Sophus Erhard „Krølben“ Nielsen () (1888-yil 15-mart—1963-yil 6-avgust) —daniyalik havaskor futbolchi va murabbiy. Sophus Nielsen tarixda milliy terma jamoa safida xalqaro oʻyinlarda oʻnta gol urgan (bitta oʻyinda) birinchi futbolchi edi. Nielsen Daniya milliy futbol terma jamoasi uchun 20 oʻyinda maydonga tushib, jami 16 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan edi17 goals, according to some reports.. Sophus Nielsen 1908 va 1912-yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarida kumush medallarni qoʻlga kiritgan Daniya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi edi. 1940-yilda Sophus Nielsen Daniya milliy futbol terma jamoasi menejeri etib tayinlangan.

Klublardagi faoliyati Kopengagenda tugʻilgan Sophus Nielsen oʻzining kattalar jamoasidagi faoliyatini mahalliy "Boldklubben Frem" futbol jamoasida boshlagan edi. Sophus Nielsen 1904-yil oktyabr oyida klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Nielsen klub safida markaziy hujumchi va hujumchi pozitsiyalarida oʻynadi. Sophus koʻplab Kopengagen yosh futbolchilarining futbol kumiri edi.

Keyinchalik Sophus Nielsen Frem shahridagi „BK Frem“ futbol klubi safida futbolchilik faoliyatining qolgan qismini davom ettirdi. Sophus Nielsenning „BK Frem“ klubi uchun oxirgi oʻyini 1921-yil may oyida boʻlgan edi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Sophus Nielsen 1908-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Daniya milliy futbol terma jamoasining asosiy tarkibi safiga chaqirildi. Nielsen Daniya milliy futbol terma jamoasining birinchi oʻyinida (Fransiya milliy futbol terma jamoasi 9-0 hisobida magʻlub boʻlgan) bitta gol urdi. 1908-yil 22-oktyabrda Daniya milliy futbol terma jamoasi Fransiya milliy futbol terma jamoasi bilan o‘ynadi va daniyaliklar 17:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Sophus Nielsen oʻsha uchrashuvda oʻnta gol urdi. 1908-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining finalida Buyuk Britaniya milliy futbol terma jamoasiga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan Daniya terma jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Sophus Nielsenning rekordi 1912-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Germaniya milliy futbol terma jamaosi aʼzosi Gotfrid Fuchs Rossiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi (16:0 hisobida gʻalaba) uchrashuvda oʻnta gol urib takrorladi. Bu rekord 2001-yilda Avstraliya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi Archie Thompson Amerika Samoasi milliy futbol terma jamosini 31:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan oʻyinda 13 ta gol urganiga qadar yangilanmadi.

Sophus Nielsen terma jamoa safida 1912-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarida yana bir kumush medalni qoʻlga kiritdi. Sophus Nielsen bu olimpiada oʻyinlarida uchta oʻyinda ikkita gol urdi. Bu natija bilan u hisobidagi olimpiada oʻyinlaridagi gollari sonini 13 ta yetkazdi. Bu koʻrsatkich bilan Sophus Nielsen vengriyalik Antal Dunai bilan birga Olimpiada futboli tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 1912-yilgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Nielsen yana 12 ta xalqaro oʻyinlarda maydonga tushib, toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1919-yilning oktyabr oyida Sophus Nielsen terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Faoliyat statistikasi

+Sophus Nielsen tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1908-yil 19-oktyabr London, Angliya 9-0 9-0 1908-yilgi Olimpidaa oʻyinlari 2 1908-yil 22-oktyabr London, Angliya 1-0 17-1 1908-yilgi Olimpiada oʻyinlari 3 2-0 4 3-0 5 6-1 6 7-1 7 8-1 8 9-1 9 11-1 10 12-1 11 15-1 12 1912-yil 30-iyun Stokgolm, Shvetsiya 6-0 7-0 1912-yilgi Olimpiada oʻyinlari 13 7-0 14 1914-yil 17-may Kopengagen, Daniya 3-3 4-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi 15 1914-yil 5-iyun Kopengagen, Daniya Angliya havaskorlari 2-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 16 1917-yil 3-iyun Kopengagen, Daniya 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar