René Adler ()(1985-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, darvozabon sifatida oʻynagan.

Yoshlik yillari Adler sobiq Sharqiy Germaniya terma jamoasi aʼzosi Yens Adlerning oʻgʻli. Uning amakivachchasi — isroil-amerikalik professional lakroschi Maks Adler.

Klubdagi faoliyati

VfB Leipzig Adler olti yoshida VfB Leipzigning yoshlar jamoasida oʻynagan. Leipzig uchun toʻqqiz yil oʻynagach, Adler 2000-yilda Bayer 04 Leverkusenning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.

Bayer 04 Leverkuzen Yoshlar jamosida oʻynaganidan soʻng, Adler 2002-yilda B jamoasiga qoʻshilgan. U 2002/03-yilgi mavsumda B jamoasida sakkizta oʻyinda maydonga tushgan<ref» Club matches"></ref>. 2003/04-yilgi mavsum boshida u Bundesligada oʻynagan klubning asosiy tarkibiga koʻtarilgan. thumb| Adler 2007-yilda Leverkuzen tarkibida Keyingi yillarda Adler jarohatlar tufayli yangi imzolangan Bernd Leno oʻz oʻrnini egallagunga qadar birinchi darvozabon boʻlib qolgan. U 2008/09-yilgi mavsumda 37 2009/10-mavsumda 33 va 2010/11-yilgi mavsumda 44ta oʻyinda maydonga tushgan. 2012-yilning yozida Adler Leverkuzen bilan oʻn ikki yil oʻynagach, erkin agent sifatida klubni tark etgan. U 2011/12-yilgi mavsumda B jamoasida atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Hamburger SV Adler 2012-yilda Bundesligadagi raqibi „Hamburger SV“ bilan besh yillik shartnoma imzolagan. U Germaniya kubogida Karlsruher SCga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qilgan. Adler 2012/13-yilgi mavsumni 33 oʻyin, 2013/14-yilgi mavsumni 33, 2014/15-yilgi mavsumni 15 oʻyin, 2015/16 yilgi mavsumni 25 oʻyin bilan yakunlagan.

2017-yilning may oyida Adler „Hamburger SV“ bilan shartnomasini uzaytirmasligini va besh yildan soʻng klubni tark etishini eʼlon qilgan.

Mainz 05 2017-yil iyul oyida Adler Mainz 05 jamoasi tarkibiga qoʻshilgan.

Isteʼfo 2019-yil 1-mayda Adler 2018/19-yilgi mavsumdan soʻng faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan. Umuman olganda, u Germaniya chempionatining 269 uchrashuvida maydonga tushgan.

Xalqaro faoliyati

Adler Dieter Eilts boshchiligida Germaniya U-21 terma jamoasida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. U Yevro-2008da ikkinchi oʻrinni egallagan Germaniya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan. Jens Lehmann nafaqaga chiqqanidan va Robert Enke vafot etganidan soʻng, u Jahon chempionati saralash bosqichida birinchi tanlov darvozaboniga aylangan. Adler Germaniya terma jamoasi safida 2008-yilning 11-oktyabrida Rossiyaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan. Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida tasdiqlangan boʻlsa-da, qovurgʻasidan olgan jarohati tufayli u munidalga bora olmagan. Adler ikki yil davomida terma jamoa safida ishtirok eta olmagan, biroq 2012-yilning noyabrida Hamburger SVga qoʻshilganidan soʻng ajoyib oʻyin koʻrsatgani uchun Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan. Biroq Adler JCh-2014 uchun Germaniya terma jamoasiga chaqirilmagan. 2008—2013 yillar oraligʻida u 12 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBayer Leverkusen II2002—2003Regionalliga80—802005—20061901902006—200710102011—2012Regionalliga2020Jami300—300Bayer Leverkusen2003—2004Bundesliga0000——002004—2005000000002005—2006000000002006—200711000401502007—2008330101004402008—200931060—3702009—2010310203302010—2011320201004402011—201200000000Jami1380110240—1730Hamburg2012—2013Bundesliga32010——3302013—201430030003302014—201512010201502015—201624010—2502016—201719010200Jami117070—201260Mainz 052017—2018Bundesliga14030——1702018—20190000——00Jami14030——170Karyerada jami2990210240203460

Xalqaro Germaniya YilOʻyin Gol 2008-yil 3 0 2009-yil 5 0 2010-yil 2 0 2013-yil 2 0 Jami 12 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:Sportchilar