Ambroise Oyongo Bitolo (; 1991-yil 22-iyunda Kamerunda tugʻilgan) — kamerunlik futbolchi, „Montpellier“ futbol klubi va Kamerun terma jamoasi himoyachisi.
Klublardagi faoliyati Ambroise Oyongo faoliyatini „Coton Sport“ futbol klubida boshlagan. Jamoa tarkibida u uch marta Kamerun chempioni boʻlgan, mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan va bu yutugʻi unga Afrika chempionlar kubogining yarim finaliga chiqishga yordam bergan. 2013-yilning yozida fransiyaning „Lille“ futbol klubi himoyachiga qiziqqan edi, ammo transfer amalga oshmagan.
2014-yilning yozida Ambroise Oyongo Amerikaning „New York Red Bulls“ jamoasiga oʻtgan. 28-iyun kuni Ambroise Oyongo kanadaning „Toronto“ futbol klubiga qarshi oʻyinda MLSda debyut qilgan. Birinchi mavsumdayoq Ambroise Oyongo „Red Bulls“ futbol klubining asosiy himoyachisi oʻrnini egallagan.
Xalqaro martaba 2011-yilda Kamerun yoshlar terma jamoasi tarkibida Ambroise Oyongo Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Portugaliya, Urugvay, Meksika va Yangi Zelandiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2013-yilda Ambroise Oyongo Kamerun terma jamoasida debyut qilgan. 2015-yil boshida u Ekvatorial Gvineyada boʻlib oʻtadigan Afrika kubogi uchun daʼvogarga kiritilgan. Guruh bosqichining birinchi bosqichida Maliga qarshi oʻyinda u milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.
2017-yilda terma jamoa bilan Ambroise Oyongo Gabonda Afrika kubogini qoʻlga kiritgan. Turnirda u Senegal, Gana, Misr, Burkina-Faso, Gvineya-Bisau va Gabon jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2019-yilda Ambroise Oyongo terma jamoa tarkibida Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Gvineya-Bisau, Gana, Benin va Nigeriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2022-yilda Ambroise Oyongo Kamerunda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida toʻrtinchi bor ishtirok etgan. Turnirda u Efiopiya va Burkina-Faso jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Statistikasi JamoaMamlakatMavsumCotonsport Garoua2010—2015New York Red Bulls (ijara)2014Montreal Impact2015—2017Montpellier H. S. C.2018F. C. Krasnodar2021
Manbalar
Havolalar
WestAfricanFootball.com profile
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kamerunlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Coton Sport FC de Garoua futbolchilari Turkum:New York Red Bulls futbolchilari Turkum:CF Montréal futbolchilari Turkum:Montpellier HSC futbolchilari Turkum:FC Krasnodar futbolchilari Turkum:Paris 13 Atletico futbolchilari Turkum:Elite One futbolchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Championnat National futbolchilari