Chasiv Yar ( , pronounced [ˈt͡ʃɑ.s⁽ʲ⁾iu̯ jɑr] ; ) — Ukraina Respublikasining Donetsk viloyatidagi Baxmut tumani tarkibiga kiruvchi shahar.Aholisi: 12,250 (2022 est. )ni tashkil etadi.

Tarixi 1938-yilda shahar tipidagi qishloq shaharga aylandi. Часов Яр // Большой энциклопедический словарь (в 2-х тт.). / редколл., гл. ред. А. М. Прохоров. том 2. М., "Советская энциклопедия", 1991. стр.626

Ikkinchi Jahon urushi davrida, 1941-yil oktyabrdan to 1943-yil sentyabrgacha,shahar Axis qo'shinlari tomonidan bosib olingan.

1957-yilda shaharda qayta tamirlash ishlari boshlangan. CHarsiv Yarda o'tga chidamli loy qazib olish korxonasi, o'tga chidamli materiallar ishlab chiqarish korxonasi, to'rtta o'rta maktab, ikkita etti yillik maktab, FZO maktabi, ikkita madaniyat saroyi, 14 kutubxona, to'rtta klub va ikkita stadion mavjud.Часов Яр // Большая Советская Энциклопедия. / редколл., гл. ред. Б. А. Введенский. 2-е изд. том 47. М., Государственное научное издательство «Большая Советская энциклопедия», 1957. стр.57

Tuman iqtisodiyotining asosini o'tga chidamli loy qazib olish va o'tga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etdi. Часов Яр // Большой энциклопедический словарь (в 2-х тт.). / редколл., гл. ред. А. М. Прохоров. том 2. М., "Советская энциклопедия", 1991. стр.626

2022-yil 9-iyulda Rossiyaning shaharga raketa zarbalari yo'llashi natijasida temir yoʻl stansiyasi vayron boʻldi va turar joy binolari qisman shikastlangan boʻldi.O'sha kuni turar joy binolariga raketa zarbasi tufayli 48 dan ortiq odam vafot etdi.

Transport sohasi Chasiv Yarda bitta temir yo'l stantsiyasi mavjud bo'lib, 2022-yil 9-iyulda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida vayron qilingan. Часов Яр // Большая Советская Энциклопедия. / редколл., гл. ред. Б. А. Введенский. 2-е изд. том 47. М., Государственное научное издательство «Большая Советская энциклопедия», 1957. стр.57

Demografiyasi 2013-yil yanvar oyida aholi soni 13999 kishini tashkil etdi. 2001-yilgi demokratik ma'lumotlarga ko'ra Ukraina aholisining ona tili:

Urainlar 52,4% Rus tili 46,6% Arman 0,2% Roman 0,1% Belarus 0,1% Moldova 0,1%

Taniqli shaxslar

" Sovet Ittifoqining rasmiy ovozi" sifatida e'tirof etilgan taniqli sovet qo'shiqchisi Jozef Kobzon 1937-yil 11- sentyabrda Chasiv Yar shahrida tug'ilgan. Anatoliy Ivanovich Shamshur (1924—1943) — Sovet Ittifoqi Qahramoni; Viktor Ivanovich Gagin (1934—2016) — yozuvchi va oʻlkashunos.

Manbalar

Turkum:Donetsk viloyati aholi punktlari