Amber Tysiak () (2000-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi. Amber Tysiak Belgiya ayollar super ligasi klubi "Oud-Heverlee Leuven" futbol jamoasi va Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi Amber Tysiak Belgiyaning Houthalen-Helchteren shahrida tugʻilgan. Amber Tysiak futbol oʻynashni taxminan 5 yoshida "KFC Helson" (Helchteren) futbol klubida (oʻgʻil bolalar bilan) boshlagan.

Klublardagi faoliyati Amber Tysiak 2016-yilda „Genk“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Bu klub safida Amber Tysiak to‘rt mavsum o‘ynagach, 2020-yil aprel oyida „Oud-Heverlee Leuven“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Amber Tysiak ilk bor 2015-yilning 28-noyabr kuni Germaniyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Belgiyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushgan edi. Keyinchalik Amber Tysiak yoshlar oʻyinlarida muntazam ishtirok etdi. Amber Tysiak Shotlandiyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi 2019-yilgi EURO musobaqasida davomida Belgiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga sardorlik qildi„RBFA : Amber Tysiak“. www.rbfa.be. Retrieved 28 September 2022..

Tysiak Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasidagi ilk oʻyinini 2021-yilning 18-fevralida, Brusseldagi Qirol Baudouin stadionida Gollandiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (6:1) o‘tkazdi.

Amber Tysiak 2021-yil 25-noyabr kuni 2023-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (19:0 hisobidagi g‘alaba) oʻzining birinchi xet-trikini qayd etdi.

Faoliyat statistikasi

+Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Belgiyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi

(U 17) 2015-yil 1 0 2016-yil 3 0 2017-yil 4 0 Jami 8 0 Belgiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi

(U 19) 2017-yil 1 0 2018-yil 7 0 2019-yil 8 0 Jami 16 0 Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2021-yil 10 3 2022-yil 9 2 Jami 19 5 +Amber Tysiak tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 25-noyabr Den Dreef, Leuven, Belgiya 4-0 19-0 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi 2 6-0 3 13-0 4 2022-yil 28-iyun Herman Vanderpoortenstadion, Lier, Belgiya 3-1 6-1 Oʻrtoqlik uvhrashuvi 5 5-1

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar