Andrey Vladimirovich Lutay (; 1986-yil 24-iyul, Belgorod, RSFSR, SSSR) — rossiyalik figurali uchuvchi. Xalqaro toifadagi sport ustasi. 2007—2008-yillarda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori. 2009-yilgi Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori. Yevropa va jahon chempionatlari ishtirokchisi. Xalqaro maydondagi eng yaxshi yutuq sohibi. Andrey Vladimirovich 2005-yilda oʻtkazilgan qishki Universiada musobaqasida 5-oʻrinni egallagan. Oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi Gran-pri turniri ishtirokchisi. Xalqaro tanlovlar gʻolibi.
Andrey Lutay hozirgi vaqtda Bolgariyada figurali uchish boʻyicha murabbiy boʻlib faoliyat yuritadi.
Faoliyati Andrey xalqaro toifadagi sport ustasi unvonini oldi.
Andrey oʻzining birinchi muhim muvaffaqiyatiga 2006—2007-yilgi mavsumda, Moskva yaqinidagi Mytishchi shahrida boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida ikkinchi oʻrinni egallaganida erishdi. Oʻsha yili yevropa chempionatida 5-oʻrinni egalladi.
Keyingi 2007-2008 mavsumda Andrey Lutay Gran-pri turnirining Skate America va Cup of Russia bosqichlarida unchalik yaxshi qatnasha olmadi va 7 hamda 9-oʻrinlardan joy oldi. Rossiya chempionatida oʻtgan yilgi natijasini takrorlab, Yevropa chempionatida 8-oʻrinni egalladi. left|thumb| Andrey Lutai 2009-yilgi Yevropa chempionatida.|248x248px Andrey Lutay 2008—2009-yilgi mavsumda Trophee Eric Bompard turnirida chiqish qildi. U Fransiya turnirida11-chi va Yaponiya turnirida 8-oʻrinni egalladi. Milliy chempionatda uchinchi oʻrinni egallab, Yevropa chempionati uchun jamoaga kiritildi. Figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionati uchun Rossiya terma jamoasining tarkibi maʼlum boʻldi. Jamoaviy turnirda Andrey yettinchi oʻrinni egalladi va bu natija rossiyalik yakka holda konkida uchuvchilarning turnirdagi eng yaxshi natijasi boʻldi (Voronov — 9-oʻrin, Borodulin — 13). Yevropa chempionati natijalariga koʻra, Andrey Jahon kubogi uchun terma jamoaga kiritildi. 2009-yilgi Jahon chempionatida u oʻz faoliyatida birinchi marta kuchli oʻntalikka kirdi.
Natijalari Musobaqalar/mavsumlar 2002/2003 ㅤ 2003/2004 ㅤ 2004/2005 ㅤ 2005/2006 ㅤ 2006/2007 ㅤ 2007/2008 ㅤ 2008/2009 ㅤ 2009/2010 ㅤ Jahon chempionatlari 20 10 Yevropa chempionati 5 8 7 Rossiya chempionati 8 4 7 7 2 2 3 Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia 9 Gran-pri bosqichlari: Trophee Bompard 11 Gran-pri bosqichlari: Skate America 7 10 Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 9 Finlandia Trophy turnirlari 8 Carl Schefer xotirasi 1
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:24-iyulda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar