Antiliya — Hindistonning Mumbay shahridagi milliarderlar dahasidagi xususiy qarorgoh Atlantika okeanidagi afsonaviy Antilia oroli sharafiga nomlangan. Bino hindistonlik milliarder Mukesh Ambani va uning oilasiga qarashli boʻlib, ular bu yerga 2011-yilda koʻchib kelishgan. Osmonoʻpar bino dunyodagi eng katta va eng zamonaviy xususiy uylardan biri boʻlib, 27 qavatdan iborat. Balandligi , maydoni esa ga teng. Uchta vertolyot maydonchasi, 168 avtomobilga moʻljallangan garaj, ball zali, 9 ta tezyurar lift, 50 oʻrinli teatr, terasli bogʻlar, basseyn, kurort, sogʻliqni saqlash markazi, ibodatxona va qor xonasi kabi qulayliklarga ega. Binoda 600 nafar doimiy xizmatchilar ishlaydi.

Antiliyaning meʼmoriy dizayni lotus va quyosh chizigʻiga hamohang qilib yaratilgan. Binoning yuqori olti qavati xususiy toʻliq qavatli turar-joy maydoni sifatida ajratilgan. Shuningdek, u 8 balli zilzilaga bardosh bera oladigan qilib qurilgan.

2014-yil holatiga koʻra, bino dunyodagi eng qimmat shaxsiy turar joy majmuasi edi. Reliance Industries maʼlumotlariga koʻra uning qurilishiga taxminan 50-70 mln. dollar sarflangan. OAV xabariga koʻra Mumbayda yer narxining oshishi sababli bino narxi 1-2 mlrd. AQSh dollariga baxolangan.

Maydoni

thumb|280px|Antilia binosi oʻzi joylashgan hududdagi eng katta binodir. Bino qurilishidan avval bu yerda maydoni boʻlgan, Vakf kengashi tomonidan boshqariladigan xayriya tashkilotiga tegishli „Currimbhoy Ibrohim Khoja Yateemkhana“ nomli bolalar uyi joylashgan edi. Bolalar uyiga 1895-yilda Currimbhoy Ebrahim asos solgan. 2002-yilda fond bu yerni sotish uchun ruxsat soʻradi va xayriya komissari uch oydan keyin kerakli ruxsatni berdi. Xayriya fondi kam taʼminlangan bolalarini oʻqitish uchun ajratilgan yerni 2002-yil iyul oyida Mukesh Ambani nazoratidagi „Antilia Commercial Private Limited“ tijorat tashkilotiga ₹) 2.6 mln. AQSh dollariga sotdi. Oʻsha paytdagi yerning bozor qiymati kamida 19 mln. dollar ₹trln) edi

Ushbu yerni sotish „Vaqf toʻgʻrisidagi qonun“ning 51-bandiga koʻra mumkin emas edi, bu esa har qanday bunday yer sotish jaroyoni Maxarashtra shtati vaqflar kengashi ruxsatidan keyingina amalga oshirilishini talab qilardi. Vaqf vaziri Navob Malik va Maxarashtra hukumatining soliq departamenti bu yerni sotilishiga qarshi chiqdi. Shunday qilib, yerni sotish jarayonini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqarildi. Vaqf kengashi ham dastlab kelishuvga qarshi chiqdi va ushbu qaroriga eʼtiroz bildirish uchun Oliy sudga ariza berdi. Oliy sud arizani rad etar ekan, Vaqf kengashidan Bombay Oliy sudiga murojaat qilishni soʻradi. Biroq, Vaqf kengashi oʻz eʼtirozini qaytarib olganidan soʻng, shartnoma oʻz kuchida qoldi.

2011-yil iyun oyida Ittifoq hukumati Maxarashtra hukumatidan ushbu ishni Markaziy Tergov Byurosiga topshirish masalasini koʻrib chiqishni soʻradi. Oʻn yil oʻtgach, Abdul Matin tomonidan bolalar uyi va xayriya komissarining bergan ruxsatiga qarshi daʼvo arizasi bergan. 2018-yilda ish sudning maxsus hay’ati tomonidan koʻrib chiqilgan.

Dizayn va qurilish link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e9/Ambani_Family_at_reception_of_Deepika_and_Ranveer_2018.jpg/220px-Ambani_Family_at_reception_of_Deepika_and_Ranveer_2018.jpg|thumb| Osiyoning eng badavlat oilasi boʻlmish Ambanilar oilasi. Bino AQShning ikkita arxitektura firmasi Chikagoda joylashgan Perkins & Will va Los-Anjelesda joylashgan Hirsch Bedner Associates tomonidan loyihalashtirilgan. Ushbu dizaynerlar tomonidan loyihalangan Nyu-Yorkdagi Mandarin Oriental mehmonxonasidagi zamonaviy Osiyo interyerlari Nita Dalal Ambanida katta taassurot qoldirgach, u dizaynerlar bilan maslahatlashadi.

Qurilish rejasi 2003-yilda Brixanmumbay munitsipal korporatsiyasi tomonidan tasdiqlangan. Qurilish ishlari 2006-yilda Leighton Asia kompaniyasi tomonidan boshlangan va BE Billimoria & Company Ltd tomonidan yakunlangan. Bino qurilishi davom etar ekan, meʼmorlar qavat rejalari va dizayn konsepsiyalarini oʻzgartirib bordilar. Binoning shiftlari juda baland qilib qurilgan va bino 27 qavatdan iborat. (60 qavatli oddiy bino bilan teng boʻlishi mumkin). Bino 8 balli zilzilaga bardosh bera oladi. Baʼzilar uni bir oila yashaydigan dunyodagi eng baland yakka tartibdagi uy-joy deb bilishadi, ammo boshqalar esa Antiliyani buni rad etadilar, chunki bino 600 kishi yashashi uchun moʻljallangan.

Interyer dizaynida lotus va quyosh shakllaridan foydalanilgan. Bu ikki xususiyat holda bino boʻylab takrorlanadi va unda kristallar, marmar va marvariddan foydalanilgan. Biroq, har bir qavatda turli xil materiallar yoki rejalash usullari ishlatilgan boʻlib, dizayn gʻoyasi ketme-ketlikda davom etadi, lekin bir-birini takrorlamaydi.

Binoda bitta vertolyot maydonchasi mavjud, ammo u hozir ishlamayapti. Vertolyot maydonchalari Fuqarolik aviatsiyasi Bosh direktori (DGCA) tomonidan foydalishga yaroqlilik sertifikatiga ega boʻlishi kerak va hozircha markaziy mudofaa vazirligi va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirliklarining ruxsatini olinmagan.

2010-yilning noyabr oyida Ambanilar oilasi hovli toʻyi qildilar, biroq Ambani „omadsizlik“dan qoʻrqib (irim-sirim qilib), binoga darhol koʻchib oʻtmadi. 2011-yil iyun oyida 50 ga yaqin taniqli pandit puja marosimini oʻtkazish va binodagi vasta (hindcha: वास्तु शास्त्र, vāstu śāstra — soʻzma-soʻz „arxitektura ilmi“ degan maʼnoda — qadimgi matnlarga asoslangan anʼanaviy hind arxitektura tizimi) masalalarini hal qilish uchun taklif qilindi. Shundan soʻngina Ambanilar 2011-yil sentabr oyida ushbu binoda istiqomat qila boshlashdi left|thumb| Antilia binosining Altamount Road koʻchasidan koʻrinishi.

Narxi va baholanishi Qurilish boshlanishidan oldin yer maydoni va hali qurilmagan uyning qiymati 1,2 milliard AQSh dollaridan oshiqroq deb baholangan. Rejalashtirish jarayonida, uning narxi taxminan 2 milliard AQSh dollarlik dunyodagi eng katta va eng qimmat uy boʻlishi kutilgan edi.

2014-yil holatiga koʻra, bu bina eng qimmat deb topilgan.

Hodisalar 2017-yil 10-iyul kuni toʻqqizinchi qavatda yongʻin sodir boʻldi va u bir necha daqiqada oʻchirildi. Oltita oʻt oʻchirish boʻlinmasi ularga qoʻngʻiroq qilingandan keyin 10 daqiqa ichida binoga yetib keldi. Biroq, yongʻin Antilia xodimlari tomonidan oʻt oʻchirish brigadasi kelguniga qadar, kichik statsionar oʻt oʻchirish tizimlari va oʻt oʻchirish vositalaridan foydalangan holda oʻchirildi. Yongʻinda binoning 4G antennasi va vertikal bogʻning plastik ramkasi yondi.

2021-yil 25-fevralda Antilia yaqinida 20 ta portlovchi jelatin tayoqchalari va Ambanisylar oilasiga yozilgan tahdidli xat boʻlgan mashina topildi. Avtomobil Altamount yoʻli bilan chegaradosh Karmaykl yoʻlidagi binodan taxminan 400 metr narida toʻxtab turgan edi. Antiliadagi xavfsizlik xodimi shubhali avtomobil haqida politsiyaga qoʻngʻiroq qiladi va politsiya bombani aniqlash va yoʻq qilish guruhi bilan birga voqea joyiga yetib keladi. Itlar yordamida portlovchi moddalar aniqlanganidan soʻng, bomba otryadi batareya va detonatorga ega boʻlmagan jelatin tayoqlarini olib tashladi. Tekshiruvni Mumbay jinoyat razvedka boshqarmasi boshligʻi Sachin Vaze olib borgan. Ish Milliy tergov agentligiga (MTA) topshiriladi. MTA Vazening oʻzi bu voqeaga aloqadorligini aniqlab, uni hibsga oladi.

Jamoatchilik qabulxonasi thumb|280px|Antilia Tata Group sobiq raisi Ratan Tataning aytishicha, Antilia hindistonlik boylarning kambagʻallarga hamdardlik koʻrsatmasligiga misoldir. Tata shunday dedi:

Yana qarang

Sevilya minorasi Olmos minorasi

Manbalar

Havolalar

Dunyodagi eng qimmat uy 27 qavatli va xarobalar koʻrinishiga ega — Los Angeles Times slayd-shou Antilia — 1 milliard dollarga dunyodagi eng qimmat uy — Luxurylaunches Mukesh Ambani shunday boylikda yashaydi: Ratan Tata Mukesh Ambani qarorgohi Antilia

Turkum:Osmonoʻpar binolar Turkum:Binolar Turkum:Bino