Topiboldi Xoldorov (1942—2021-yillar) — Oʻzbekiston davlat arbobi, senator.
1942-yil 1-fevralda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Samarqand kooperativ texnikumini (1961-yil) va Samarqand kooperativ institutini (1973-yil, iqtisodiyot fakultetini) tamomlagan.
Fargʻona viloyatida matbaa va savdo sohasida turli lavozimlarda ishlagan.
2000—2009-yillarda Fargʻona tumani raisi, 2009—2020-yillarda „Nuroniy“ jamgʻarmasi Fargʻona viloyati boʻlimi raisi.
2020-yildan Fargʻona viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
2016-yilda „Mehnat Shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.
2020-yil 17-yanvardan Oliy Majlis Senati aʼzosi. Xotin-qizlar va gender tengligi qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
2021-yil 22-avgust kuni ertalab Toshkent shahridagi kasalxonada (oʻtkir yurak va buyrak yetishmovchiligi) vafot etgan. Fargʻona viloyati Yoshlarobod qishlogʻining „Tinchlik“ mahallasida dafn etilgan.
Manbalar
https://www.gazeta.uz/ru/2021/08/22/senator/ https://news.mail.ru/society/47619380/ https://kun.uz/ru/news/2021/08/23/umer-senator-topiboldi-xoldarov
Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:22-avgustda vafot etganlar Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:1-fevralda tugʻilganlar