Nazira Yoʻldosheva (1925-yil, Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949), KPSS aʼzosi (1945) .
Tarjimayi holi Nazira Yoʻldosheva 1925-yil Sirdaryo tumanida tavallud topgan. Yoʻldosheva Sirdaryo tumanidagi „Haqiqat“ kolxozida kolxozchi (1941—1943), brigadir (1943—1944), zvenob boshligʻi (1944—1947), tuman komsomol qoʻmiitasi kotibi (1948), Toshkentdagi partiya maktabi tinglovchisi (1948—1950), Sirdaryo tuman partiya qoʻmitasi boʻlim mudiri (1950—1952), „Haqiqat“ kolxozi partiya tashkiloti kotibi (1953—1958), raisi (1958—1960), 1960-yildan Lenin nomli kolxoz raisi boʻlib ishlagan. Yoʻldosheva zvenosi 5 gektar yerning har gektaridan 86 sentnerdan paxta yetishtirgan (1948). 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1955—1962), 7—8-chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati (1966—1974). 2 marta Lenin ordeni, Oktyabr Revolyutsiyasi ordeni, 3 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Hurmat belgisi“ ordeni sohibi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1925-yilda tugʻilganlar Turkum:Kolxoz raislari Turkum:Sovet Ittifoqining Oʻzbekiston SSRdan saylangan deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:KPSS XXIII syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXV syezdi delegatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar