Islom birligi haftasi - har yili sunniylar va shialar tomonidan oʻtkaziladigan marosimga nisbatan aytiladi. Tadbir Muhammad paygʻambar tavallud kunining ikki sanasi oraligʻida oʻtkaziladi.Bu haqidagi maʼlumotlarning biri sunniylar, ikkinchisi shialar tomonidan rivoyat qilingan.
Tarixi Islom birligi haftaligining tashkil topishi Seyyid Ali Xomanaiyning Siston va Balujistonda boʻlgan vaqti bilan bogʻliq va bu shia olimi (ayrim sunniy ulamolar hamkorligi bilan) bu doʻstlik haftaligini oʻtkazishga qaror qildi va shia-sunniylik oʻrtasidagi birlikni koʻrsatish uchun shu kunlarni (Islom birligi haftasi) nishonladi.How did the unity week name so? tasnimnews.com Retrieved 24 NovThe Islamic unity week alalam.ir Retrieved 24 Nov 2018
Eron inqilobidan keyin Oyatulloh Ruhulloh Xumayniy ikki sana orasidagi kunlarni Islom birligi haftasi deb nomlashni taklif qildi. Oyatulloh Montazeri esa Saudiya Arabistoni muftiysining sunniylar va shialarga qarshi hujumlariga javoban Oyatulloh Humayniyga haftani Islom birligi haftasi deb nomlashni qoʻllashini aytdi.
Bu sana sunniylarga koʻra robbiul-avval oyining oʻn ikkinchisi, yaʼni islomiy taqvimda uchinchi qamariy oyning birinchi haftasi va shialarga koʻra robbiul-avval oyining oʻn yettinchi kunidir.
Voqealar Vahobiy ulamolari Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning tavallud kunlarini nishonlashni islomga toʻgʻri kelmaydigan deb hisoblashsa-da, bu daʼvo aksariyat sunniylar va shialar tomonidan rad etilgan. Marosimning asosiy gʻoyasi Eron Islom Respublikasi hukumati tomonidan ilgari surilgan. Har yili Eron Islom Respublikasida butun dunyodan kelgan shia va sunniy taniqli olimlar va boshqa musulmon ishtirokchilarning xalqaro anjumani oʻtkaziladi.
Bogʻliq tashkilotlar va faoliyatlar Musulmon jamiyatining islomiy birligi yoʻlida faoliyat olib boruvchi ikki taniqli tashkilot bor: Islom mazhablari yaqinligi Jahon forumi va Islom tashviqoti. Shu bilan birga, har yili aniq maqsadlarni koʻzlagan Islom birligi anjumani oʻtkaziladi.
Shia-sunniy munosabatlari Shia oʻrtoqligi Arab dunyosidagi shia musulmonlari Shialar haqida sunniy olimlar fatvolari Islom mazhablari yaqinligi Jahon forumi
Havolalar
Turkum:Shialik Turkum:Sunniylik Turkum:Shia-sunniy munosabatlari