thumb| Sabzi solingan plastik qopda oʻzgartirilgan atmosferani sinab koʻrish
Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash — bu oziq-ovqat mahsulotlari uchun maxsus ishlab chiqilgan qadoqlash tizimi bo‘lib, oziq-ovqat sanoatidagi eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. U mahsulotlarni kimyoviy, biologik va fizik o‘zgarishlardan himoya qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashning asosiy maqsadi iste’molchilar va sanoat tarmoqlarining ehtiyojlari va umidlarini qondirgan holda oziq-ovqat mahsulotlarini himoyalash va yetkazib berishning qulay usulini maqbul narxda ta’minlashdir. Bundan tashqari, qadoqlash tizimini loyihalashda barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, saqlash muddatini uzaytirish kabi dolzarb tendensiyalar asta-sekin eng muhim jihatlardan biriga aylandi.
Tarixi Tosh davridan to sanoat inqilobigacha bo‘lgan davrda oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash texnologiyasi va uning qo‘llanilishida katta o‘zgarishlar yuz berdi:
Miloddan avvalgi 7000-yillar: miloddan avvalgi 1500-yillardagi sanoatlashgan kulolchilik va shisha ishlab chiqarishda qadoqlash yoʻlga qoʻyildi.
1700-yillar: Tunuka list ishlab chiqarish birinchi marta Angliyada (1699-yilda) va Fransiyada (1720-yilda) yo‘lga qo‘yildi. Keyinchalik, Gollandiya harbiy-dengiz floti oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash muddatini uzaytirish maqsadida shunday qadoqdan foydalanishni boshlaydi.
1804-yil: Nicolas Appert fransuz armiyasi uchun oziq-ovqatning saqlanish muddatini uzaytirish bo‘yicha so‘rovlarga javoban, oziq-ovqatga issiqlik bilan ishlov berish usulini qo‘llagan holda shisha idishlardan foydalangan. Bu sohada shisha idishlar o‘rnini keyinchalik metall bankalar egalladi. Biroq, oziq-ovqat qadoqlash uchun tunuka listlardan foydalanishni birinchi bo‘lib kim joriy etganligi haqidagi bahs-munozaralar hamon davom etmoqda.
1870-yil: Qogʻoz kartondan foydalanish yoʻlga qoʻyildi va gofrirovka qilingan materiallar patentlandi.
1880-yillar: Quaker Oats kompaniyasi tomonidan birinchi marta yigʻiladigan qutida don mahsuloti qadoqlangan.
1890-yillar: William Painter tomonidan shisha butilkalar uchun qopqoq patentlangan.
1960-yillar: Qoʻshma Shtatlarda ikki qismli metall konservalar, konserva bankasini ochuvchi halqali ochqich va Tetra Brik Aseptic karton qadogʻi ishlab chiqildi.
1970-yillar: Chakana savdo va ishlab chiqarish sanoatida shtrix-kod tizimi joriy etildi. Ichimlik sanoatida keng qoʻllanadigan PET plastik butilkalar texnologiyasi joriy etildi.
1990-yillar: Oziq-ovqatlarni qadoqlashda raqamli chop etish texnologiyasini qoʻllash keng qoʻllanila boshlandi.
Garchi uni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan materiallar (sellyuloza nitrat, stirol va vinil xlorid kabi) 1800-yillarda kashf etilgan bo‘lsa-da, plastik qadoqlash birinchi marta Ikkinchi jahon urushi davrida qo‘llanilgan.
Funksiyalari Qadoqlash va qadoq etiketkasi bir nechta vazifalarni bajaradi:
jismoniy himoya; tashqi muhitdan himoya; alohida saqlash yoki birlashtirish; maʼlumot berish; marketing. xavfsizlik; qulaylik; porsiya nazorati.
Turlari Qadoqlash dizayni turli xil qadoq va idishlarning vazifasiga, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va ularning xususiyatlariga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin, masalan: Qadoqlash Turi Oziq-ovqatlar Materiallar Aseptik qadoqlash Asosiy Suyuq butun tuxumlar yoki sut mahsulotlari Polimerlar, koʻp qatlamli qadoqlash Patnislar Asosiy Baliq, goʻsht, mevalar, sabzavotlar, shirinliklar va yarimfabrikat oziq-ovqatlarning porsiyasi Polimerlar, kartonlar, biopolimerlar Paketlar Asosiy Kartoshka chipslari, olmalar, quritilgan mevalar, guruch, gazaklar Metalllashtirilgan polimerlar, polimerlar, koʻp qatlamli qadoqlash Konserva bankalari Asosiy Pomidor shoʻrvasi, loviya, qizil ikra, tunets baligʻi va qisqichbaqalar konservasi Alyuminiy, qalay, zanglamaydigan poʻlat Kartonlar Asosiy Tuxum, sut va meva sharbatlari karton qutilari Koʻp qatlamli qadoqlash, qoplama qog‘oz Moslashuvchan qadoqlar Asosiy Qadoqlangan salat, kartoshka chipslari, shirinliklar va konfetlar Polimer, biopolimer Qutilar Ikkilamchi Yorma kartonlari, muzlatilgan pitsalar qutilari Kartonlar Yuk qutilari Uchlamchi Ishlab chiqarish zavodidan tarqatish markaziga tashish uchun ishlatiladigan bitta yuk tashuvchi qurilmadagi bir nechta qutilar Gofrokarton, yogʻoch yuk qutilari Oʻramlar Uchlamchi Yuk tashuvchi qurilmadagi qutilarni oʻrash uchun ishlatiladi Polimer, koʻp qatlamli qadoqlash Deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari qandaydir koʻrinishda qadoqlanganligi sababli, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash ham asosiy, ham keng tarqalgan amaliyotdir. Bundan tashqari, u brendlarni yaratish va standartlashtirish imkoniyatini berish orqali sezilarli reklama, keng tarqatish va ommaviy savdoni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Shu sababli, qadoqlashning turli xillari (yoki darajalari) o‘rtasidagi farqni aniqlab olish zarur.
Birlamchi qadoqlash Birlamchi qadoqlash oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlib, ular uchun ideal muhitni yaratadi va tashqi oʻzgarishlardan himoya qiladi. Bundan tashqari, chakana qadoqlash yoki birlamchi qadoqlash oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashning marketing jihatlari uchun javobgardir. Odatda, birlamchi darajada ishlatiladigan qadoqlash materiallari karton qutilar, plastik patnislar, shisha butilkalar va koʻp qatlamli tuzilmani (Tetra Pak) oʻz ichiga oladi.
Ikkilamchi qadoqlash Ikkilamchi qadoqlash odatda gofrokartondan tayyorlangan bir qutiga bir nechta paketlarni solishni oʻz ichiga oladi. Shunday qilib, ikkilamchi qadoq asosiy paketlar uchun tarqatuvchi, tashuvchi sifatida xizmat qilib, tashishni osonlashtiradi. Ba’zan u chakana savdo do‘konlari yoki supermarketlarda asosiy tovarlarni ko‘rsatish uchun yordamchi vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Uchlamchi qadoqlash Uchlamchi qadoqlash deb nomlanuvchi eng tashqi oʻram birlamchi va ikkilamchi oʻramlarni xavfsiz tarzda tashish, saqlash va tarqatishni osonlashtiradi, bu esa mahsulotni qoʻshimcha himoya qilishni taʼminlaydi va katta miqdordagi materiallarni oson tashish imkonini ham yaratadi.
Galereya
Manbalar
Havolalar
Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun poli(gidroksialkanoatlar) Turkum:Oziq-ovqat sanoati