Stefan Jevtoski () () (1997-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — makedoniyalik futbolchi. Stefan Jevtoski hozirgi kunda „Újpest FC“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadiJevtoski StatsUtánpótlás-válogatott játékost igazolt az Újpest — reakció , nb1.hu.

Faoliyati Stefan Jevtoski Makedoniyaning Skopje shahrida tugʻilgan. Stefan Jevtoski „Metalurg Skopje“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2014-yilda Stefan Jevtoski „Metalurg Skopje“ futbol klubining asosiy jamoasi safiga qabul qilingan. Shundan soʻng, 2016-yil yanvar oyida Stefan Jevtoski Bolgariyaning „Lokomotiv Plovdiv“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Stefan Jevtoski 29-noyabr kuni „Montana“ futbol klubiga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda Stefan Jevtoski Dani Kiki oʻrniga oʻyinning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Stefan Jevtoskining klub safidagi birinchi goli 2017-yilning 12-mayida „Levski Sofia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi. Stefan Jevtoski ushbu uchrashuvning 54-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 2:1 hisobidagi gʻalaba uchun yakuniy golni kiritdiLegendata Kamburov otnovo matira Levski. 2017-yil 15-avgustda Stefan Jevtoskining klub bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilindi. Shundan soʻng Stefan Jevtoski Xorvatiya ikkinchi ligasida „NK Varaždin“ futbol jamoasida toʻp sura boshladi va „NK Lucko“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0 hisobida gʻalaba) klubdagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. 2018-yilning iyul oyida Stefan Jevtoski erkin transfer evaziga „Arsenal Kyiv“ futbol klubiga oʻtdi. Stefan Jevtoski 2018-yilning 29-iyulida „Shakhtar Donetsk“ futbol klubiga qarshi kechgan safar oʻyinida (3:0 hisobida magʻlub boʻlgan) 90 daqiqa maydonda toʻp surdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Stefan Jevtoski Makedoniyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida 2017-yilning 28-mart kuni Bolgariyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ilk xalqaro oʻyinini oʻtkazdiMladejite otstʼpixa na Makedoniya v kontrola.

Statistika

Klub faoliyati Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami Klub Liga Mavsum Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Makedoniya Liga Makedoniya kubogi Yevropa Boshqa JamiMetalurg Skopje Prva Liga 2014—2015 14 0 0 0 0 0 - 14 0 2015—2016 13 0 0 0 - - 13 0 Jami 27 0 0 0 0 0 0 0 27 0 Bolgariya Liga Bolgariya kubogi Yevropa Boshqa Jami Lokomotiv Plovdiv Guruh 2015—2016 0 0 0 0 0 0 — 0 0 Parva Liga 2016—2017 17 1 2 0 — — 19 1 Jami 17 1 2 0 0 0 0 0 19 1 Faoliyat statistikasi 44 1 2 0 0 0 0 0 46 1

Manbalar

Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar