Meporter real vaqt rejimida giperlokal yangiliklarni yaratish uchun geolokatsiya va multimediadan foydalanadigan fuqaro jurnalistikasi mobil ilovasi edi. Ilova nomi ham inglizcha me (men) va reporter (jurnalist) soʻzlarining birikmasidan iborat. Foydalanuvchilar oʻz smartfonlari yordamida Meporter ma’lumotlar bazasiga hamda Meporter veb-saytiga voqea joyidan matnlar, videolar va tasvirlar yuklashlari mumkin edi. Voqealar sodir boʻlgan joylarni esa GPS yordamida belgilab qoʻyishlari ham mumkin edi. Yangilik yuklangach, uni boshqa Meporter foydalanuvchilari smartfonlaridagi ilova yoki Meporter veb-sayti orqali koʻrishlari mumkin edi. Foydalanuvchilar sovgʻalarga almashtirish mumkin boʻlgan Foursquare nishonlariga oʻxshash “Press pass” yutib olar edilar"Forbes Meporter Press Pass", Meporter LLC, Retrieved 2011-08-03 . Xususiyatlari Meporter multimediaga asoslangan tizim boʻlib, foydalanuvchilarga sodir boʻlgan voqealar haqida matn, tasvir yoki videolar yuklashga imkon bergan. Boshqa geolokatsiya ilovalaridan farqli oʻlaroq, Meporterda matn uchun belgilar chegarasi yoʻq edi. Shuning uchun foydalanuvchilar ma’lumotlar bazasiga kerakli deb hisoblagan hajmda matn yuklashlari mumkin edi. Meporter jamoasi foydalanuvchilar yuklagan medialarning hech birini tahrirlamagan.
Meporterga content yuklagan va ma’lum talablarga javob beradigan foydalanuvchilarga “Press passes” (matbuot talonlari) beradigan ball tizimi mavjud edi. Agar foydalanuvchi Press passlar bilan biznes qilmoqchi boʻlsa, Press pass egalariga sovgʻa taklif qilishlari mumkin edi. Masalan, Forbes jurnali biznes toifasiga 10 ta yangilik joylashtirgan meportchilarga 6 oylik bepul obunani taklif qilgan. Hamkorlik va tadbirlar Meporter 2011-yilda New York shahridagi TechCrunch Disrupt konferensiyasi davrida ishga tushirilgan"Write, Photograph And Film Local News As It Breaks With Meporter", TechCrunch, 2011-5-24. U Fox Business Network"Giving Local News a Run for its Money", Fox Business Network, 2011-06-20. Retrieved 2011-08-03, The New York TimesBishop, Mac William, "Start-Ups Vie for Attention at the Venture Capital Table", The New York Times Company, 2011-05-24. Retrieved 2011-08-03-2011, The Washington PostOverly, Steven, "The Download: Three start-up groups partner American Idol of start-ups", The Washington Post, 2011-06-12. Retrieved 2011-08-03 va The Huffington PostPlesser, Andy, "Newsgathering Tool via iPhone -- "Meporter" Launches With Forbes Sponsorship ", The Huffington Post, 2011-05-28. Retrieved 2011-08-03. nashrlarida namoyish etildi. Meporter Forbes jurnali, The Vans Warped Tour, Villi Nelsonning Country Throwdown Tour va Rockstar Mayhem festivali kabi bir qancha biznes, brend va tadbirlar bilan hamkorlik qilgan. Manbalar
Turkum:Android ilovalari Turkum:IOS ilovalari Turkum:Fuqaroviy jurnalistika