Mitchell Bernard Pinnock () (1994-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi. Mitchell Pinnock „Northampton Town“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati Mitchell Pinnock oʻz faoliyatini „Southend United“ futbol klubida boshlagan. U oʻzining klub safidagi ilk oʻyinini 2013-yilning 16-aprelida „Aldershot Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. Mitchell Pinnock 2014-yilda Isthmian ligasi vakili „East Thurrock United“ futbol klubida ijarada oʻynagan. „Southend“ futbol klubini tark etgach, Mitchell Pinnock „Bromley“ futbol klubiga qoʻshilgan. Mitchell Pinnock klubdagi debyut oʻyinini 18-oktabr kuni „Bath City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi. Dekabr oyida „Concord Rangers“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilishdan oldin u „Bromley“ klubi uchun yana ikkita liga oʻyinida maydonga tushdi. 2015-yil fevral oyida Mitchell Pinnock bir oylik ijara asosida „Tonbridge Angels“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. Bir qancha hujumkor oʻyinchilarning jarohati tufayli Mitchell Pinnockni „Bromley“ klubi muddatidan avval ijaradan chaqirib oldi.

„Kingstonian“ futbol klubi bilan qisqa muddatli ijara davridan soʻng, Mitchell Pinnock 2016-yil iyul oyida 2016—2017-yilgi mavsumning oxirigacha amal qiladigan „Dover Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

2018-yilning yozida Mitchell Pinnock „AFC Wimbledon“ futbol klubi bilan doimiy transferga imzo chekdi.

Kilmarnock 2020-yilning yozida Mitchell Pinnock „Kilmarnock“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Mitchell Pinnock klub uchun oʻzining birinchi golini 2020-yilning noyabr oyida „Dumbarton“ futbol klubi ustidan gʻalaba qozonilgan uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi .

2021-yilning 4-iyunida Mitchell Pinnock (yangi shartnoma taklifini rad etganidan soʻng) bir mavsumdan soʻng klubni tark etishi maʼlum boʻldi .

Northampton Town 2021-yil 8-iyun kuni Mitchell Pinnock yaqinda Ikkinchi ligaga tushib qolgan „Northampton Town“ futbol klubiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshilishga rozi boʻlgani va Shotlandiyadagi shartnomasi muddati tugashi bilan 1-iyul kuni klubga qoʻshilishi eʼlon qilindi .

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSouthend United2012—2013Ikkinchi liga20000000202013—20140000000000Jami2000000020East Thurrock United (ijara)2013—2014Isthmian ligasi10000—00100Bromley2014—2015Shimoliy konferensiya6010—0070Concord Rangers (ijara)2014—2015Shimoliy konferensiya3000—0030Tonbridge Angels (ijara)2014—2015Isthmian ligasi10400—00104Maidstone United2015—2016Milliy liga6000—0060Tonbridge Angels (ijara)2015—2016Isthmian ligasi4000—0040Dover Athletic2015—2016Milliy liga2000—0020Kingstonian2015—2016Isthmian ligasi8100—0081Dover Athletic2016—2017Milliy liga23021—202712017—201842820—334711Jami6784100537612AFC Wimbledon2018—2019Birinchi liga3435120304442019—2020253200020293Jami596712050737Kilmarnock2020—2021Shotlandiya Premer ligasi304302120375Northampton Town2021—2022Ikkinchi liga4692020305392022—2023182101010212Jami64113030407411Jami269341827116331040

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari