left|thumb|270x270px| Nyukasa togʻi va Fujimi manzarasi Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 5958 ta xonadonda 14485 nafar aholi istiqomat qilganFuji Town official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 102 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 144,76 kvadrat kilometr (55,89 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi Fujimi Sharqiy-markaziy Naganoning Suva mintaqasidagi juda togʻli hududda joylashgan boʻlib, Akaishi togʻlarini, shu jumladan Nyukasa togʻinining (1955 metr) bir qismi shahar hududida joylashgan. Shaharning oʻrtacha balandligi 977 metrni tashkil etadi.

Iqlimi Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Fujimi shahridagi oʻrtacha yillik harorat 9,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1411 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 22,3 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,7 °C atrofida boʻladiFujimi climate data.

Atrofdagi munitsipalitetlar

Nagano prefekturasi Chino Ina Hara Yamanashi prefekturasi Hokuto

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraFujimi population statistics, Fujimi aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Tarixi Hozirgi Fujimi hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Fujimi qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 1995-yil 1-aprelda Fujimi Sakai, Hongo va Ochiai qishloqlari bilan birlashib, Fujimi shahrini tashkil etgan.

Taʼlim tizimi Fujimi shahrida uchta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda shuningdek, prefektura hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.

Transporti

Temir yoʻl

20x20px Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Chuo magistral liniyasi Shinano-Sakai — Fujimi — Suzurannosato

Magistral yoʻl

link=|alt=E20|24x24px Chūō tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 20

Xalqaro munosabatlar

 — Richmond, Yangi Zelandiya

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Idojiri xarobalari, Jomon davriga oid arxeologik yodgorlik va milliy tarixiy obida, muzeyiga ham ega. Galereya

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti

Turkum:Nagano prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Fujimi (Nagano)