Miroslav Karhan (; 1976-yil 21-iyunda tugʻilgan) — slovakiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Karhan faoliyatini „Spartak Trnava“ da boshlagan va shu klubda yakunlagan. Bundan tashqari Ispaniya, Turkiya va Germaniyada davlatlarida oʻn mavsumni oʻtkazdi. Karhan Slovakiya terma jamoasining doimiy aʼzosi boʻlgan. 107 ta oʻyinda maydonga tushgan va 100 ta oʻyinda qatnashgan futbolchilar orasida ikkinchi oʻrinda turadi.
Klublardagi faoliyati Karhan faoliyatini mahalliy „Spartak Trnava“ klubida boshlagan. 1999-yilda La Liga klubi „Real Betis“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Peter Dubovský va Samuel Slovákdan keyin 1990-yillarda Ispaniya ligasi klubiga qoʻshilgan uchinchi slovakiyalik futbolchiga aylandi. Bir mavsumdan soʻng Turkiyaning „Beşiktaş“ jamoasiga oʻtdi. 2001-yilda Germaniyaning „VfL Volfsburg“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2002-yilda Slovakiya yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Karxan 2007*yilning iyul oyida „Wolfsburg“dan tekin transfer bilan 2. Bundesliganing „Mainz 05“ klubiga qoʻshildi va ikki yillik shartnoma imzoladi.
karhan 2011-yilning iyunida „Maynz“ tarkibida toʻrt mavsum oʻtkazganidan keyin „Spartak Trnava“ga qaytdi. „Trnava“da yana ikki mavsum oʻynadi va klub sardori boʻldi. 2013-yil avgust oyida faoliyatini yakunlaganini va „Spartak Trnava“ sport direktori lavozimiga oʻtishini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati Karhan 16 yil davomida Slovakiya terma jamoasi safida 107 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2018-yil oktyabr oyida Marek Hamšíkdan o‘zib ketgunga qadar barcha paytlardagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan slovakiyalik futbolchi bo‘ldi. Milliy terma jamoa sardori boʻlgan. Oʻz tarixida birinchi marta 2010-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichida jamoaning asosiy futbolchisi boʻlgan. Biroq jarohati tufayli turnir davomida maydonga tusha olmagan.
Karhan ikki oʻgʻilning otasi: Patrick Karhan, hozirda "Spartak Trnava" da oʻynaydi. Keyingi oʻgʻli Alex Thomas, Slovakiya yoshlar terma jamoasida oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Slovakiya 1995 3 0 1996 6 0 1997 9 0 1998 5 0 1999 9 1 2000 6 0 2001 11 0 2002 5 1 2003 5 0 2004 8 3 2005 10 4 2006 7 3 2008 4 1 2009 7 0 2010 6 0 2011 6 1 Jami 107 14
Ballar va natijalar roʻyxati Slovakiyaning gollari soni birinchi boʻlib, ballar ustuni Karhanning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
+Miroslav Karhan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1999-yil 8-sentyabr Mestsky štadion, Dubnitsa, Slovakiya 2-0 2-0 UEFA Yevro-2000 saralashi 2 2002-yil 20-noyabr Štadion Antona Malatinského, Trnava, Slovakiya 1-0 1-1 Doʻstona 3 2004-yil 8-sentyabr Tehelné pole, Bratislava, Slovakiya 3-0 7-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2004-yil 9-oktyabr Tehelné pole, Bratislava, Slovakiya 3-1 4-1 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 5 4-1 6 2005-yil 9-fevral GSZ stadioni, Larnaka, Kipr 2-1 2-2 Doʻstona 7 2005-yil 30-mart Tehelné pole, Bratislava, Slovakiya 1-0 1-1 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 8 2005-yil 3-sentyabr Tehelné pole, Bratislava, Slovakiya 1-0 2-0 Doʻstona 9 2-0 10 2006-yil 2 sentyabr Tehelné pole, Bratislava, Slovakiya 5-0 6-1 UEFA Yevro-2008 saralashi 11 2006-yil 7-oktyabr Millenium Stadium, Kardiff, Uels 4-1 5-1 UEFA Yevro-2008 saralashi 12 2006-yil 15-noyabr Štadion Pod Dubňom, Žilina, Slovakiya 3-0 3-1 Doʻstona 13 2008-yil 11-oktyabr Stadio Olimpiko, Serravalle, San-Marino 3-1 3-1 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 14 2011-yil 4-iyun Pasienky, Bratislava, Slovakiya 1-0 1-0 UEFA Yevro-2012 saralashi
Yutuqlari Mainz 05
2. Bundesliga: ikkinchi oʻrin 2008—2009
Spartak Trnava
Slovakiya Superligasi: ikkinchi oʻrin 2011—2012
Individual
Slovakiyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 2002-yil
Yana qarang
100 yoki undan ortiq xalqaro oʻyinda qatnashgan erkaklar futbolchilari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Slovakiyalik erkak futbolchilar Turkum:FC Spartak Trnava futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:Beşiktaş J.K. futbolchilari Turkum:VfL Wolfsburg futbolchilari Turkum:1. FSV Mainz 05 futbolchilari Turkum:OFK Dynamo Malženice futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Slovakiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Slovakiyalik futbol murabbiylar Turkum:FIFA Century Club