Felix Bastians (; 1988-yil 9-mayda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Rot-Weiss Essen jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati Bastians faoliyatini SG Wattenscheid 09da boshlagan. VfL Bochum jamoasida ham oʻynagan. Keyinchalik Borussia Dortmundga oʻtgan. 2003-yilning noyabrida 15 yoshida Angliyaning „Nottinham Forest“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Angliya Faoliyatining dastlabki bosqichlarida ham Bastians yarim himoyachi sifatida oʻynagan, har doim burchak toʻplarini amalga oshirgan. Forest xoʻjayini Colin Calderwood uni kelajakdagi isteʼdod va allaqachon klub uchun katta boylik deb atagandi. 2005-yilning noyabrida Futbol ligasi kubogida Forestning Wokingga qarshi oʻyinda bitta golga assistentlik qildi, jamoasi 3:2 hisobida magʻlub boʻldi.
2006-yilning noyabr oyida „Nottinham Forest“dan ijara asosida „Northwich Victoria“ga oʻtdi va toʻrtta oʻyinda bittadan gol urdi. Keyin2006—2007-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Gillingham“ga oʻynadi. 2007-yilning 24-martida „Carlisle United“ga qarshi oʻyinda „Gillinham“ safida debyut qildi. 2007-yilning 7-aprelida jamoasi „Rotherham United“ga safarda 3:2 hisobida magʻlub boʻlganida ilk golini kiritdi.
2007-yilning oktyabr oyida Chesterfildga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. Klubda oʻn uchta oʻyinda bitta gol urdi. Ijara muddati 2008-yil 2-yanvarda tugadi. Bastians ikki kundan keyin bir oylik ijaraga Notts Countyga oʻtdi. 2008-yilning 14-fevralida ikkinchi liganing boshqa bir klubi MK Donsga yana bir oylik ijara asosida qoʻshildi.
Bastians 33 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urib, Forestdagi faoliyatini yakunladi. Gary Mills va Craig Westcarrdan keyin Forestda oʻynagan uchinchi eng yosh futbolchi boʻldi
Young Boys Bern Bastians 2008-yilda Shveysariya Superligasi vakili „BSC Young Boys“ga oʻtdi. 2008-yil 10-avgustda yangi jamoasidagi birinchi golini Neuchâtel Xamaxga qarshi urdi.
SC Freiburg „Young Boys Bern“ bilan bir yil oʻtgach, 2009-yilning 7-iyulida „Freiburg“ ga oʻtdi. „Freiburg“da Bastians pozitsiyasini yarim himoyachidan himoyachiga almashtirdi, asosan Pavel Krmaš bilan birga markaziy himoyachi sifatida foydalanildi.
Hertga BSC 2012-yilning 28-yanvarida Bastians 2016-yilning yozigacha „Hertha“ klubiga oʻtdi.
VfL Bochum 2013-yil iyun oyida „Bochum“ga ijaraga berildi. Keyin Bastians Hertha Berlinga qaytdi. 2014-yil 9-oktyabrda erkin agent boʻldi. 2014-yil 17-noyabrda VfL Bochum 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab Bastians bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati Bastians Germaniyani U18, U19 va U21 xalqaro miqyosda himoya qilgan
Faoliyat statistikasi
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarNottingham Forest2005—2006Liga 111010101302006—2007Liga 12000—202007—2008Liga 110002030Jami1401030180Northwich Victoria (ijara)2006—2007Conference National4110—51Halifax Town (ijara)2006—2007Conference National940010104Gillingham (ijara)2006—2007Liga 15100—51Chesterfield (ijara)2007—2008Liga 212110—131Notts County (ijara)2007—2008Liga 25000—50Milton Keynes Dons (ijara)2007—2008Liga 20000—00Young Boys Bern2008—2009Shveysariya Superligasi2124040292SC Freiburg2009—2010Bundesliga34120—3612010—2011Bundesliga29020—3102011—2012Bundesliga16010—170Jami79150—841Hertha BSC2011—2012Bundesliga13010101502012—20132. Bundesliga11010—120Jami2402010270Hertha BSC II2012—2013Regionalliga Nordost20——20VfL Bochum (ijara)2013—20142. Bundesliga13000—130VfL Bochum2013—20142. Bundesliga15000—1502015—20162. Bundesliga31240—3522016—20172. Bundesliga30310—3132017—20182. Bundesliga16420—184Jami105970—1129Tianjin TEDA2018Xitoy Superligasi29120—3112019Xitoy Superligasi14020—1602020Xitoy Superligasi14100—141Jami57240—612Waasland-Beveren2020—2021Belgian First Division A901010110Rot-Weiss Essen2021—2022Regionalliga West27300—273Jami faoliyati3712426010040724
Terma jamoada +YilTerma jamoaIshtirok Gollar2006Germaniya U18622007Germaniya U19302009—2010Germaniya U2190
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar