „Al-Faysaliy“ jamoasiga qarshi boʻlgan. Biroq ush jamoa safida ham bir yil oʻynaganidan soʻng u ketdi. U ishbu jamoa safidagi soʻnggi oʻyinini „Al-Jeel“ klubiga qarshi oʻtkazdi.
Al-Nassr 2010-yil 13-oktabrda Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2011-yil qishgi transferlar asosida klubga qoʻshildi. U 2011-yil 24-fevralda „Al-Faysaliy“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:2) asosiy jamoa safida oʻzining ilk debyutini qilgan. 2013−2014-yilgi mavsumda u 22 ta oʻyinda maydonga tushib, „Al-Nassr“ jamoasiga Saudiya Arabistoni ligasi va Valiahd shahzoda kubogini yutishda yordam berdi. 2014-yilning 15-yanvarida Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi bilan shartnomasini 4-yilga uzaytirdi. 2014−2015-yilgi mavsumda u ushbu jamoa bilan yana Saudiya Arabistoni Ligasini yutgan. 2017-yilning 4-aprelida „Al-Nassr“ klubi himoyachi Omar Hawsawining tibbiy koʻriklari chorak finalda „Al-Hilol“jamoasiga qarshi oʻyindan soʻng tizzasidan yengil jarohat olgani va besh kun dam olish va davolanishga muhtojligini eʼlon qildi. 2018-yilning 28-yanvarida Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi bilan shartnomasini yana bir bor yangiladi. 2018—2019-yilgi mavsumda Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi sardori boʻldi, 4 yil ichida birinchi bor oʻz sardorligidagi jamoasini liga chempioni qildi (Saudiya Arabistoni Ligasining 8-chempioni).
Xalqaro maydonda 2018-yilning may oyida u Saudiya Arabistonining 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibidan joy oldi . 2019-yil 3-oktabr kuni Omar Hawsawi oʻzining rasmiy Twitter sahifasi orqali xalqaro miqyosda nafaqaga chiqishini eʼlon qildi. U Saudiya Arabistoni terma jamoasi sharafini 3 ta yirik turnirda, 2015 va 2019-yilgi OFK Osiyo kuboglari va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida himoya qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaQirollik kubogiValiahd shaxzoda kubogiOsiyo oʻyinlariBoshqalarJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAl-Nassr2010-11Pro Liga81101060—1612011-12Pro Liga1321020——1622012-13Pro Liga1512030—202212013-14Pro Liga2231040——2732014-15Pro Liga242403160103832015-16Pro Liga231402050103512016-17Pro Liga2313040——3012017-18Pro Liga22020——302702018-19Pro Liga13020—112302922019-20Pro Liga7020—1000100Jami1701122019129210025014Al-Ittihad2020-21Pro Liga17000——20190Faoliyat jami1871122019129212026914
Xalqaro oʻyinlari
2019-yil 10-sentabrda holatiga koʻra
Saudiya Arabistoni terma jamoasi Yil Oʻyinlar Gollar 2013 1 0 2014 11 1 2015 7 0 2016 8 1 2017 12 0 2018 12 1 2019 2 0 Jami 53 3
Xalqaro gollari
Gollar va natijalar ustunida birinchi oʻrinda Saudiya Arabistoni terma jamoasining gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
# Sana Joy Raqib terma jamoa Hisob Natija Musobaqa 1. 2014-yil 14-oktyabr Qirol Abdulla sport shahri, Jidda 1 — 0 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 2016-yil 15-noyabr Saitama stadioni 2002, Saitama 1 — 2 1-2 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 3. 2018-yil 26-fevral Qirol Abdulla sport shahri, Jidda 1 — 0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Yutuqlari Al-Nassr
Saudiya Arabistoni Professional Ligasi: 2013-2014, 2014-2015, 2018-2019 Saudiya Valiahd shahzodasi kubogi: 2013-2014 Saudiya Superkubogi: 2019
Manbalar
Eslatmalar
Havolalar
asia.eurosport.com profili Omar Hawsawi slstat.com profili saytida
Turkum:Saudiya Arabistonilik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar