Andrés Palop Cervera (talaffuzi:[anˈdɾes paˈlob], Andres Palop Servera; 1973-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — darvozabon sifatida oʻynagan ispaniyalik sobiq professional futbolchi. Hozirda murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.
Palop koʻp vaqtini oʻz shahrining Valencia klubi zaxirasida oʻtkazganidan soʻng, 30 yoshida Sevilla klubining doimiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va uning ichki hamda Yevropa oʻyinlarida muvaffaqiyat qozonishiga yordam berdi. 15 ta mavsum davomida Palop La Ligada 295 ta oʻyinda maydonga tushdi va ushbu ligada 1998—1999-yillarda Villarreal sharafini himoya qilgan.
Palop Euro 2008 oʻyinlarida qatnashadigan Ispaniya terma jamoasi tarkibiga tanlangan, lekin xalqaro miqyosda hech qachon maydonga tushmagan.
Oʻyindagi faoliyati
Klub
Valencia Valensiya hamjamiyatining L’Alcudia shahrida tugʻilgan Palop dastlabki faoliyatini mahalliy, yuqori oʻringa ega klub Valenciada boshlagan va u birinchi professional mavsumini Villarreal CFda ikki yillik ijarada boʻlgan paytida oʻtkazgan. Palop 1998-yilda jamoa tarixida birinchi marta La Ligaga ko‘tarilganida uning asosiy darvozaboni bo‘lgan, Villarreal quyi ligaga tushib ketgan keyingi mavsumda ham asosiy tarkibda o‘ynagan. Shundan so‘ng, u Valencia tomonidan qaytarib chaqirib olingan.
Biroq, asosiy tarkibdagi olti yillik faoliyati davomida Palop ko‘pincha tajribali Santiago Cañizaresning zaxira darvozaboni sifatida maydonga tushgan. Uning eng ko‘p o‘yin o‘ynagan mavsum birinchi yili bo‘lib, shu yili u 15 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Klub 2002— va 2004-yillarda liga chempioni bo‘lgan bo‘lsa-da, Palop faqat yetti marta (barchasi birinchi mavsumda) o‘yinga tushdi va natijada o‘zini noqulay his qila boshladi. thumb|Palop 2013-yilda Sevilla safida oʻyinda
Sevilla Palop 2005-yilning yozida Sevillaga qoʻshildi va tezda andalusiyaliklarning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi, shundan keyin Sevilla bir yil ichida beshta chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2007-yil 15-mart kuni Palop UEFA kubogi 1/8 finalida Shaxtar Donetsk klubiga qarshi oʻyinning qoʻshimcha vaqtida hisobni tenglashtirgan golni urdi va mezbonlik uchrashuvida 2:2 hisobidagi durangni oʻrnatdi, oʻyin jamoasining 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi va natijada Sevilla ketma-ket ikkinchi marotaba musobaqada g‘alaba qozondiSevilla saved by last gasp Palop ; UEFA, 15 March 2007Shakhtar Donetsk 2-3 FC Sevilla ; ESPN Soccernet, 15 March 2007; finalda RCD Espanyol jamoasiga qarshi oʻyinda u toʻrtta penaltidan uchtasini toʻxtatib qolib, uchrashuv oʻyinchisi deb topildiPalop ensures cup joy for Sevilla; UEFA, 16 May 2007.
Keyingi oʻyinlarda Palop birinchi tanlov futbolchisi sifatida maydonga tushishda davom etdi va hech qachon ligada 31 tadan kam oʻyinda qatnashmadi. 2009—2010-yillarda u jamoasiga ligada toʻrtinchi oʻrinni egallashga yordam berdi, keyinchalik Sevilla UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanma oldi va Copa del Reyda gʻalaba qozondi.
Bayer Leverkusen 2013-yil iyun oyi boshida Palop Bayer 04 Leverkusen jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi va 40 yoshida birinchi marta chet elga koʻchib oʻtdiPalop adds experience to Leverkusen; UEFA, 2 June 2013. U Germaniya Bundesligasi klubi tomonidan faqat zaxira sifatida foydalanilgan va 2014-yilning aprelida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro Palop birinchi marta Ispaniya terma jamoasiga 2007-yilning avgustida, Gretsiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida Iker Casillasning jarohatlanganligi sababli uning oʻringa chaqirilgan ediCasillas no viajará a Grecia y Luis llama a Palop (Casillas will not travel to Greece and Luis calls Palop); Marca, 20 August 2007 (in Spanish). Biroq, u zaxira oʻrindigʻini tark etmadi.
O‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan Palop UEFA Euro 2008da terma jamoadagi ikkinchi tanlov oʻyinchisi sifatida oʻynash uchun boʻlgan Liverpool aʼzosi Pepe Reina bilan bo‘lgan qizg‘in bellashuvda g‘alaba qozona olmadi, ammo uchinchi tanlov oʻyinchisi oʻrni uchun boʻlgan Barcelona futbolchisi Victor Valdesga qarshi kurashda uni magʻlub etdi. Ispaniyaning turnirdagi gʻalabasidan keyingi tantanali marosimda u Luis Arconadaning Euro 1984 finalidagi futbolkasini kiygan va keyin UEFA prezidenti Michel Platinidan oltin medalni qabul qilib olganArconada alucinó con el gesto de Palop (Arconada went crazy with Palop’s gesture); Mundo Deportivo, 2 July 2008 (in Spanish).
Murabbiylik faoliyati 2015-yilning 18-fevralida Palop Segunda División Bda mavsumning qolgan qismi uchun CD Alcoyanoga bosh murabbiy etib tayinlandiCarlos Sempere entrenará al Alcoyano y Andrés Palop será su ayudante (Carlos Sempere will manage Alcoyano and Andrés Palop will be his assistant); Mundo Deportivo, 18 February 2015 (in Spanish)Palop afrontará en el Alcoyano su primera experiencia como entrenador (Palop will his face his first experience as a manager at Alcoyano); Marca, 18 February 2015 (in Spanish). Iyun oyida, yetarli malakaga erishgandan soʻng, u doimiy murabbiylik lavozimini egalladi, 2016-yil may oyida Palop ishdan ketishini eʼlon qildi.
Palop 2018-yilning 27-sentyabrida UD Ibiza jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi, bu klub ham liganing uchinchi bosqichida oʻynar edi. Uning qoʻl ostida jamoa 21 ta oʻyinning 10 tasida gʻalaba qozondi, biroq jamoaga pley-off yo‘llanmasi uchun sakkiz ochko yetmadi va Palop keyingi yilning 25-fevralida lavozimidan ozod etildi.
2020-yil aprel oyida Palop koronavirus pandemiyasi paytida 12 kunga kasalxonaga yotqizildi. Ikki yil oʻtgach, u Sevilladagi Ramón Sánchez Pizjuán stadionida boʻlib oʻtgan Yevropa ligasi finalida UEFA elchisi boʻldi.
Oʻyin uslubi Palop asosan zarbani toʻxtatish qobiliyati bilan tanilgan, shuningdek, u butun faoliyati davomida penalti tepuvchi mutaxassis sifatida ham shuhrat qozongan.
Klubdagi statistikasi
Manbalar:
KlubMavsumLigaMilliy kubokKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarValencia1997—1998La Liga0000 - - - -001999—2000La Liga1500060 - -2102000—2001La Liga102010 - -402001—2002La Liga700030 - -1002002—2003La Liga902030 - -1402003—2004La Liga006060 - -1202004—2005La Liga1101020 - -140Jami430110210--750Villarreal (ijara)1997—1998Segunda División39000 - -204101998—1999La Liga35050 - -20420Jami74050--40830Sevilla2005—2006La Liga3600070 - -4302006—2007La Liga34040121105112007—2008La Liga3100090304302008—2009La Liga3506060 - -4702009—2010La Liga3306050 - -4402010—2011La Liga1903080203202011—2012La Liga1301020 - -1602012—2013La Liga16030 - - - -190Jami2170230491602951Bayer Leverkusen2013—2014Bundesliga000000 - -00Faoliyati jami33403907011004531
Boshqaruv statistikasi
+ Jamoa va xizmat muddati boʻyicha boshqaruv statistikasiJamoaMamlakatqachondanqachongachaRekordManba (lar)Alcoyano18-fevral 2015-yil20-may 2016-yil Ibiza27-sentyabr 2018-yil25-fevral 2019-yil Jami—
Yutuqlari Valencia
La Liga: 2001—2002 UEFA kubogi: 2003—2004 UEFA Superkubogi: 2004
Sevilla
Copa del Rey: 2006—2007, 2009—2010 Ispaniya Superkubogi: 2007; 2-oʻrin: 2010 UEFA kubogi: 2005—2006, 2006—2007 UEFA Superkubogi: 2006; 2-oʻrin: 2007
Ispaniya
UEFA Yevropa chempionati: 2008
Manbalar
Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar