Joachim Adukor () (1993-yil 2-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi, Qozogʻiston Premyer-ligasining "Aktobe " klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Ganada tugʻilgan, Liberiya terma jamoasi safida xalqaro maydonda qatnashadi.
Klubdagi faoliyati Adukor markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U ilgari Shvetsiyaning Allsvenskan jamoasi Gefleda, Portugaliya Segunda Ligasi jamoasi Trofenseda, Fransiyaning Beziers va Gretsiya futbol ligasida OFI Krit jamoalarida oʻynagan.
2017-yil 15-avgustda Adukor Bosniya Premyer-ligasining „Sarajevo“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2018—2019-yilgi mavsumda Adukor „Sarayevo“ bilan ichki dublni qoʻlga kiritib, Bosniya Premyer-ligasida ham, Bosniya kubogida ham gʻolib chiqgan. U Sarajevoni 2019-yilning iyun oyida klub bilan shartnomasi tugaganidan keyin tark etgan.
Sarajevoni tark etganidan koʻp oʻtmay, 2019-yil 1-iyulda Adukor Vengriyaning Nemzeti Bajnokság I klubi hisoblanmish Diósgyőri bilan shartnoma imzolagan. oradan bir yil oʻtib, 2020-yilning 8-sentyabrida u ikki yillik shartnoma imzolab, Sarajevo jamoasiga qaytgan. Adukor 2020-yil 13-oktyabrda Radnički Lukavachga qarshi kubok oʻyinida Sarajevoga qayta qoʻshilgandan keyin ilk oʻyinini oʻtkazgan.
Xalqaro faoliyati 2011-yil oktyabr oyida Adukor 2013-yilgi Afrika U20 chempionati oldidan Gananing 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etish istagini bildirgan. 2012-yil iyun oyida u saralash musobaqasiga chaqirilgan.
2015-yil may oyida Adukor Gananing 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga Butun Afrika oʻyinlari va Olimpiya oʻyinlariga saralashda ishtirok etish uchun taklif qilingan.
2022-yil iyun oyida Adukor Liberiya fuqoroligini olgan va xalqaro maydonda Liberiya sharafini himoya qila boshlagan. U Liberiya terma jamoasi safida 2023-yil 13-iyun kuni Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida Marokashga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub Klub MavsumDivizion Liga KubokQitʼa JamiOʻyin GolOʻyin GolOʻyin GolOʻyin Gol Gefle 2011-yil Allsvenskan 0 0 0 0 — 0 0 2012-yil Allsvenskan 3 0 1 0 — 4 0 2013-yil Allsvenskan 8 0 1 0 3 0 12 0 Jami 11 0 2 0 3 0 16 0 Trofense 2014—2015 LigaPro 12 0 4 1 — 16 1 Beziers 2015—2016 Milliy chempionat 23 0 1 0 — 24 0 OFI Krit 2016—2017 Gretsiya futbol ligasi 17 1 5 0 — 22 1 Sarajevo 2017—2018 Bosniya Premyer-ligasi 20 2 0 0 0 0 20 2 2018—2019 Bosniya Premyer-ligasi 15 1 0 0 4 0 19 1 Jami 35 3 0 0 4 0 39 3 Diosgyori 2019—2020 Nemzeti Bajnoksag I 7 0 0 0 — 7 0 Sarajevo 2020—2021 Bosniya Premyer-ligasi 15 0 6 0 0 0 21 0 Karyerada jami 120 4 18 1 7 0 145 5
Yutuqlari Sarajevo
Bosniya Premyer-ligasi : 2018—2019 Bosniya kubogi : 2018—2019, 2020—2021
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:liberiyalik erkak futbolchilar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar