Bryan Peter Rust () (1992-yil 11-mayda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi.
Yoshligi Bryan Rust Michigan shtatining Pontiac shahrida tugʻilgan, ammo Michigan shtatining Troy shahrida oʻsgan.
Oʻyin faoliyati
Yoshligida Bryan Rust 2005-yilgi Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Detroit Honeybaked“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Keyinchalik Bryan Rust oʻzining faoliyatini (2010-yildan 2014-yilgacha) Notre Dame universiteti xokkey jamoasida oʻtkazgan. Bryan Rust universitet jamoasi bilan jami 161 oʻyinda maydonga tushib, 97 ochko toʻplagan. Bryan Rust 2010-yilgi IIHF U18 jahon chempionatida AQSh jamoasi safida va 2013-yilgi Notre Dame xokkey jamoasi safida CCHA turnirida oltin medalni qoʻlga kiritdi"NHL Entry Draft Year by Year Results" . National Hockey League..
Bryan Rust AHLdagi debyut oʻyinini 2013—2014-yilgi AHL mavsumida „Wilkes-Barre/Scranton Penguins“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. Bryan Rust NHLdagi debyut oʻyinini 2014-yil 13-dekabrda „Pittsburg Penguins“ xokkey klubi safida „ Columbus Blue Jackets“ xokkey jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. Bryan Rust NHLdagi ilk golini 2014-yil 15-dekabrda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi darvozaboni Evgeni Nabokov darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi.
Bryan Rust 2015—2016-yilgi mavsumda „Penguins“ xokkey klubi safida 33 oʻyinda 8 ochko toʻpladi. Shundan soʻng, Bryan Rust hamkasblari Scott Wilson va Tom Kühnhackl bilan birga „Pittsburgh“ xokkey jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
2016-yil 5-dekabrda Bryan Rust „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan uchrashuvda (8-5 hisobida g‘alaba) faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi.
2017—2018-yilgi mavsumda Bryan Rust golli uzatma va ochkolar boʻyicha karyerasidagi eng yuqori koʻrsatkichlarni qayd etdi. Bryan Rust „Penguins“ xokkey jamoasining 2018-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichiga olib chiqishiga yordam berdi. 2018-yilning 26-iyunida Bryan Rust „Penguins“ xokkey klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma yillik oʻrtacha 3,5 million dollarni tashkil qilar edi.
2021-yil 1-may kuni Bryan Rust NHLdagi 99 va 100-gollarini „Washington Capitals“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda kiritdi.
2022-yil 22-mayda, toʻrt yillik shartnomasining soʻnggi yilida, Bryan Rust „Penguins“ xokkey klubi bilan olti yillik 30,75 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2008—2009U. S. NTDP U17USDP253478—————2008—2009U. S. NTDP U18NAHL42691518902242009—2010U. S. NTDP JuniorsUSHL271013236—————2009—2010U. S. NTDP U17USDP10000—————2009—2010U. S. NTDP U18USDP6526265224—————2010—2011Norte Dame universitetiCCHA40613194—————2011—2012Norte Dame universitetiCCHA40561114—————2012—2013Norte Dame universitetiCCHA411519344—————2013—2014Norte Dame universitetiHE4017163312—————2013—2014Wilkes-Barre/Scranton PenguinsAHL20000100002014—2015Wilkes-Barre/Scranton PenguinsAHL4513142714320202014—2015Pittsburgh PenguinsNHL141124—————2015—2016Wilkes-Barre/Scranton PenguinsAHL163362—————2015—2016Pittsburgh PenguinsNHL414711122363962016—2017Pittsburgh PenguinsNHL57151328823729102017—2018Pittsburgh PenguinsNHL69132538261230342018—2019Pittsburgh PenguinsNHL7218173524400022019—2020Pittsburgh PenguinsNHL5527295630412322020—2021Pittsburgh PenguinsNHL5622204218621342021—2022Pittsburgh PenguinsNHL602434581472684NHL jami4241241462701367921143532
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2009-yil Qoʻshma Shtatlar U17 6 1 1 2 2 2010-yil Qoʻshma Shtatlar U18 7 4 2 6 4 Jami 13 5 3 8 6
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar