100 metrga toʻsiqlar osha yugurish — yengil atletikaning ayollar oʻrtasidagi yugurish turlariga kiradi. Tezlik, sprinterlik qobiliyatlar va toʻsiqlardan oshib oʻtish texnikasini talab qiladi. 1932-yildan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 100 metrga toʻsiqlar osha yugurish musobaqalari faqat yozda 400 metrlik sintetik qoplamali yugurish yo‘laklariga ega stadionlarda oʻtkaziladi.

Rekordlar +RekordVaqtSportchiDavlatSanaJoyJahon12.12 sTobi Amusan24-iyul 2022Yudjin, Olimpiya12.26 sJasmin Kamacho-Kvinn5-avgust 2021Tokio,Yevropa12.21 sYordanka Donkova20-avgust 1988Stara-Zagora, Osiyo12.44 sOlga Shishigina27-iyun 1995Oʻzbekiston13.00 sValentina Kibalnikova25-iyun 2016Toshkent

Tarixi 100 metrga yugurish boʻyicha birinchi rasmiy musobaqa 1922-yilda oʻtkazilgan. 1948-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Niderlandiyalik yuguruvchi Fanni Blankers-Kunning 4 oltin medalni qoʻlga kiritishi bu masofa tarixidagi hozirgacha eng yorqin natija hisoblanadi.

Hozirgi kunda Avstraliyalik, germaniyalik, AQSHlik, nigeriyalik va yamaykalik sprinterlar bu masofada eng kuchlilar hisoblanishadi. Ayniqsa Nigeriyalik Tobi Amyusan 2022-yilda AQSHning Yudjin shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida hammani hayron qoldirib, masofani 12.12 soniyada bosib oʻtdi va AQShlik Kendra Harrisonning 2016-yildan beri oʻzgarmay kelayotgan rekordini yangiladi. Uning natijasi 12.20 soniya edi.

Oʻzbekistonlik sportchilar orasida Valentina Kibalnikova, Lidya Podsepkina va Xurshida Xolliyevalar bor. Valentina Kibalnikova Rio-De-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi va Oʻzbekiston rekordining sohibasi hisoblanadi.

Qoidalari Sportchilar bu masofada pastki start texnikasini egallagan holda kolodkalardan chiqishadi. Toʻsiqlar balandligi ayollar uchun 840 mmni tashkil qiladi. Masofa oxirigacha 10 ta to‘siqdan oshib o‘tish talab qilinadi. To‘siqlar bir-biridan 8,5 metr masofada joylashtiriladi.

100 metrga toʻsiqlar osha yugurishda sprinterlik qobiliyatlari juda muhim hisoblanadi. Odatda yuqori toifadagi sportchilar toʻsiqlar orasidagi masofani 3 qadamda bosib oʻtishadi. Toʻsiqlarning ustidan oʻtayotganda ularga tegib ketmaslik va shu bilan bir qatorda tezlikni yoʻqotmaslik lozim. Ayollar uchun toʻsiqlar balandligi erkaklarnikiga qaraganda pastroq va orasidagi masofa ham kamroq. Shuning uchun erkaklar va ayollar texnikasi o‘rtasida katta farq kuzatilmaydi.

Manbalar

Turkum:Yengil atletika turlari