right|thumb|270x270px| Tomidagi unno-juku Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahar., shaharda taxminiy aholi 12,068 ta xonadonda 29,440 kishidan iborat edi,Tōmi city official statistics va aholi zichligi 1 km² ga 262 kishini tashkil etgan. Shaharning umumiy maydoni ga teng.

Geografiyasi Tōmi Nagano prefekturasining sharqiy-markazida, dengiz sathidan 500 dan 1000 metrgacha balandlikda joylashgan. Shahar shimolda Joshinetsu Kogen milliy bogʻi, janubda Tateshina va Yatsugatake togʻlari bilan oʻralgan. Chikuma daryosi shaharni ikki qismga ajratadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

Nagano prefekturasi Ueda Komoro Saku Tateshina Gunma prefekturasi Tsumagoi

Iqlimi Balandligi tufayli shahar issiq va nam yoz hamda sovuq, juda qorli qish (Köppen Dwb) bilan ajralib turadigan iqlimga ega. Tōmida oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng pastharorati yanvarda, taxminan boʻladi.

Tarixi Tōmi sobiq Shinano provinsiyasida joylashgan va Hokkoku Kaidoda bir qator pochta stansiyalari sifatida rivojlangan. Zamonaviy Tōmi shahri 2004-yil 1-aprelda Kitamimaki qishlogʻi (-Kitasaku tumanidan) va Tōbu shaharchasining (Chisagata tumanidan) qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraTōmi population statistics, Tōmi aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib kelmoqda.

Hukumat Tōmi shahri toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 17 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.

Iqtisodiyoti Tōmi mintaqaviy savdo markazi hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligining mashhur mahsulotlariga sholi, yongʻoq va uzum kabilar kiradi. 2 va 4 gʻildirakli avtomobillar uchun tormoz tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Nissin Kogyo avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bosh qarorgohi shahar hududida joylashgan"Company Overview .".

Taʼlim tizimi Tōmi shahrida toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud. Ilgari shaharda Braziliya maktabi, Colégio Pitagoras-Brasil faoliyat yuritgan"Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). . U Minovaga koʻchiribb oʻtkazildi va nomi Nagano Nippaku Gakuenga oʻzgartirildi"Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). .

Transporti

Temir yoʻl

22x22px Shinano temir yoʻli — Shinano temir yoʻl liniyasi Shigeno — Tanaka

Magistral yoʻl

link=|alt=E18|24x24px Joshin-etsu tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 18

Xalqaro munosabatlar

Madras, Oregon, AQSH

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Un-no-Juku, Hokkoku Kaidodagi pochta stansiyasi Tosh davriga oid aholi punktlari xarobalari, Jomon davri turar-joyqoldiqlari va arxeologik maskan, milliy tarixiy joy

Taniqli odamlar

Raiden Tameemon (1767—1825), sumo kurashchisi Keiichi Tsuchiya (1956-yilda tugʻilgan), poyga haydovchisi Mochizuki Chiyome

Manbalar

Turkum:Nagano prefekturasidagi shaharlar Turkum:Tōmi (Nagano)