Igor Vsevolodovich Krestovskiy (1893-yil 23-may (4-iyun), Varshava, Polsha Qirolligi — 1976-yil 20-iyun, Leningrad, RSFSR) — rus va sovet haykaltaroshi va rassomi. thumb| Krestovskiy qabri I.V.Laxtinskiy qabristoni, Sankt-Peterburg.
Biografiyasi 1893-yil 23-mayda Varshavada shoir, nosir va adabiyotshunos Vsevolod Vladimirovich Krestovskiy (1840—1895-yillar) oilasida tugʻilgan.
Toshkent kadetlar korpusini tamomlaganFarid ANVARBYeK. Avtor romana „Peterburgskie truщobi“ v Sredney Azii. — Zerkalo XXI. — 15.06.2008.. Petrograddagi Psixo-nevrologiya institutida tahsil olgan, 1916-yilda Imperator Badiiy Akademiyasi qoshidagi Oliy rassomchilik maktabiga oʻqishga kirgan va uni 1924-yilda tugatganYubileyniy Spravochnik vipusknikov Sankt-Peterburgskogo akademicheskogo instituta jivopisi, skulpturi i arxitekturi imeni I. Ye. Repina Rossiyskoy Akademii xudojestv. 1915—2005. — SPb.: „Pervotsvet“, 2007. — S. 193. (Gyugo Robertovich Zaleman qoʻl ostida ikki yil oʻqigan va uchinchi kursda Vsevolod Vsevolodovich Lishev ustaxonasida oʻqishini davom ettirgan).
1937—1940-yillar va 1948—1976-yillarda I. E. Repin nomidagi Leningrad rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida dars bergan. Igor Vsevolodovich Krestovskiy restavrator sifatida ham faoliyat olib borgan, Ulugʻ Vatan urushi boshlanganidan keyin Leningradda haykaltaroshlik yodgorliklarini muhofaza qilish ishlariga rahbarlik qilgan. Urushdan keyin Igor Vsevolodovich Petrodvorets saroyi va parki ansamblini tiklashda ishtirok etgan.
Igor Vsevolodovich Krestovskiy Leningrad Badiiy akademiyasi yonidagi Vasilyevskiy oroli 4-tor koʻcha, 17-uy 26-xonadondada yashagan.
1976-yil 20-iyunda Leningradda vafot etgan. Laxtinskiy qabristoniga dafn etilgan.
Ijodi Portretlar, monumental va dekorativ haykaltaroshlik asarlari muallifi. Tuproqshunos V.V.Dokuchayev haykali (1962-yilda Leningrad viloyati Pushkin shahrida oʻrnatilgan), jarroh N.I.Pirogov byusti (1932-yilda Leningradda oʻrnatilgan), yozuvchi P. L. Daletskiy portretiVistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1960 goda. Katalog. — L: Xudojnik RSFSR, 1963. — s.24. (1960) va boshqa koʻplab asarlar muallifi.
Oilasi
Otasi — Vsevolod Vladimirovich Krestovskiy (1840—1895), shoir, nosir va adabiyotshunos, „Peterburg xarobalari“ romani muallifi. Ushbu roman birinchi marta „Otechestvenniye zapiski“ jurnalida nashr etilgan (1864—1866). Onasi — Yevdokia Stepanovna Krestovskaya (Lagoda, Petrova) (V. V. Krestovskiyning ikkinchi rafiqasi) Aka-uka va opa-singillari: Vasiliy Vsevolodovich Krestovskiy (1889—1914), rassom Vladimir Vsevolodovich Krestovskiy (1888—1969), shifokor, sogʻliqni saqlash tashkilotchisi Mariya Vsevolodovna Krestovskaya (1862—1910), yozuvchi (V. V. Krestovskiyning birinchi turmushidan boʻlgan qizi). Olga Vsevolodovna Krestovskaya (1891—1976), yozuvchi, „Olga York“ adabiy taxallusi ostida ijod qilgan Turmush oʻrtogʻi — Mariya Vikentiyevna (1892—1982) Farzandlari: Yaroslav Igorevich Krestovskiy (1925—2004), rassom. Svyatoslav Igorevich Krestovskiy Oleg Igorevich Krestovskiy (07.06.1927), gidrolog
Manbalar
Havolalar
TKZ
Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:1976-yilda vafot etganlar Turkum:20-iyunda vafot etganlar Turkum:1893-yilda tugʻilganlar Turkum:4-iyunda tugʻilganlar