Mark William Lamb () (1964-yil 3-avgustda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Mark Lamb Gʻarbiy Xokkey Ligasi (WHL) vakili „Prince George Cougars“ xokkey klubining hozirgi bosh menejeri va bosh murabbiyidir. Lamb avvalroq Amerika Xokkey Ligasining (AHL) „Tucson Roadrunners“ va WHLning „Swift Current Broncos“ xokkey klublari bosh murabbiyi boʻlgan. Mark Lamb Saskachewanning Ponteix shahrida tugʻilgan, ammo Saskachewanning Swift Current shahrida oʻsgan.
Oʻyin faoliyati Mark Lamb „Calgary Flames“ xokkey klubi safiga 1982-yilgi NHL kirish loyihasida 72-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi. Mark Lamb 1986-yilda „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolashdan oldin „Flames“ klubi uchun faqat bitta oʻyin oʻtkazdi. „Detroit“ xokkey klubi bilan bir mavsumda Mark Lamb 22 ta oʻyin oʻtkazdi. Shundan soʻng, Mark Lamb 1987-yilda „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi va u yerda u jami besh mavsumni oʻtkazdi va 1990-yilda klub bilan Stanley kubogini yutgan edi. Keyin „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 1992-yilgi NHL kengayish loyihasida qabul qilingan va 1993—1994-yilgi NHL mavsumida Brad Shaw bilan birga jamoaning sardori boʻlgan edi. 1994-yil 5-martda Mark Lamb „Philadelphia Flyers“ xokkey klubiga 1988-yilgi birinchi davra tanlovi asosida qoʻshildi. Mark Lamb „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga naqd pulga sotilguniga qadar „Flyers“ klubi uchun atigi 27 oʻyin oʻtkazdi. Umuman olganda, Mark Lamb Milliy xokkey ligasida 403 ta muntazam oʻyin oʻtkazib, 46 ta gol va 100 ta golli uzatma, 146 ochko, toʻplagan holda xokkeychilik faoliyatini yakunladi.
Murabbiylik va menejerlik faoliyati Mark Lamb 2000-yilda xokkeychi sifatidagi faoliyatini yakunlagan edi. Bir yildan soʻng u „Edmonton“ xokkey klubiga murabbiy yordamchisi sifatida qaytdi. 2002-yilda Lamb xuddi shu rol ostida „Dallas Stars“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
2016-yil 21-iyunda Lamb „Arizona Coyotes“ xokkey klubining Amerika Xokkey Ligasi filiali „Tucson Roadrunners“ klubi jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bir mavsumdan keyin u lavozimidan ozod etildi.
2018-yilda Mark Lamb WHLda „Prince George Cougars“ xokkey klubining bosh menejeri sifatida ishga qabul qilindi.
Mukofotlar va yutuqlar
WHL Birinchi yulduzlar jamoasi — 1984 1990-yil Stanlay kubogi chempionati (Edmonton).
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM1980—1981Swift Current BroncosSJHL——————————1980—1981Billings BighornsWHL2418912301101981—1982Billings BighornsWHL724556101465461041982—1983Colorado FlamesCHL—————602201982—1983Medicine Hat TigersWHL4622436533532541982—1983Nanaimo IslandersWHL3014375116—————1983—1984Medicine Hat TigersWHL725977136301412112361984—1985Moncton Golden FlamesAHL8023497253—————1984—1985Medicine Hat TigersWHL—————632521985—1986Calgary FlamesNHL10000—————1985—1986Moncton Golden FlamesAHL792650765110268171986—1987Adirondack Red WingsAHL4914365045—————1986—1987Detroit Red WingsNHL22213811000111987—1988Edmonton OilersNHL20000—————1987—1988Nova Scotia OilersAHL6927618845505561988—1989Cape Breton OilersAHL5433498229—————1988—1989Edmonton OilersNHL20281014602281989—1990Edmonton OilersNHL5812162842226111721990—1991Edmonton OilersNHL3748122515055201991—1992Edmonton OilersNHL59622284616112101992—1993Ottawa SenatorsNHL717192664—————1993—1994Ottawa SenatorsNHL6611182956—————1993—1994Philadelphia FlyersNHL1916716—————1994—1995Philadelphia FlyersNHL80222—————1994—1995Montreal CanadiensNHL3910118—————1995—1996Montreal CanadiensNHL10000—————1995—1996Houston AerosIHL6717607765—————1996—1997Houston AerosIHL81255378831331215101997—1998Landshut EVDEL467212836631481998—1999Houston AerosIHL79214970721911011121999—2000Houston AerosIHL7915466158112796AHL (jami)331123245368223152111323NHL (jami)40346100146291707192651IHL (jami)30678208286278436293528
Murabbiylik statistikasi Mavsum Jamoa Liga Mansab 2001—2002 Edmonton Oilers NHL Yordamchi murabbiy 2002—2009 Dallas Stars NHL Yordamchi murabbiy 2009—2016 Swift Current Broncos WHL Bosh murabbiy va bosh direktor 2016—2017 Tucson Roadrunners AHL Bosh murabbiy
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar