Brandon Joel Gaetano Borrello (; 1995-yil 25-iyulda tugʻilgan) — Avstraliyaning A-Liga vakili Western Sidney Wanderers klubining professional futbolchisi .

Klublardagi faoliyati

Brisbane Roar 2017-yilning 30-yanvarida Borrello OFK Chempionlar Ligasi saralash bosqichi doirasida Brisbane Roar safida Global FK ga qarshi oʻyinda toʻrtta gol urdi va Chempionlar Ligasida bir oʻyinda toʻrtta gol urgan ilk avstraliyalik futbolchiga aylandi. Shuningdek, jamoasi murobaqaning navbatdagi turida „Shangai Shengua“ jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, guruh bosqichiga yoʻl olishdi.

Borello 2017-yil yanvar oyida 2016—2017-yilgi mavsumda A-Ligada-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.

1. FC Kaiserslautern Borrello 2017-yilning may oyida 2. Bundesliga vakili. 1. FC Kaiserslauternga qoʻshilib uch-yillik shartnomaga imzoladi.

SC Freiburg 2018-yil 23-iyulda Borrello Bundesliganing „SC Freiburg“ klubiga qoʻshildi. Shartnoma shartlari oshkor etilmagan.

Fortuna Düsseldorfga ijara 2020-yil 1-sentyabrda Borrello 2. Bundesliga vakili Fortuna Düsseldorfga bir yilga ijara asosida qoʻshildi. 2021-yil 24-mayda shartnoma muddati tugagach, Fortunani tark etdi.

Dynamo Dresden 2021-yil iyul oyida Borrello ligaga endi koʻtarilgan Bundesliganing „Dinamo Drezden“ klubiga nomaʼlum transfer narxi evaziga ikki yillik shartnoma imzoladi.

Western Sydney Wanderers 2022-yilning 25-iyulida Borrello ikki yillik shartnoma asosida „Vest Sidney Wanderers“ga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati Borrello 2019-yilning 7-iyun kuni Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinining 70-daqiqasida Aver Mabilning oʻrniga maydonga tushib Avstraliya terma jamoasi safida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Brisbane Roar 2013—2014 A ligasi 6 0 — — 6 0 2014—2015 A ligasi 22 4 1 0 6 2 29 6 2015—2016 A ligasi 22 5 1 0 — 23 5 2016—2017 A ligasi 25 4 1 0 7 5 33 9 Jami 75 13 3 0 13 7 91 20 1. Kaiserslautern 2017—2018 2. Bundesliga 19 3 1 0 — 20 3 SC Freiburg 2018—2019 Bundesliga 0 0 0 0 — 0 0 2019-20 Bundesliga 0 0 0 0 — 0 0 Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami faoliyati 94 16 4 0 13 7 111 23

Xalqaro

+Terma jamoa va-yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Avstraliya 2019 3 0 2021 1 0 Jami 4 0

Yutuqlari Brisbane Roar

A-League Premiership: 2013—2014

Individual

Y-League BRFC yilning eng yaxshi futbolchisi: 2013—2014

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar